Ilova(lar)da malaka ishiga oid va uning mazmun-mohiyatini yanada mukammalroq yoritish uchun xizmat qiladigan materiallar o’z aksini topishi zarur.
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish talabaning pishiq-puxta ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga etkazib topshirishiga imkon beradi.
Kurs ishini bajarishda dasturda ko’rsatilgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo’shimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |