1-laboratoriya ishi gazlar issiqlik sig’imlarining nisbati ni kleman-dezor usuli bilan aniqlash kerakli asboblar


Download 38.38 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi38.38 Kb.
#257827
1   2   3   4
Bog'liq
1-laboratoriya ishi. Gazlarning issiqlik sig'imlari nisbatini aniqlash

Usulning nazarivasi

Balonga nasos yoki kompressor yordamida havo damlab, tiqin tez ochib yopilganda ballondagi gaz quyidagi uchta holatlardan o’tadi.

1-rasm

1. Agar tiqinni berkitib balonga nasos bilan havo damlansa, idishning issiqlik o’tkazuvchanligi sababli idishdagi havoning harorati tashqi havoning harorati T1 ga tenglashguncha osha borishi sababli, idishdagi gazning bosimi ham osha boradi. Nihoyat idishdagi gazning harorati tashqi harorat T1 ga teng bo’lgandagina ortiqcha bosimni ifodalovchi manometr sathlarining farqi aniq h1 qiymatga erishadi. Gazning bu holati T1 va P1 parametrlar bilan xarakterlanadi (1-holat: T1 va P1).

Agar atmosfera bosimi P0 bo’lsa, ballondagi gazning bosimi quyidagiga teng bo'ladi

(15)

2. Agar endi tiqin tez ochilsa, idishdagi havoning bosimi P1\ tashqi P0 ga tenglashguncha idishdagi gaz adiabatik ravishda kengaya boradi, natijada havo T2 haroratgacha soviydi. Bu holat gazning ikkinchi holatidir (2 holat: T2, P0).

3. Agar tiqin ochilgan zahotiyoq qaytadan berkitilsa. balondagi gaz izoxorik ravishda isiy boshlaydi. Gaz harorati ortishi bilan bosim ham orta boradi va nihoyat gazning harorati tashqi T1 harorat bilan tenglashganda bosimning oshishi to’xtaydi. Bu holat gazning uchunchi holati bo’ladi. (3-holat: T1, P2). Idishdagi havoning shu paytdagi bosimini P2 bilan, manometrning shu bosimni munosib ko’rsatishini h: bilan belgilansa, P2 quyidagiga teng bo’ladi

(16)

Shunday qilib, gazning birinchi holatdan 2-holatga o’tishi adiabatik jarayondan iborat bo’lganligi uchun, Puasson tenglamasini quyidagi ko’rinishda yozish mumkin



(17)

Bu yerda gazning o’zgarmas bosimdagi issiqlik sig’imini o’zgarmas hajmdagi issiqlik sig’imiga nisbatiga tengdir, ya’ni



Gaz ikkinchi holatdan 3-holatga izoxorik-o’zgarmas hajmda o’tganligi uchun Gey-Lyussak qonuniga binoan quyidagini yozamiz



(18)

(17) tenglamaga P1 ning ifodasini (15) dan qo’yib hadlarning joyini almashtirish orqali quyidagi tenglamani hosil qilamiz

(18a)

yoki

(19)

Bu tenglama va lar birdan juda kichik bo’lgani uchun, tenglamaning ikki hadini Nyuton binomi bo’yicha yoyib, birinchi tartibli aniqlik bilan olinsa



Shunday qilib, (10) tenglamani taxminan quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:



(20)

bundan

(20a)

Ikkinchi tomondan (16) dan P2 ning igodasini (18) ga qo’yib quyidagini osongina hosil qilish mumkin:



(21)

Demak,

(22)

Bu tenglamadan gazning o’zgarmas bosimdagi va o’zgarmas hajmdagi issiqlik sig’imining nisbati aniqlasak:



(23)

Bu tenglama yordamida ni hisoblash uchun gazning adiabatik kengayishigacha va adiabatik kengayishidan keyingi bosimining atmosfera bosimidagi ortiqcha qismlar h1 va h2 larnii o’lchash kerak.



Download 38.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling