1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nurlar astrofizikasi


Download 74.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi74.03 Kb.
#1837778
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nur

3. Ultrabinafsha astronomiya
Ultrabinafsha nurlar (

120 nm) da kuzatishlar uchun yuqorida ko’rib chiqilgan 
alyuminlangan botiq ko’zguli teleskop (masalan, Richi-Kretyen optik tizimdagi reflektor) yetarli. 
To’lqin uzunligi 100 nm dan 120 nm gacha UB nurlanishni alyuminlangan ko’zgu yaxshi 
qaytarishi uchun u yupqa ftorlangan magniy qatlam bilan koplanadi. Osmon yoritkichlarining UB 
nurlanishi odatda kam intensivlikka ega. Shuning uchun UB nurlarda kuzatishlarga mo’ljallangan 
teleskoplarda nur qaytaruvchi sirtlar (ko’zgular) soni minimal bo’lishi kerak. Masalan, bu nurlarni 
spektrga yoyishda botiq kuzgusimon difraksion panjara ishlatiladi. Bunda kollemator va kamera 
ko’zgulari ishini botiq difraksion panjara bajaradi. To’lqin uzunligi 40 nm dan qisqa UB nurlar 
(chetki UB va rentgen) ko’zgu yuziga kichik burchak ostida tushganda ularni ko’zgudan aks 
qaytishi yuqori darajada kuchli bo’ladi. Bu diapazonda teleskopning bosh ko’zgusi yaxshi samara 
berishi uchun uning sirtiga nur qiya holda tushishi kerak.
Oxirgi yillarda (1990 yillardan keyin) chetki UB va rentgen nurlarda osmon yoritkichlarini 
(Quyoshni) tekshirishda bosh ko’zguga tik holatga yaqin nurlanish tushadigan Richi-Kretyen 
teleskopi qo’llanilmoqda. Masalan, 1995 yilda Yer+Quyosh tizimining birinchi Lagranj nuqtasiga 
(u Yerdan 1.5 mln km uzoqlikda, Quyosh tomonda) chiqarilgan EIT/SOHO (Chetki 
ultrabinafshada Tasvirga oladigan Teleskop/Quyosh va Geliosfera Observatoriyasi) ga shunday 
teleskop o’rnatilgan. Bu ko’rish maydoni 45' bo’lgan teleskopning ko’zgulari sirtiga ustma-ust 
birnecha qatlam molibden va kremniy yotqizilgan. Ko’zgular to’rtta kvadrantga bo’lingan, har bir 
kvadrant oldiga ma’lum filtrlar (berilliy, selyuloza, alyumeniy plyonkalar) qo’yiladi va ular 
teleskopning fokal tekisligida ketma-ket ma’lum spektral chiziq (FeX 

=17.1 nm, FeXII 

=19.5 
nm, FeXIV 

=28.4 nm, HeII 

=30.4 nm) nurida Quyosh tasvirini hosil qiladi. Bunday ko’p 
qatlamli ko’zgular monoxramatik teleskopga aylanadi va ma’lum to’lqin uzunlikdagi nurlar uchun 
oldindan hisoblab chiqiladi va shu to’lqin uzunlikdagi nurlarda Quyoshni kuzatishda qo’llaniladi.
Ultrabinafsha spektrni olishda shuman fotoemulsiyasi ishlatiladi. Bu emulsiyada jelatin kam 
bo’ladi. Ma’lumki, oddiy emulsiyadagi jelatin UB nurlanishni kuchli yutadi va kuchli shulalanadi. 
UB diapazonda fotoelektrik priyomniklar ham qo’llaniladi. To’lqin uzunligi 160 nm dan qisqa 
nurlar Geyger-Myuller sanoqchisi yordamida qayd qilinishi mumkin. Sanoqchi, ichiga o’qi 
bo’ylab ingichka metall (volfram) sim tortilgan silindr bo’lib (9.1-rasm) uning devorlari va sim 
orasida katta qarshilik orqali yuqori darajada potensiallar ayirmasi hosil qilinadi. Sim manbaning 
musbat, silindr esa manfiy qutbiga ulanadi. Ko’pchilik bunday sanoqchilar silindri etil spirti, azot 
oksidi va xlorli metil bug’i aralashtirilgan (10 %) argon bilan to’ldiriladi. UB va rentgen (X) 
kvantlarni yutgan aralashma gaz atomlari ionlanadi va elektron hamda ion hosil bo’ladi. Sim bilan 
silindr orasidagi elektr maydon ta’sirida bu zaryadlar qarama-qarshi tomonga tezlanish oladilar va 
neytral atomlar bilan to’qnashib ularni ham ionlantiradi. Natijada har bir yutilgan kvant 10
4
juft 
zaryadlangan zarra hosil qiladi va ular elektrodlarga urilib zanjirda impuls singari tokni hosil 
qiladi. Sanoqchi bunday impulslarni sanay boshlaydi.

Download 74.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling