9. Mushak to’qimasi preparatida duksimon shaklli, markazida cho‘ziq tayog’chasimon yadro tutgan hujayralar ko‘rinmoqda, bu:
a. mioepitelial hujayralar
b. ko‘ndalang-targ’il skelet mushagi
c. silliq mushak to’qimasi *
d. ko‘ndalang-targ’il yurak mushagi
10. Mushak to’qimasi tuzilmalarining yo‘g’on filamentlari quyidagi oqsildan tuzilgan
a. aktin
b. tropomiozin
c. troponin
d. miozin *
11. Mushak to’qimasida mioglobinning vazifasi:
a. miocytlarni o’zaro bog’lash
b. trofik
c. kislorodni bog’lash *
d. mexanik-tayanch
12. Oraliq disk - bu:
a. Mezofragma kengaymasi
b. Telofragma kengaymasi
c. Ikki qo‘shni kardiomiotsitlar sitolemmasi kontakti *
d. Ikkita mushak tolasining kontakti
13. Qanaqa hujayralar hisobiga mushak tolasi o‘sishi yuz beradi?
a. Miosateliotsitlar *
b. Fibroblastlar
c. Silliq miotsitlar
d. Fibrotsitlar
14. Sarkomer - bu:
a. Mushak tolasining endoplazmatik to‘ri
b. Miofibrilla ikki telofragma orasidagi qismi *
c. Mushak tolasining mitoxondriyasi
d. N zona
15. Silliq miotsitlar orasidagi kontakt turi:
a. Adgeziya
b. Invaziya
c. Neksus *
d. Sinaps
16. Silliq miotsitlarda qanaqa organellalar yaxshi rivojlangan?
a. Mitoxondriyalar *
b. Ribosomalar
c. Polisomalar
d. To‘g‘ri javob yo‘q
17. Silliq mushak joylashgan:
a. Qon tomirlari va ichki a’zolar devori *
b. Oyoq qo‘l mushaklari
c. YUrak mushagi
d. Bosh mushaklari
18. Silliq mushak to‘qimasi rivojlanish manbai nima?
a. Ektoderma
b. Mezenxima *
c. Miotom
d. Entoderma
19. Silliq mushak to‘qimasi:
a. somatik nerv sistemasi tomonidan boshqariladi
b. ko'ndalang-targ'il mushak tolalardan tuzilgan
c. qisqarishi gormonlar ta'siriga bo‘ysinmaydi
d. ixtiyorsiz qisqaradi *
Do'stlaringiz bilan baham: |