1. «Kuntug‘mish» dostoni qahramoni Kuntug‘mish kimning yolg‘iz o‘g‘li?
Download 20.1 Kb.
|
8-sinf 40 talik test
1. «Kuntug‘mish» dostoni qahramoni Kuntug‘mish kimning yolg‘iz o‘g‘li? A) Laqabi Qilichxon bo‘lgan No‘g‘ay yurti podshosi Avliyoyi Qoraxonning B) Laqabi Qalandarxon bo‘lgan Zangar yurti podshosi Avliyoyi Qoraxonning C) Laqabi Avliyo bo‘lgan Zangar yurti podshosi Qoraxonning D) Laqabi Qalandarxon bo‘lgan No‘g‘ay yurti podshosi Qoraxonning 2. «Kuntug‘mish» dostonida Xolbeka kimning qizi? A) Qoraxonning B) Tohir vazirning C) Shoir vazirning D) Buvraxonning 3. «Kuntug‘mish» dostonida qaysi qahramonlar «shirxo‘ra» bo‘lib, ular orasida «nikoh yurmaydigan» bo‘lib qoladi? A) Kuntug‘mish va Xolbeka B) Buvraxon va Xolbeka C) Xolmo‘min va Bahragul D) Xolmo‘min va Xolbeka 4. «Kuntug‘mish»da Xolbekaning sovchilarga qo‘ygan shartini davom ettiring. «Har kim meni olaman deb kelsa, … » A) oldiga ko‘pkari chopishni qo‘yaman, o‘ynayman, yutsa, tegaman, yutdirsa, so‘yaman B) Zil tog‘idan poyga qilaman, chopaman, yutsa, tegaman, yutdirsa, so‘yaman C) oldiga nard o‘yinini qo‘yaman, o‘ynayman, yutsa, tegaman, yutdirsa, so‘yaman D) oldiga jumboq qo‘yaman, bilsa, tegaman, bilmasa, so‘yaman 5. «Kuntug‘mish» dostonidagi o‘ziga bino qo‘ygan, qahri qattiq, biroq ko‘ngilchan obraz qaysi? A) Qoraxon B) Xolmo‘min C) Azbarxo‘ja D) Buvraxon 6. «Kuntug‘mish»da Kuntug‘mish Zangar yurtiga qanday qiyofada boradi? A) mirg‘azab B) gilamfurush C) bazzoz D) mirshab 7. . Robindranath Thakurning "Halokat" romani asosida tayyorlangan dramasi qaysi? A) “Nur va soyalar” B) “Gang daryosining qizi” C) “Malini” D) “Shubxa” 8. Fuzuliyning falsafiy risolasi qaysi? A) “Matla ul-anvor” B) “Hadiqat us-suado” C) “Matla ul-e’tiqod” D) Maxzan ul-asror” 9. "Bir lahza qo'lidan qo'yganmi o'zbek, O'zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni" misralari muallifi kim? A) Oybek B) Hamid Olimjon C) Erkin Vohidov D) Abdulla Oripov 10. To`ra Sulaymonning ilk kitobi qaysi? A) “Zamon.Qalb.Poeziya” B) “Tuyg`ular” C) “Istar ko`ngil” D) “Cholg`u tovushi” 11. "Jaloliddin Manguberdi" dramasida tarixchi, Jaloliddinning kotibi kim? A) Qodog`on No`yon B) Yaroqbek C) Temur Malik D) Nasaviy 12. "Shayx Sa'non" obrazi Nodiraning qaysi g'azalida uchraydi? A) “Oqibat” B) “Etib ket” C) “Eshit” D) “Sog`indim” 13. "Ko'zlari qora, shahlo, kipriklari uzun, lablari qiz qalbida tug'yon urgan hislarni aks ettirib, gul bargiday titrab turadi." Ta'rif qaysi qahramon haqida? A) Kumush B) Zebi C) Shubxashini D) Xolbeka 14. "Ahmadjonning hikmatlari", "Jenya", "Nurmat otaning tushi" asarlarining muallifi kim va janri qanday? A) Oybek, doston B) Asqad Muxtor, pyesa C) Shukur Xolmirzayev, hikoya D) Maqsud Shayxzoda, doston 15. Romen Rollanning 10 jildlik qaysi asari romanlar turkumiga mansub? A) “Tibo oilasi” B) “Qullar” C) “Insoniyat komediyasi” D) Jan Kristof” 16. Yeseninning "Pushkinga", "Gurjiston shoirlariga" asarlari janri ? A) Hikoya B) Xat C) Bag`ishlov D) Hasbi hol 17. “Qora quyosh”, “Osmonning oxiri” asarlari muallifi kim? A) Oybek B) Muhammad Yusuf C) To`ra Sulaymon D) Asqad Muxtor 18. «To‘rani ko‘tarib, taxti shohiga keltirib, tilla taxt ustiga o‘tqizdilar. Ustiga podshohona xilvatlar kiygizib, boshiga tilladan bo‘lgan tojni qarqara qilib, o‘tqizib, hukumat niginni qo‘liga solib, jamiy mardumi shahar dasti bay’at berdilar». Ushbu parcha qaysi doston qahramoni haqida? A) «Oygul bilan Baxtiyor» B) «Kuntug‘mish» C) «Alpomish» D) «Ravshan» 19. ...qirq yigitini olib, xachirlarga mol-dunyo ortib Zangar yurtiga keladi. Bir bazzoz qiyofasiga kirib, ko‘shk yonida mato sotib o‘tirganda qiz o‘z kanizaklariga bu yigitni saroyga olib kirishlarini buyuradi. Ushbu ma’lumot xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramon haqida? A) Alpomish B) Kuntug‘mish C) Ravshan D) Gurkiboy 20. «Podsho buyurib, bir tuv biyani tulup qilib so‘yib, ikkovini zich qilib, xom teriga tiqib, darvozadan chiqarib, bir asovning dumiga taqib, bir cho‘l-jaziraga qaratib, ko‘p odam chuvlab hurkitib, haydab yubordi».Ushbu parchada qaysi doston qahramonlarining jazolanishi ifoda etilgan? A) «Kuntug‘mish» B) «Alpomish» C) «Ravshan» D) «Oygul bilan Baxtiyor» 21. Bog‘da tovus kabi xiromon bo‘lib,Umid danagini birga ekingiz. G'olib kelajakni sayr qilaylik Mushfiq onaginang bilan ikkimiz.Ushbu kelajakka ishonch ifodasi bo‘lgan umidbaxsh misralar muallifini aniqlang. A) G‘afur G‘ulom «Sog‘inish» B) Abdulla Oripov «Muhabbat» C) To‘ra Sulaymon «Armon» D) Mirtemir «Bu - men tug‘ilgan tuproq» 22. U shu yotganicha ertalab ham ko'zini ochmadi. U yagona farzandidan umid uzolmay, uning baxtini ko‘rolmay armon bilan chodirda jon bergan edi... . Ona, qazoyim yetib olamdan o‘tsam, bolam o ‘z qo‘li bilan qabrga qo'yadi, deb umid qilardi. Bolasi qabrga yaqin kelmay, bo'riga o'xshab to‘qaydan xunuk qarab turardi. Quyosh qip-qizil cho‘g‘ bo'lib botayotgan cho‘l oqshomida hijronzada, alamzada, farzand dog'ida kuyib ado bo‘lgan onani tuproqqa qo‘yishdi. Ushbu parchada qaysi adabiy qahramonninj hayotdan ko’z yumishi va dafn qilinishi tasvirlangan? A) Sharofat xolaning B) Zebi xolaning C) Jannat xolaning D) Umri xolaning 23. Shoir «Iltijo» she’rida «Bahor, sensiz sahro-yu, tog‘-u toshga jon qayda?» - der ekan, bu sahro – beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarnin tog‘-u toshlar – qilmishi qing'ir zotlarnin ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning bahori yo'q. Ular o ‘z umri bahoriga mensimay qaragan, unga noshukurlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir. Ular hayot bahorini xazonga almashganlar.Ushbu parchada tahlili keltirilgan she’r muallifini aniqlang. A) To‘ra Sulaymon B) Muhammad Yusuf C) Asqad Muxtor D) Hamid Olimjon 24. "Suyagi qolibdi, xolos. Yonoqlari turtib chiqqan, oq oralagan soch-soqoli o‘siq, ko‘zlarida nur yo‘q" Ushbu ta'rif qaysi asar qahramoni haqida? A) “Chinor”, Akbarali B) “UFQ”, Nizomjon C) “Chinor”, Bektemir D) “Qorako`z majnun”, Bo`rya 25. "Chordana qurib o‘tirib, soqolini tutamlab chapga burab, nafas rostlaydigan" obraz kim va qaysi asardan? A) “Qiyomat qarz”, Sarsonboy oyta B) “Me’mor”, Horunbek C) “Oq kema”, Mo`min chol D) “Chinor”, Ochil bobo 26. "Shoirlar qishloqlarda tug‘ilib, shaharlarda vafot etadi" Ushbu gap qaysi adibga tegishli? A) Yesenin B) Maksimgorkiy C) Abdulla Qodiriy D) G`afur G`ulom 27. "..baland boʻyli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan, koʻr koʻzi yumuq, ichiga choʻkkan" .Ushbu taʼrif qaysi asar qahramoniga tegishli? A) “O`tkan kunlar”, Homid B) “Chinor”, Bektemir C) “Chinor”, Akbarali D) “O.ovchining o`limi”,Omon 28. Qaysi asar qahramonining uchta boyligi bor? A) “Ot egasi”, Inot B) “Omon ovchining o`limi”, Omon C) “Shubxa”, Protap D) “Shubxa”, Shubxashini 29. Qaysi qatorda Shukur Xolmirzayev qissasi berilgan? A) “Olabo`ji” B) “Ziyofat” C) “Bandi burgut” D) “O`n sakkizga kirmagan kim bor” 30. «Ha, bolalarim... Odam deb o'lgan odam doim tirik bo‘ladi». Asarda tasvirlanishicha, sodir bo‘lgan voqeadan kelib chiqib yaqinlariga shunday hikmat aytgan otaxon nomi keltirilgan javobni aniqlang. A) Dadaqo‘zi ota B) Ikromjon C) Ochil buva D) Momin chol 31. Tog qa’rining zax sovug'i birdan kõkrakkа urdi. Piyoda yuradigan taxta yo‘lak zax devor bo‘ylab borar, temiryo‘l izlari uchrashgan chorrahalardagina tonnel biroz kengayib, yorug' maydonlarga olib chiqar edi... . bosh ustidagi yo‘g‘on-yo‘g‘on kabellarni, issiq-sovuq suv, havo quvurlarini, elektr, telefon simlarini ushlab qo'yar, Yevropada ishlagan konlarini gapirib, chiroqsiz, havosiz, xuddi ko'rkalamushdek yer qaziganlarini eslab, u yerlarda insonning xorligini so'zlab borardi. Ushbu parchada qaysi adabiy qahramon xotiralari ifoda etilgan? A) Shoikromning «Urushning so‘nggi qurboni» B) Bektemirning «Chinor» C) Nizomjonning «Ufq» D) Miryoqubning «Kecha va kunduz» 32. U uyning qorong'i bir burchagida uzoq yolg‘iz o‘tiradigan bo‘ldi. Ba’zan o‘z-o‘zi bilan gaplashadi: «Bir zum... faqat bir zum... O`sha lahzada bir zumgina o‘zimni boshqacha tutganimda edi... Odam o'zini o‘zi o'ldirganda ham unga bir zumlik bardosh yetishmay qoladi, deyishadi...» Yana allanimalar deydi. Keyin qo‘rqib o‘rnidan turib ketadi. Ushbu parchada qaysi adabiy qahramonning ruhiy holati ifoda etilgan? A) Inod «Ot egasi» B) O‘rozqul «Oq kema» C) Tursunboy «Ufq» D) Akbarali «Chinor» 33. Shukur Xolmirzayev qaysi asari orqali "bosmachilik harakati" ga yangicha yondashishga urinadi? A) “Qil ko`prik” B) “Ziyofat” C) “Qora kamar” D) “Dinozavr” 34. O'tgan asrning 20-yillaridagi birodarkushlik urushining halokatli hodisalari yoritilgan asar qaysi? A) “Qora kamar” B) “Ziyofat” C) Qil ko`prik” D) “Chinor” 35. "Ilohim, har yoqda xiyonat,pastlik, Odamzod qonidan ko'zlarda mastlik". "Jaloliddin Manguberdi" tragediyasidan olingan ushbu parcha kimning tilidan aytilgan? A) Jaloliddin Manguberdi B) Nasaviy C) Chol D) Temur Malik 36. "Xushdurur bog'i koinot guli, Borchadin yaxshiroq-hayot guli". Ushbu misra qaysi asardan olingan? A) Navoiy “ Saddi Iskandariy” B) Navoiy “Sabbayi sayyor” C) Oybek “Navoiy” D) Navoiy “Hayrat ul-abror” 37. Shukur Xolmirzayevning xotin-qizlarimizning aho'ra davridagi fojiali hayotini ro'yirost tasvirlagan asari qaysi? A) “Qil ko`prik” B) “Ziyofat” C) “Qora kamar” D) “Dinozavr” 38. O'lim yaxshi, odam agar shunday xor bo'lsa! Bir parcha non nima o'zi! Shunga zor bo'lsa! Insonning qadr va qimmati uchun jon kuydirilgan ushbu misralar muallifi kim? A) Usmon Nosir “Monolog” B) Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” C) Usmon Nosir “Nil va Rim” D) G`afur G`ulom “Vaqt” 39. Lutfiyning qaysi g'azalida deyarli har bir baytda irsoli masal san'ati qo'llangan? A) “Bu ko`ngildur…” B) “Xoh inon, xoh inonma” C) “Etib ket…” D) “Ayoqingga tushar har lahza gisu” 40. Qora qosh yuzlari xuddi mashhur haykaltarosh bosh san'atini ishga solib yasagan haykaliga o'xshash juda ko'rkam ushnu ta'rif kim haqida? A) Nizomjon B) Ikromjon C) Tursunboy D) Azizxon Download 20.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling