15.Kompaniyalar uchun eng muhim resurs nima hisoblanadi?
pul;
mehnat resursi;
xomashyo;
suv resurslari.
16.Kapital qoʻyilmalar byudjetini tuzish deganda nimani tushunasiz?
korxonada uzoq muddatli investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish jarayonini;
moliyaviy rejalashtirish jarayonini;
moliyaviy prognozlashni;
investitsion risklarni baholash va boshqarish jarayonini.
17.Korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida yuzaga ke- lishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarni baholash va boshqarish kimning vazifasi hisoblanadi?
moliyaviy menejerlarning;
hisobchilarning;
markteting boʻlimi xodimlarining;
bevosita ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi xodimlarning.
18.Moliyaviy menejmentning maxsus funksiyalari quyidagilar:
aktivlarni, kapitalni, investitsiyalarni, pul oqimlarini, moliyaviy risklarni boshqarish;
tashkil etish, tahlil, rejalashtirish, motivatsiya va nazorat;
taftish oʻtkazish, tekshirish, hisob-kitobni amalga oshirish;
moliyaviy nazoratchilarga hamrohlik qilish, tegishli hujjatlarni tekshiruvchilarga taqdim etish.
19.Pul oqimlarining sinxronligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
pul mablagʻlari kirimi va chiqib ketishining vaqt va miqdor jihatdan oʻzaro mos kelishini ta’minlash;
toʻlovga layoqatlilikni ta’minlash uchun pul mablagʻlari tushumini doimiy nazorat qilib borish;
aksiyadorlar oldidagi majburiyatlardan kelib chiqqan holda pul mablagʻlari harakatini qonuniy tashkil etish;
davlat va kontragentlar bilan moliyaviy munosabatlarda toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida toʻliq bajarishni ta’minlashga qaratilgan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |