1. Kuzovlarni ta’mirlash jihozlari. Bo’yashga tayyorlash va bo’yash jihozlari Zangga qarshi ishlov berish jihozlari


Download 449.02 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi449.02 Kb.
#1517919
  1   2   3
Bog'liq
Avtomobil kuzovini ta’mirlash jihozlari


Avtomobil kuzovini ta’mirlash jihozlari
Reja:


1. Kuzovlarni ta’mirlash jihozlari.
2. Bo’yashga tayyorlash va bo’yash jihozlari
3. Zangga qarshi ishlov berish jihozlari.
1. Kuzovlarni ta’mirlash jihozlari.
Kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasiga kuzov barcha agregatlar, osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunukasozlik bo’limidan boshlanadi. Yo’l-transport hodisalariga uchragan yengil avtomobillarning kuzovlari qattiq shikastlanish natijasida geometrik holatini yo’qotadi va ularni maxsus stendlarsiz oldingi holatiga qaytarib bo’lmaydi. 2.1-2.2-rasmlarda yengil avtomobillarning shikastlangan kuzovlarini tiklash uchun yaratilgan jihozlar keltirilgan. Ushbu qurilmalar kompyuter bilan butlangan bo’lib, uning xotirasiga minglab avtomobil rusmlarining geometrik parametrlari dasturlab kiritilgan. Qurilmaning ishchi organini gidravlik silindrlar tashkil etadi. Pachoqlangan kuzov qurilma platformaga tayanch nuqtalar bilan o’rnatiladi. Agar falokat natijasida ushbu nuqtalar siljigan bo’lsa, ular birinchi navbatda me’yoriga keltiriladi. Navbatdagi ish kuzovning qolgan o’lchamlarini o’z o’rniga keltirishdir. Bunda yuqorida aytilgan gidrotsilindrlar yordamida chiqib ketgan joylar tortiladi, bukilgani to’’grilanadi hamda ichkariga kirib ketgan joy itarilib chiqariladi.



2.1-rasm. Avtomobil kuzovini ta’mirlash jihozi






2.2-rasm. Kuzovlarni to’’grilash jihozi

2.3-rasmdagi “Siver S3-210” rusumli jihozida 10 tonnagacha kuchlanish hosil qila oladigan gidrotsilindr mavjud bo’lib, uni qurilma platformasida (16) nuqtadagi o’rindiqlarga joylashtirib kuzovni to’’grilash mumkin. Bundan tashqari avtomobil kuzoviga boshqa qo’shimcha gidrotsilindrlar orqali ham ta’sir qilinishi mumkin.



2.3-rasm. Yengil avtomobillar kuzovini tiklovchi “Siver S3-210” rusumli stend.

Qurilma ustunlarining gorizontal tekislikda va zanjir kronshteynining ustun bo’yicha vertikal tekislikda harakatlana olish qobiliyati kuchni xohlagan joyga, hohlagan burchak ostida qo’yish imkonini yaratadi.





2.4- rasm. EISEMANN va Forward FWM-200 PRO mod. payvandlash apparatlari

Payvandlash karbonat angidridli himoyali muhitda yarim avtomatik elektryoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va o’zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu elektryoyli payvandlash usuli yordamida ulanadi.
Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma kesgichlar qo’llanadi. Kuzov detallarini birini-biriga ulashda kontakt nuqtali elektr payvandlash usullari ham qo’llanadi.
Тo’’grilangan va ulangan kuzovning payvandlash choklari shlakdan tozalanadi va maxsus asboblar yordamida tekislanadi.
Kuzovni bukilishi va o’qlarini bir-biriga nisbatan o’zgarishi almashinuvchi kallakli gidravlik domkratlar yordamida to’’grilanadi. Avariyaga uchragan yengil avtomobil kuzovlarini ta’mirlashda uning barcha o’lchamlarini tekshiradigan va me’yorga keltiradigan maxsus moslamalardan foydalaniladi. Unda kuzov tayanchga o’rnatiladi va har bir nuqta bo’yicha tashqi o’lchamlar tekshirilib ko’riladi. Darzlar va yoriqlar elektr va gaz payvandlash usuli bilan yamaladi. Payvandlangan joylar elektr charxi, pnevmatik jilvirlash uskunasi va jalvir qo’gozi yordamida silliqlanadi va keyin shpaklevka qilinadi.







2.5-rasm. GEDORE 5013 va GEDORE 5014mod. pnevmatik jilvirlash uskunalari.








2.6-rasm. GEDORE 5133 mod.
pnevmatik jilvirlash uskunasi

2.7-rasm. GEDORE 5135 mod.
pnevmatik parchin mix qoqgich.

Kuzovni parchin mix bilan mahkamlanadigan qismlarini almashtirishda parchin mix qoquvchi uskunalardan keng foydalaniladi (2.7-rasm).

Download 449.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling