1 laboratoriya ishi kolloid eritmalarini olinishi va tozalash usullari ishdan maqsad


Topshiriq. Tajriba to’g’risida xulosa qiling. 3. Temir (III)-gidroksid zolini dializ qilish


Download 118.15 Kb.
bet11/11
Sana18.06.2023
Hajmi118.15 Kb.
#1593512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 laboratoriya (1)

Topshiriq. Tajriba to’g’risida xulosa qiling.


3. Temir (III)-gidroksid zolini dializ qilish.
Ishni bajarish tartibi. Kollodiy pardaga yoki tselofan qopchaga Fe(OH)3-gidrozolini quyiladi va distillangan suv solingan idishga tushiriladi. Yarim soat vaqt o’tgandan so’ng, qopcha atrofidagi suvdan na`muna olib xlor ioniga sifat reaktsiyasini o’tkaziladi (AgNO3 ishtirokida). Sifat reaktsiyasini har yarim soatda olib boriladi. Olingan natijalarni yozib boriladi.
Topshiriq. Tajriba to’g’risida xulosa qiling.


3. Berlin lazurining zolini dializ qilish. 0,1 ml 47%li FeCL3 eritmasiga 100ml suv solinadi hamda hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda 20%li K4[Fe(CN)6] eritmasidan 1-2 tomchi qо‘shiladi. Shunda tо‘q havo rangli berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 temir II-geksatsianoferrat hosil bо‘ladi.

3K4[Fe(CN)6] + 4FeCL3→ Fe4[Fe(CN)6]3 + 12KCL


Hosil bо‘lgan zolni dializ usuli yordamida keraksiz bо‘lgan ion, asos va kislotalardan tozalanadi. Tayyorlangan dispers sistema laboratoriya sharoitida tuzlardan, ortiqcha elektrolitlardan, stabilizatorlardan, kislota va asoslardan quyidagicha tozalanadi: buning uchun tayyorlangan zol maxsus sellofan (ya’ni yarim о‘tkazgich membrana vazifasini bajaruvchi tarkibida 11%li azot bо‘lgan nitrotsellyulozaning spirt va efir aralashmasidan tashkil topgan) xaltachaga solib distillangan suvga tushirib qо‘yiladi. Sellofanning teshiklarining diametri 20-30nm bо‘lgan g‘ovaklar orqali dispers sistemadagi ionlar suvga diffuziyalanib о‘tadi. Dispers faza zarrachalari о‘lchami kattaroq bо‘lganligi uchun ular g‘ovaklar orqali о‘ta olmaydi. Distillangan suv 1 soatda tez-tez almashtirilib turiladi. О‘ta olmagan dispers faza zarrachalari keying laboratoriya ishida ishlatiladi.




laboratoriya ishlari yuzasidan joriy savollar
1. Dispers sistemalarning sinflanishi haqida tushuntiring.
2. Dispers sistemalarning chin eritmalardan farqi aytib bering.
3. Dispers sistemalarni dispergatsiya usulida olish.
4. Qattiq jism mustahkamligining adsorbsiyaviy kamayishi (Rebinder effekti).
5. Fizikaviy kondensatsiya usulida dispers sitemalar olishga misollar keltiring.
6. Kimyoviy kondensatsiya usulida dispers sistemalar qanday olinadi?
7. Peptizatsiya usulining mohiyatini tushintiring.
8. Qanday usullar bilan dispers sitemalarni tozalash mumkin.
9. Dializ va elektrodializ usullarini tushuntiring.
10. Ultrafiltratsiya va ultratsentrofugalashlarni aytib bering.
11. Xozirgi zamon kolloid kimyosi fanining mazmuni, muammolari va vazifasi nimadan iborat?
12. Kolloid kimyoning rivojlanishida katta xissa qo`shgan O`zbekistonlik olimlardan kimlarni bilasiz?
13. Kolloid kimyoning turmushda va ishlab chiqarishda qanday ahamiyati bor?
14. Kolloid sistemalarning qanday usullar asosida sinflarga bo`linadi?
15. Kolloid sistemalarning olininshining qanday usullari bor?
16. Dispers faza, dispersion muhit, liofob, liofil’, disperslik darajasi, zol’, liozol’, organozol’, gidrozol’, dispers sistema, stabilizator, emul’gator, peptizator, dispergatsiya, peptizatsiya, kondensatsiya, kolloid sistema (ul’tramikrogeterogen sistema), kolloid eritma, emul’siya, suspenziya, dag’al dispers sistema, chin eritma, geterogenlik va gomogenlik tushinchalarini ta`riflang.
17. Boshlang’ich mahsulotlarni ekvivalent miqdorlarda olinganda almashinish reaktsiyasi orqali kolloid eritmalar olish mumkinmi?
18. Gidrofob va gidrofil’ zollarning bir-biridan qanday farqi bor?
19. Kimyoviy kondensatsiya usulining almashinish reaktsiyasi asosida kolloid eritmani hosil qilinishi qanday sharoitlarda olib boriladi?
20. Kumush nitratning mo`l miqdor eritmasiga kaliy bromid eritmasi qo`shilishidan hosil bo`lgan zolning mitsella tuzilishini yozing.
21. Kumush xlorid zolini hosil qilish uchun 20 ml. 0,025 normalli kaliy xlorid eritmasiga, 15 ml. 0,005 normalli AgNO3 eritmasi qo`shilgan. Hosil bo`lgan zolning mitsella tuzilishini yozing.
22. Kumush xloridning zaryadlanmagan zolini hosil qilish uchun 0,029 % li NaCL va 0,001 normalli AgNO3 eritmalari qanday hajmlarda aralashtiriladi?
23. Kumush yodid zolini hosil qilish uchun, teng hajmlarda AgNO3 ning 0,005 n. eritmasidan va KI ning 0,005 n. li eritmasidan qo`shildi. Hosil bo`lgan zolning mitsella tuzilishi va kolloid zarracha zaryadini aniqlang.
24. Kollodiy parda qanday tayyorlanadi?
25. Kolloid sistemalar qanday usullarda tozalanadi?
26. Kolloid eritmalarni dializ qilishdan maqsad nima?
27. Ul’trafil’trlash usulining moxiyati nima?
28. Tozalangan kolloid eritma tozalanmaganidan qanday farq qiladi?
29. Kolloid eritmalarni tozalash jarayonida ularni ba`zan cho`kmaga tushib qolish hodisasi ro`y beradi. Buning sababi nimada?
Download 118.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling