1. Kurashchining texnik xarakatlari. Kurashchining tik turishdagi asosiy xarakatlari. Og‘riq beruvchi usullar


Download 27.34 Kb.
bet3/3
Sana24.04.2023
Hajmi27.34 Kb.
#1394978
1   2   3
Bog'liq
Reja Kurashchining texnik xarakatlari

3. Og’riq beruvchi usullar
Yozilib - kurashchining harakati bo’lib, unda raqibning te-kis uzatilgan oyoq- qo’llariga og’riq beruvchi usul qo’llaniladi. qayirib - kurashchining harakati bo’lib, unda raqibning bukilgan oyoq-qo’llariga (uning birini ikkinchisi atrofida aylantirish) og’riq beruvchi usul qo’laniladi. qisib olib - kurashchining raqib ahil payllari yoki boldir mushagini ezish bilan bog’liq bo’lgan va og’riqni sezishga olib keladigan harakati. Bo’g’uvchi usullar Siqib olib - kurashchining raqib bo’ynini bilagi yordamida siqib turish bilan bog’liq bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati. Tortib - kurashchining raqib kimonosi yoqasidan ushlab olib, uning bo’ynini siqish bilan bog’liq bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati. Usullar elementlari Ushlab olishlar - qo’llar va oyoqlar bilan bajariladigan harakatlar, ular yordamida kurashchi hujum yoki himoyalanishlarni amalga oshirish maqsadida raqib gavdasining qandaydir bir qismini ushlab turishi mumkin. Nomdosh bo’lmagan qo’l (oyoq)dan ushlab olish- kurashchining o’ng (chap) qo’li yoki oyogi bilan raqibning chap (o’ng) qo’li yoki oyog’idan ushlab olish. Nomdosh qo’l (oyoq) dan ushlab olish - kurashchining o’ng (chap) qo’li yoki oyog’I bilan raqibning o’ng (chap) qo’li yoki oyogidan ushlab olish. Oldindagi qo’l (oyoq)dan ushlab olish - parterda raqibning xujum qiluvchiga yakin turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish. Uzoqdagi qo’l (oyoq) dan ushlab olish - parterda raqibning hujum qiluvchidan uzoq turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish. qo’l tagidan bo’yinni ushlab olish - bunda o’ng qo’lni raqibning o’ng qo’li tagidan o’tkazib, bo’yin ustida chap qo’l bilan birlashtirish yoki, aksincha, shu harakatni chap qo’l bilan bajarish. qo’ltiqlar tagidan bo’yinni ushlab olish - (parterda orqadan-yondan) ikkala qo’lni raqibning mos qo’llari tagidan o’tkazib, ularni bo’yin ustida birlashtirgan holda ushlab olish.
Richag shaklida ushlab olish - nomdosh bo’lmagan qo’l tagidan qo’lni ushlab olib, yuqoridan raqib bo’ynini ushlash. Chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish - raqibning gavda qismi yoki kiyimidan chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish. Chalishtirilgan boldirdan ushlab olish - bunda raqib oyoq-qo’llari chalishtirilgan holatda bo’ladi. Kalit - hujum qiluvchi tomonidan raqibning mos qo’linining tirsakdan bukilgan joyidan tirsak bukilgan joyi bilan ushlab olish va qul kaftini elkaga quyish. qaychisimon ushlab olish - oyoklar holati bo’lib, bunda ular raqib gavdasining qaysidir bir joyidan ikki tomondan o’rab oladi va chalishtiriladi. Chalish - raqibga gilamda harakatlanishga halaqit berish maqsadida oyokning orqa yoki yon qismini uning bitta yoki ikkita oyogi tagiga qo’yib to’sish. qoqish - oyoq kaftining tag qismi bilan raqib oyog’idan urib tushirish. Ilish - tizzalaridan bukilgan oyok bilan raqib oyog’ini ushlab turish yoki chetga turtish.
Foydlangan adabiyotlar ro‘yhati.

1. N.X. Azizov “Belbog’li turkiston kurashi” Toshkent, O’qituvchi 1998 yil.


2.K.Borisov «‘raktika ruko’ashnogo boya» Uchbnoy osobiya od / ed 2003 god.
Qo’shimcha adabiyotlar.
1.Salimov R.S. Sport mashgulotining nazariy asoslari-Toshkent.
2.O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti.2005 yil-238 b.
Download 27.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling