1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant
Download 276.13 Kb.
|
1-58 arxeologiya
3 Obishir gʻorlari - mezolit davriga oid gʻorlar. Fargʻona viloyati hududidagi Soʻx daryosining qadimgi oʻzani Obishir soyning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya institutining Fargʻona paleolit otryadi 5 ta gʻorni tekshirgan (1966). Obishir-1 va Obishir-5da qazish ishlari olib borgan. Ularning sanasi miloddan avvalgi 8-ming yillikka oid. Obishir-1ning eni 25,5 m boʻlib, balandligi 12 m. Gʻordan tosh qadama pichoklar, mikroplastinkalar, parmalar, bigizlar, qirgʻichlar, nuk-leuslar topilgan.
Obishir-5, Obishir-1 dan 200 m gʻarbda. Uning eni 8 m, balandligi 10 m. Gʻorda 3 ta madaniy qatlam mavjud. Quyi qatlam antik davrga oid, qalinligi 1 — 1,20 sm. Undan soʻng qalinligi 30—40 sm lik mezolit davriga tegishli qatlam boshlanadi, unda tosh qurollar va hayvon suyaklari koʻplab uchraydi. Uchinchi qatlam ham shu davrga taallukli boʻlib, qalinligi 3–4 m. Bu yerda tosh qurollar nisbatan ancha kam. Obishir-5 gʻori yashash uchun qulay boʻlganligidan unda qadimda odamlar yashagan.[1]O‟zbekiston hududida mezolit yodgorliklari arxeolog olimlar tomonidan keng o‟rganilgan. Farg‟ona vodiysidagi Obishir I, Obishir V g‟or makonlari ahamiyatlidir. Obishir I Xaydarkon shaharchasidan 4-5 km uzoqlikda joylashgan bo‟lib, g‟orning kengligi 25,5 m, balandligi 12 m.ni tashkil etadi. Bu yerdan mikrolitlar, parrakchalar, nukleuslar, bigiz, qirg‟ich, pichoq-qadamalar topilgan. Obishir V makoni Obishir I g‟ori yaqinida joylashgan, kengligi 8 m, balandligi 10 m va chuqurligi 4-5 m. G‟or 3 ta madaniy qatlamdan iborat bo‟lgan. Bu erdan ham pichoq-qadamalar, qirg‟ichlar, teshgichlar topilgan. Moddiy manbalar ichida yovvoyi hayvonlarning suyaklari ham mavjud bo‟lgan. G‟ordan topilgan qadoq toshlar – baliq tutishda ishlatilgan. Obishirliklar baliqchilik, ovchilik va terimchilik ho‟jalik mashg‟ulotlari bilan shug‟ullanganlar Download 276.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling