1-LABORATORIYA ISHI
ANALITIK TAROZIDA ISHLASHNI O'RGANISH
Kerakli asbob va materiallar: 1) analitik tarozi; 2) tarozi toshlari; 3) reyter; 4)tortiluvchi jismlar.
Tarozining tavsifi. Bu ishda, kimyoviy tahlillarda ishlatiladigan analitik tarozi bilan tanishamiz. Odatda, bunday tarozi chang, shamol kirmasligi va yorug’lik ko’proq tushishi uchun oynavand qilinadi. Bu oynalarni kerak vaqtda ochib, yopish mumkin.
Jismning massasi yelkalari teng bo’lgan shayinli tarozi yordamida etalon massa
bilan taqqoslab topiladi. Bunday tarozining sxematik tuzilishi 1-rasmda keltirilgan.
Bunday tarozi teng yelkali BB‘ richag (shayn)dan iborat bo’lib, uning o’rtasida uning
tekisligiga perpendikular o’rnatilgan po’lat prizmaning (a) qirrasi, (A) agat plas-tinkaga qo’yilgan. Shayinning o’rtasidagi prizmadan teng uzoqlikda (l1=l2 ) tarozi pallalarini osish uchun ilmoqlar va prizmachalar o’rnatilgan. Shayinda, 10 mgr li reyterni osish uchun, 10 ta bo’limli arrasimon chuqurchalar qilingan (reyter to’g’risida keyinchalik aytib o’tamiz). Reyter maxsus moslama yordamida shayinga ilinib yoki olinib qo’yiladi. Chap pallaga tortiladigan jism m1 ni qo’yib, m2 etalon tarozi toshlari bilan, z – strelka, uning tagidagi shkala bo’lib jism qo’yilmasdan oldingi vaziyatga kelguncha muvozanatlanadi. Bu holatga to’g’ri keluvchi kuch momentlarining P1l1=P2l2 va yelkalarning tengligidan P1=P2bo’ladi. Ayni bir geografik kenlikda erkin tushish tezlanishning doiimiyligidan formulaga asosan
P1=m1bo’lib, m1=m2 ekanligi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |