1-labarotoriya mashg’uloti Mavzu: Fermentlar barqarorligiga ta’sir etuvchi faktorlar Harorat
Download 168.14 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-lab.ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Vodorod ionlari konsentrasiyasining ta’siri.
1-labarotoriya mashg’uloti Mavzu: Fermentlar barqarorligiga ta’sir etuvchi faktorlar Harorat Harorat oshgan sari uning ferment-substrat kompleksiga ta’sir qilib, faolligi oshib boradi. Haroratning ma’lum chegarasida ferment faolligi maksimum bo’lishini, faollikning optimal nuqtasi deyiladi. Lekin harorat 400 C dan oshganda ferment faolligi pasaya boshlaydi. Aksariyat fermentlar 60-800 C da butunlay faolligi yo’qolib, bunda ularning strukturasi o’zgarib, qaytmas denaturastiyaga uchraydi. Fermentlar faolligiga haroratning ta’sirini grafik tarzda ifodalasak, u quyidagi ko’rinishda bo’ladi. Lekin ayrim fermentlar 800 C dan yuqori haroratda ham faolligini saqlab qolishi mumkin. Masalan, tabiiy issiq suv manbalarida o’sadigan o’simliklarning fermenti 900 C dan yuqori faolligini saqlab qoladi. Ba’zi fermentlarning faolligi past haroratda ham yuqori bo’lishi mumkin. 2.Vodorod ionlari konsentrasiyasining ta’siri. Organizmdagi ko’pchilik fermentlar pH-7 atrofida yuqori faollikka ega bo’ladi. Vodorod ionlarining o’zgarishiga ferment juda ta’sirchan bo’ladi. Bunga sabab fermentning faol markazidagi funkstional guruhlarning ionlanishidir. Muhitda pH-ning o’zgarishi ferment-substrat kompleksi o’rtasidagi kimyoviy bog`lanish darajasiga ham ta’sir qiladi. Ayrim fermentlar kuchli kislota va ishqoriy muhitlarda ham faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, oshqozondagi pepsinning ta’siri pH=1,5- 2,5 atrofida bo’ladi. Ichaklardagi fermentlar esa ishqoriy muhitda “ishlaydi”. Har bir fermentning pH yaratgan optimal qiymati o’zgarsa, enzimning uchlamchi strukturasi ham o’zgarib, faolligi pasayadi Download 168.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling