2.So‘nggi paleolit davri yodgorliklari?- so‘nggi paleolit davri yodgorliklari muste davriga nisbatan yaxshi o‘rganilmagan. Hozirga qadar aniqlangan yodgorliklarning soni kamchilikni tashkil etadi. Ma'lumki, bu davrda ibtidoiy odamlar yer yuzining tekislik qismida sun'iy qurilgan kulbalarda yashay boshlaydi. U yerdagi makonlarning madaniy qatlami keyinchalik tabiiy hodisalar ta'siri va zamonaviy yer o‘zlashtirish oqibatida buzilib, bizgacha yetib kelmagan yoki saqlanib qolganlari hozircha topilmagan bo‘lishi mumkin.
O‘rta Osiyoning barcha hududidan so‘nggi paleolit davriga oid Obirahmat, Ko‘lbuloq, Samarqand, Siyobcha, Shugnov, Xo‘jag‘or, Yangaja 2, Ko‘kayoz 3 va boshqa yodgorliklar yaxshi o‘rganilgan muhim yodgorliklardir. Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq va Obiraxmat so‘nggi paleolit davrining muhim makonlari hisoblanib, ularning yuqorgi madaniy qatlamlari so‘nggi paleolit davriga oid. Ko‘lbuloq makonining so‘nggi paleolit davriga oid yuqorgi uchta madaniy qatlamidan tosh qurollari, hayvon suyaklari, uchoqlarning izi va kul qoldiqlari topilgan.
Tosh qurollari muste davrining oxiriga oid o‘yiq-tishli shaklda yasalgan. Qurollar majmuasi nukleus, to‘g‘nag‘ich, sanchqi va o‘yiq-tishli qurollardan iborat. Hayvon suyaklari kiyik, ot, yovvoyi qo‘y va giena kabitegishli. Makonning mazkur davrga oid madaniy qatlamlari radiokarbon tekshirish usuliga asosan mil. avv. 24 ming yillik bilan sanalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |