1-laboratoriya ishi Arduino dasturiy muxiti bilan tanishish Ishdan maqsad
Download 1.57 Mb.
|
1 2
Bog'liq1-лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Asosiy tushunchalar
1-laboratoriya ishi Arduino dasturiy muxiti bilan tanishish Ishdan maqsad: Arduino UNO apparat-hisoblash platformasi va Arduino IDE ishlab chiqish muhiti bilan tanishish, ishni boshlashdan oldin dasturiy ta'minotni sozlashni o'rganish. 1. Asosiy tushunchalar Arduino (Arduino) – bu asosiy tarkibiy qismlar kiritish/chiqarish va ishlab chiqish muhiti bo'lgan apparat hisoblash platformasi hisoblanadi. Arduino - bu virtual olamdan chiqib, jismoniyga vositalarga o'tish va u bilan o'zaro aloqada bo'lishga imkon beradigan kichik shaxsiy kompyuterdir. Arduino negizidagi qurilmalar turli xil datchiklar orqali atrof-muhit haqida ma'lumot olish va turli xildagi ijro etuvchi qurilmalarni boshqarish mumkin. Arduinoga asoslangan qurilmalar loyihalari mustaqil ravishda ishlashi yoki kompyuter dasturlari bilan o'zaro aloqada bo'lishi mumkin. Arduino UNO – mikroprotsessor qurilmalarini ishlab chiquvchilar platasi, ulardan bir nechtasi (Mega, Nano va boshqalar) asosan ATmega328 mikrokontrolleriga asoslangan. Bu asosan keng qo'llab-quvvatlash tarmog‘i va ko‘p universalligi tufayli mashhurdir. Arduino UNO - da 14 ta raqamli kiritish/chiqarish portlari mavjud, ulardan oltitasi keng impulsli modulyatsiyalangan (ShIM) signallarni chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, 6 ta analog kirish portlari mavjud. 16 MGts generator, USB porti, manba raz’yomi, nolga tushirish (yoki qayta ishga tushirish) tugmasi va ICSP (in-circuit serial programming – ichki sxemali dasturlash) raz’yomi mavjud (1.1-rasm). 1.1-rasm. Arduino UNO platasi To‘plam bilan birga joylashgan USB kabelidan foydalanib, Arduino platasi kompyuterning USB raz’yomlaridan biriga ulanadi (1.2-rasm). 1.2-rasm. Arduino UNO platasini kompyuterga ulash Arduino IDE dastur interfeysi. Arduino IDE ishlab chiqish muhiti-ushbu muhitda dasturlash tilining asosi C++ - eng mashhur dasturlash tillaridan biridir. 1.3-rasmda kompyuterga yuklangan Arduino IDE dasturlash muhiti ko'rsatilgan, shuningdek 1.4-rasmda GUI (Graphical User Interface) foydalanuvchining grafik interfeysi keltirilgan. 1.3-rasm. Arduino IDE dasturlash muhiti 1.4-rasm. GUI foydalanuvchining grafik interfeysi Quyida Arduino IDE menyusidagi eng muhim uchta buyruq ko'rsatilgan: Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling