1-kurs 422-guruh talabasi Ravzatillayeva Mahliyo,,Kimyo tarixi ‘’ fanidan tayyorlagan mustaqil ish slaydi


Oʻzbekiston metallurgiya kombinati"


Download 0.95 Mb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1031682
1   2   3   4
Bog'liq
1-kurs 422-guruh talabasi Xudoyberdiyeva Go\'zal

Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik birlashmasi — qora metallurgiya sanoati korxonasi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida. Qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi, respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi. 1942-yildan umumxalq hashari yoʻli bilan qurila boshlagan, 1944-yil 5-martda ishga tushirilgan. 3dekabrda marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. Marten sexida 3 ta marten pechi bor (1944, 1945 va 1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946—49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962-yilli uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga tushirilgan; 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978-yil avgustda yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1ta pech, dekabrda 2 - pech, 1979-yil sentabr da 3-pech mahsulot bera boshladi. 1984-yil iyulda navli prokat sexining 1navbati, 1987-yil sentabrda 2navbati ishta tushirildi. 1991-yildan 32—76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi. Korxona 1944—94 yillarda "Oʻzbekiston metallurgiya zavodi" deb nomlangan. 1994-yil 24-martdan uning tarkibiga Shirin mashinasozlik zavodi, "Ikkilamchi qora metallar" korxonalari boshqarmasi kirdi va aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 2003-yilda 486 ming t poʻlat, 550,7 ming t tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming t tegirmon sharlari ishlab chiqarildi. Chet ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling