1-laboratoriya ishi mavzu: Electronics Workbench amaliy dasturiy paketini o‘rganish Ishdan maqsad
Download 495.2 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Лаборатория raqamli A
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND – 2022 1-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Electronics Workbench amaliy dasturiy paketini o‘rganish Ishdan maqsad
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Laboratoriya ishi-№1 Bajardi: Qabul qildi: SAMARQAND – 2022 1-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Electronics Workbench amaliy dasturiy paketini o‘rganish Ishdan maqsad: Kombinatsion mantiqiy sxemalarda loyihalashtirish loyihalashtirish Electronics Workbench amaliy dasturiy paketi bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilash. Raqamli qurilmalarni loyihalashtirishda mantiqiy elementlarning o‘rni juda muhim. Ular boshqaruv tizimini ma’lum ketma-ketlikdagi oddiy mantiqiy amallar(operatsiyalar) ko‘rinishida ifodalash mumkin. Mantiqiy amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan elementlarga mantiqiy elementlar deyiladi. Mantiqiy amallarni bajarishga mo‘ljallangan mantiqiy elementlar turli xildagi elektr sxemalarida har xil texnik vositalar: rele-kontaktli elektrik elementlar, kontaktsiz elementlar asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi. Mantiqiy elementlar boshqaruv ob’ektining xolatini unga kelayotgan signallar ko‘rinishiga qarab, berilgan mantiqiy shartlar asosida diskret (saqlab) o‘zgartira oladigan moslamalar hisoblanadi. Sistema funksiyasini belgilab beradigan bunday shartlar mantiqiy boshqaruv algoritmi deyiladi. Mantiqiy elementlardan foydalanilgan har qanday holatda ob’ektning holati uning ijrochi organlarini ulash eki o‘chirish yo‘li bilan diskret o‘zgaradi. Ya’ni har qanday mantiqiy element aniq bir mantiqiy amalni bajarish barobarida faqatgina ikkita holatda bo‘lishi mumkin: “nol” - agarda ob’ekt tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa (signal yo‘q), “bir”- agar o’ekt tarmoqqa ulangan bo‘lsa (signal bor). Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo’lgan, nol va bir yoki “rost” va “yolg’on” so’zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo’llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinasiyasi ko’rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo’ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fani axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan raqamli qurilmalar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi. Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan bir signal ko’rinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanadi. Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishlatiladigan raqamli qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Bu operatsion elementlar yoki uzellar kombinatsion va ketma-ket tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi: O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish. Download 495.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling