1. Labaratoriya Кamerali qarshilik pechining ish rejimlarini tadqiq qilish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Nazariy qism.
- IV. Tajriba ishini bajarish tartibi.
- V. Tajriba natijalarini qayta ishlash.
- VI. Hisobot tayyorlash tartibi
- VII. Sinov savollari
- Adabiyotlar.
1. Labaratoriya Кamerali qarshilik pechining ish rejimlarini tadqiq qilish Elektr qarshilik pechining qizdirish jarayonini o’rganish, tajriba yo’li bilan qizdirish va sovutish grafiklarini qurish. Elektr pechining ish rejimi, elektr boshqarish sxemasi, qarshilik pechi kamerasidagi xaroratni rostlashning turlicha usullari va pechning energetik ko’rsatkichlari bilan tanishish.
I. Nazariy qism. Elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga o’zgartirib, shu bilan bir paytda qandaydir texnologik jarayonni amalga oshiruvchi qurilmalar elektr- texnologik qurilmalar deyiladi. Elektrotexnologik jarayonlar sanoatda keng qo’llaniladi. Bu jarayonlardagi qurilmalar ishlash prinsipi, quvvati va elektr energiyani iste’mol qilish xarakteristikasi bo’yicha turlichadir. «Elektrotexnologiya» so’zi ichiga quyidagi texnologik jarayonlar va materiallarga ishlov berish metodlari kiradi: 1) Elektrotermik jarayonlar. 2) Elektr payvandlash jarayonlari. 3) Materiallarni elektr kimyoviy ishlov berish usuli. 4) Elektrofizik ishlov berish usuli. 5) Aerozol texnologiyasi. Yuqorida sanab o’tilgan jarayonlardan sanoatda elektrotermik jarayonlar keng tarqalgan. Elektrotermik qurilmalar elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish jarayonlarida foydalanadi. Elektrotermik qurilma deganda elektrotermik ob’ekt, uni ta’minlash manbasi va uning ishini avtomatik boshqarish qurilmalaridan iborat kompleks tushuniladi. Elektrotermik qurilmalar - elektr pechlari elektr qizdirish qurilmalari va priborlar sanoatda, transportda, qishloq va uy xo’jaligida keng tarqalgan. Ushbu tajriba ishida ko’rib chiqiladigan kamerali pechь bilvosita qizdirish elektr qarshilik pechlari sinfiga kiradi. Кamerali qarshilik pechlari tuzilishi bo’yicha oddiy va qo’llanilishi sohasi bo’yicha universaldir. Ular asosan metall mahsulotlarga turli xildagi termik ishlov berish uchun mo’ljallangan. Sanoatda ishchi xarorati 700˚S, 1000˚S va 1250˚S bo’lgan kamerali pechlar maxsus qotishmalardan qilingan metall qizdirgichlar bilan, 1300˚S
va 1600˚S ishchi xaroratlar uchun esa qizdirgich elementlari karborund va disilisid molibdendan qilingan qarshilik pechlari seriyali ravishda ishlab chiqiladi. Maksimal xarorati 700˚S dan yuqori bo’lgan kamerali pechlar qizitish jarayonini intensifikasiya qilish va pechning ishchi fazosida xaroratning bir tekisda taqksimlanishini ta’minlash uchun ventilyatorlar bilan jihozlanadi. Кamerali pechlarning ekspluatasiya qilishdagi asosiy kamchilik unga maxsulot yuklash va olishdagi qiyinchilikdir. Pechning issiqlik bo’yicha foydali ish koeffisienti texnologik jarayonga boqliq bo’lib, u ko’pincha 65- 70% dan oshmaydi. II. Laboratoriya kurilmasining tasnifi. Tajriba yo’li bilan xarakteristikalarni olish uchun sxemada va qurilmalarda zarur bo’lgan ulashlarni amalga oshirish kerak. Pechning yuklamasi uning nixromli qizdirish elementidir. Elektr pechning energetik ko’rsatkichlari va ish rejimi pechь eshigi va devorlar orasidagi masofani va ta’minlovchi manba kuchlanishini 220 V dan o’zgarish oraliqiga boqliq.
1. Elektr qarshilik pechining tuzilishi va texnologik ko’rsatkichlari bilan tanishish. 2. Tajriba qurilmasi va xarorat rostlagich (termoregulyator) sxemalarini o’rganish. 3. P=f(τ) , t c = f(τ) xarakteristikalarini olish va qurish. 4. Rostlagichning sezgirligini aniqlash. 5. Pechь eshigining xar xil holatlarida energetik ko’rsatkichlarini tadqiq qilish.
Кirish avtomatini (AV) ulash natijasida tajriba stendi kuchlanish bilan ta’minlanib, LК signal lampasi yonadi. PК1 ulagich I xolatga qo’yiladi va shundan keyin PP “P “ o’chirgich ulanadi. P o’chirgichni qo’shish paytida vaqtni darxol belgilash kerak, ya’ni vaktni τ xisobi boshlanadi. Shu bilan birga ishchi muxit xarorati t ch xam xisobga olinadi. Pech kamerasidagi xarorat belgilangan qiymatga etgach, qarshilik pechi avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi. Ulanishdan to o’chirilishgacha bo’lgan vaqt τ otkl
pauza boshlanadi va bu qayta ulanishgacha yoki τ rab
momentigacha davom etadi. Tajriba ishini bajarish davomida volьtmetr (V), ampermetr (A) va vatt- metr (Wh) ko’rsatkichlari yozib boriladi. Tajriba natijalarini uch marta (τ rab1 , τ rab2,
τ rab3
)
olish zarur va etarlidir.
V. Tajriba natijalarini qayta ishlash. 1. Qarshilik pechlarida cosφ=1 ekanligini xisobga olib, kuchlanish va tokning tajriba yo’li bilan olingan qiymatlaridan foydalanib, pechning iste’mol qiladigan quvvatini aniqlash P=UI (kVt) va P=f(τ) grafigini qurish.
2. Tajriba natijalaridan foydalanib t c = f(τ) grafigini qurish. 3. τ rab
va τ sikl
qiymatlarini bilish orqali pech vaqt doimiysi aniqlanadi. Xarorat rostlagich sezgirligi K ch =t
/ t vkl
formulasidan aniqlanadi. VI. Hisobot tayyorlash tartibi.
Tajriba ishi hisoboti quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: a) ishning nomi; b) ishning maqsadi; v) topshiriq; g) ishni bajarish tartibi va metodlari; d) tajriba ishini prinsipial sxemasi; e) tajriba va hisobiy formulalar, natijaviy ma’lumotlar va grafiklar yoki eksperimental xarakteristikalar.
VII. Sinov savollari. 1. Elektr pechlari turlari va tiplari. 2. Elektr qarshilik pechlarini qo’llanilish sohasi. 3. Pechning ish va energiya iste’moli rejimlari. 4. Termodatchiklar, termoregulyator va ularni sezgirligi. 5. Issiqlikdan izolyasiyalovchi va qizitish elementlariga qo’llaniladigan materiallar.
Adabiyotlar. 1. Svenchanskiy A.D – Elektricheskie pechi soprotivleniya. M-L. Gosenergo 1958g. 2. Nekrasova N.M i dr. – Elektricheskie prom. pechi.M-L. 1961g. 3. Кasevich L.S – Raschet i konstruktirovanie elektricheskix pechey. M-L. 1960g.
4. Elektricheskie prom. pechi dlya nagreva i termicheskoy obrabotki. Terminы i opredeleniya GOST 16382-70. 5. Jalilov M.X. Elektrotexnologik texnologik kurilmalari.Toshkent,1990. 6. Bobojanov M.К. Sanoat korxonalari elektrotexnologik kurilmalari. Toshkent,2007. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling