132.Opsion putda aksiya ijro etilish bahosi 80 birlik, mukofot summasi har bir aksiya boʻyicha 3 birlik. Aksiya kursi 80 birlik boʻlganda opsion put ijro etiladimi, 83 birlik boʻlganda-chi?
har ikkala holatda ham bajarilmaydi;
birinchi holatda bajariladi, ikkinchisida bajarilmaydi;
har ikkala holatda ham bajariladi;
birinchi holatda bajarilmaydi, ikkinchisida bajariladi.
133.Opsionlarning fyucherslardan qanday farqli xususiyatlari mavjud?
fyucherslar boʻyicha mukofot qoʻllanilmaydi, shuningdek, fyucherslar bazaviy aktivni sotish va sotib olish majburiyatini yuklaydi;
fyucherslar boʻyicha mukofotlarning aniq chegarasi davlat tomonidan belgilab qoʻyiladi, shuningdek, opsionlar bazaviy aktivni sotish va sotib olish huquqini beradi;
fyucherslar hozirgi kunda korporativ moliyaviy amaliyotdan chiqib ketgan;
opsionlar faqatgina aksiyalar boʻyicha amal qiladi, fyucherslar boʻyicha esa bazaviy aktivlarning turlari koʻp.
134.Sotilgan aksiyalar soniga muvofiqlikda aksiyadorlar oʻrtasida aniq bir davr boʻyicha taqsimlanadigan korxona foydasining bir qismi nima deb ataladi?
dividend;
foiz;
royalti;
ijara haqi.
135.Korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar turmush faro- vonligini oshirish maqsadida foydaning iste’mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari oʻrtasidagi proporsiyani opti- mallashtirishga yoʻnaltirilgan korxona moliyaviy siyosatining tarkibiy qismi nima deb ataladi?
dividend siyosati;
foiz siyosati;
soliq siyosati;
kredit siyosati.
Do'stlaringiz bilan baham: |