1. Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?


Download 16.98 Kb.
bet1/2
Sana16.11.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1778156
  1   2
Bog'liq
kor.moliya.9docx


1. Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?
«Korporatsiya» atamasi ko‘p mazmunli bo‘lib bir necha ma’nolarda ishlatiladi. Ayrim muaUiflar «korporatsiya» atamasining huquqiy jihatiga urg‘u beradilar. Boshqa tadqiqotchilar «korporatsiya» tushunchasining ko‘proq iqtisodiy tomonini ko!rib chiqadilar. Bizning fikrimizcha korporatsiyani aniqlashda har xil yondashishlami ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi. Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotni anglatadi
2. O’z xarajatlarini o’zi qoplash tamoyili nimani nazarda tutadi?
Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Oʻz navbatida, moliyaviy ta’minotning oʻz va qarz manbalari ham qator xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. Jumladan, korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi.Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi.Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanil- mayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin. Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy- xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa qoʻshimcha moliyalashtirishga boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik faoliyati rentabelligi, shuningdek, mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq.
3. Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:

1) mulkiy huquq.

2) nomulkiy huquq.

Aksiyalarni roʻyxatga olish boʻyicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari boʻyicha jalb qiladi:

1. Ovoz berish.

2. Kapitalni oʻsishi.

3. Qoʻshimcha imtiyozlar.

4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi.

5. Mulkka egalik qilish huquqi
Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Baʼzi Obligatsiyalar konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish huquqiga ega boʻladi). Obligatsiyaning bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki past boʻladi

4. Oltin qoida - Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish jarayonida vaqt omili muhim rol oʻynaydi. Shundan kelib chiqqan holda biznesning oltin qoidasi hisoblangan quyidagi fikr shakllangan: Bugun olingan pul mablagʻi summasi yertaga olinadigan pul mablagʻi summasi ekvivalentidan yuqori.


5.Diskontlash
Diskontlash – bu iqtisodiyotda XX asrning ikkinchi yarmidan
jahon moliyaviy iqtisodiyotiga keng ko‘lamda kirib kelgan yangi
nazariya va uslubdir.
Investitsiya loyihalarini baholashning maxsus uslublari vujudga
kelishiga sabab, pul mablag‘lari qiymatining vaqt davomida o‘zgarib
turishidir. Yaʼni bugungi bir so‘m qiymati bir yil keyin olinadigan bir
so‘m qiymati bilan bir xil emas.
$1 Present Value (PV) > $1 Future Value (FV)
Bir xil summadagi pulning turli vaqtda har xil qiymatlarga ega
bo‘lishiga bir qancha sabablar mavjud:
– birinchidan, bu holat inflatsiya jarayonlari bilan izohlanadi, yaʼni
baholar darajasining ko‘tarilishi oqibatida bugun bir so‘mga olish
mumkin bo‘lgan tovarni bir yildan so‘ng bir yarim yoki ikki so‘mga
sotib olish mumkin bo‘ladi;
– ikkinchidan, har qanday tijorat operatsiyasiga (shu jumladan,
bank depozitiga) qo‘yilgan bir so‘m pul uning yordamida olingan
daromad hisobiga bir yildan keyin kattaroq miqdordagi pulga aylanadi.
Bu holat moliyaviy operatsiyalarning aksiomasi hisoblanadi va
investitsiya loyihalarini iqtisodiy asoslash va tahlil qilish mexanizmini
belgilab beradi.

6. Pul mablag’larining vaqt bo’yicha qiymati konsepsiyasiga oid formulalarni keltiringOddiy foizlar boʻyicha oʻsish hisoblanishi Umumiy holda yillik oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar kelgusi qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi: 𝐹𝑉 = 𝑃𝑉(1 + 𝑟 × 𝑛), (4.1) bu yerda FV – kelgusi qiymat; PV – joriy qiymat; n – davr (yillar soni); r – foiz stavkasi. Amaliyotda qisqa muddatli operatsiyalar davomiyligi odatda bir yildan kam boʻladi. Bunday holatda operatsiya amalga oshiriladigan muddat quyidagi shaklda aks ettiriladi: 𝑛 = 𝑡 𝑉 , (4.2) bu yerda t – operatsiya oʻtkaziladigan kunlar soni; V – vaqt bazasi (yil kunlari soni 360, 365 yoki 366). Operatsiya muddati aniqlashtirilgan holda kelgusi qiymatni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 𝐹𝑉 = 𝑃𝑉 (1 + 𝑟 × 𝑡 𝑉 ). Odatda operatsiya muddatini aniqlash jarayonida uning boshlanish va tugash kunlari bir kun hisoblanadi



7. Korxonalarni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalarini keltiring.
Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi. Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin. Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviyxoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha - 91 - moliyalashtirishga boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik faoliyati rentabelligi, shuningdek, mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq. Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oldi olinishi; - mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat qilishning saqlab qolinishi; - moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi.
8. Korporativ tuzilmalar uchun kredit olishning nechta bosqichi mavjud va ular qaysilar?
Kredit olish shakllari va shartlarining xilma-xilligi korxonalarda bu jarayonni boshqarishning aniq siyosatini ishlab chiqish zaruratini belgilaydi. Kredit olish jarayonini shartli ravishda toʻrtta bosqichga boʻlish mumkin. Har bir bosqich xususida batafsil toʻxtalamiz
Birinchi bosqichda qarz oluvchining kredit resurslariga talabini va qarz mablagʻi parametrlari (kredit shakli, miqdori, muddati, - 116 - maqbul foiz stavkalari va boshqalar)ni aniqlash, shuningdek, ulardan foydalanishni iqtisodiy asoslash amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich – tijorat bankini tanlash va potensial kreditor bilan dastalbki konsultatsiyalarni oʻtkazish hisoblanadi. Mazkur bosqichda korxonalar kredit bitimlarining mavjud shartlarini aniqlash va korxona uchun qulay boʻlgan bankni tanlashi lozim.
Uchinchi bosqichda hamkorlik qiladigan bank belgilab olingandan soʻng kredit olishning tegishli shartlari kelishilgandan soʻng korxona tomonidan yuridik hujjatlar, moliyaviy hisobotlar, texnik-iqtisodiy asosnoma yoki biznes-reja va boshqa hujjatlar taqdim etiladi: talab qilinadigan hujjatlar tarkibi bank talablari va kreditning aniq parametrlariga bogʻliq hisoblanadi. Mazkur bosqichning davomiyligiga barcha zaruriy hujjatlarning mavjud emasligi yoki talabga javob bermasligi sezilarli darajada ta’sir koʻrsatadi.
Toʻrtinchi bosqichda zarur hujjatlar bankka taqdim etilgandan soʻng qarz oluvchini baholash jarayoni boshlanadi va asosiy e’tibor kreditga layoqatlilikni aniqlashga yoʻnaltiriladi. Odatda, banklar qarz oluvchi va kredit arizasi boʻyicha koʻp tomonlama ekspertiza oʻtkazadi. Bu jarayonda asosiy uchta omillar guruhi baholanadi: huquqiy, moliyaviy va boshqa ijtimoiy omillar.

Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling