1 laboratoriya ishi mavzu : Metallar va qotishmalarning birlamchi kristallanish jarayoni Laboratoriya ishni o’tishdan maqsad
- rasm. Po’lat quymaning tuzilish sxemasi
Download 308.5 Kb.
|
Laboratoriya mashg\'uloti №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5 - rasm. Temirdagi allotropik o’zgarish sxemasi
- Kutilayotgan natija
- Laboratoriya ishini o’tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va jihozlar
3.4 - rasm. Po’lat quymaning tuzilish sxemasi:
a-quymaning tashqi qismida dendritlarning joylashishi, b- quymaning tuzilishi; 1-qolip devori, 2-mayda teng o’qli kristallar, 3-daraxtsimon kristallar, 4-teng o’qli katta o’lchamli orientirlanmagan kristallar, 5-cho’kish g’ovaklari, 6- cho’kish bo’shlig’i. 3.5 - rasm. Temirdagi allotropik o’zgarish sxemasi Allotropiyaning mohiyati shundan iboratki, qizdirilganda qattiq metallda yangi kristallanish markazlari paydo bo’ladi. Bu esa yangi panjara paydo bo’lishiga olib keladi. Panjara hosil bo’layotganda u qizdirilsa, issiqlik yutiladi, sovitilganda esa issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun kristall panjara shakllanganda harorat o’zgarmas qoladi, egri chiziqdagi to’g’ri uchastka bu holatga mos keladi (2.5- rasm). Temirdagi allotropik o’zgarishlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Suyultirilgan toza temirning xona haroratigacha sovitish egri chiziqlari 2.5-rasmda ko’rsatilgan. 1539 C haroratgacha temir suyuq holatda bo’ladi. Kristallanish 1539 C haroratda boshlanadi va tetta-temir hosil bo’ladi. Bu temir 2,53 10-10 m o’lchamli xajmi markazlashgan panjaraga ega bo’ladi; bu panjara 1392 va 911 C haroratlar oralig’ida yangi modifikatsiyaga 3,6510-10 m o’lchamli yoqlari markazlashgan kub panjarali gamma-temirga aylanadi. Temir 911 C dan past haroratda 2,9 10-10 m o’lchamli hajmi markazlashgan panjarali magnitsiz shaklga alfa-temir hosil bo’lib, so’nggi haroratli turg’unlik sodir bo’ladi, unda 2,87 10-10 m o’lchamli hajmi markazlashgan panjara saqlanadi. Kutilayotgan natija: Qolipga quyilgan metall yoki uning qotishmalarining sovib borishida kristallanish jarayonining borishini o’rganish, shu asosda donalar o’lchamini, tartibini va zonalar hajmini boshqarishni aniqlash hisoblanadi. Laboratoriya ishining batafsil rejasi va tushuntirish matni: Osh tuzi yoki boshqa tuzdan bir necha gramm olib, uni probirkaga 70 – 80 0C gacha qizdirilgan suvga solib, o’ta to’yingan eritma hosil qilinadi; Probirkadagi eritmadan ozginasini tomizgichga olib, undan bir tomchisini stolga o’rnatilgan sirlanmagan toza oyna sirtiga tomiziladi; Eritmaning vaqt birligida kristallanish jarayonining borishini kuzatib, ko’rilayotgan manzarani 3.1-jadvalning tegishli grafasiga tushiramiz; Eritmaning kristallanish jarayoni tahlil qilinadi va uning metall hamda ularning qotishmalarning kristallanish jarayonlari bilan solishtiriladi. Laboratoriya ishini o’tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va jihozlar: Biologik mikroskop, osh tuzi eritmasi, qo’rg’oshin nitradi, ammoniy xlorid, sariq qon tuzi eritmalari, probirka, sprit lampasi, chizg’ich va boshqalar. Laboratoriya ishini o’tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari: Laboratoriya ishini o’tkazish kafedraga tegishli laboratoriya xonalarida 12-14 ta talabaga o’tkaziladi. Laboratoriya ishini o’tkazishda o’rnatilgan tartibda xavfsizlik choralari ko’riladi. Download 308.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling