1-Laboratoriya ishi Mavzu: Grunt turlari aniqlash va unga ko‘ra yo‘l poyini ko‘ndalang kesimini tanlash Ishdan maqsad
Download 358.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqLaboratoriya mashg\'uloti №1
b). Gill zarrachalarni (< 0.002 mm) ko‘pchish usuli bilan aniqlash
Hajmi 100 sm 3 bo‘lgan o‘lchamli silindrga 2 mm.li yelakdan o‘tgan gruntdan 10 sm 3 solinib, yengil silkitish orqali zichlantiriladi. Silindrning yarmigacha suv solinadi va rezina kiygizilgan shisha tayoqcha bilan chayqatiladi. Chayqatish silindr davrida loy yuqi qolmaguncha davom yettiriladi. Hosil bo‘lgan yeritmaga gilli zarrachalarni koagulyasiyasini tezlatish uchun 3 sm 3 , 5%li kalsiy xlor yeritmasidan qo‘shamiz va silindrdagi suv miqdorini 100 sm 3 ga yetkazamiz. Yeritmani 1-2 kun tinch holga qo‘yamiz. Gruntning ko‘pchigandan keyingi hajmi silindrdan o‘lchanadi va 1 sm 3 dagi hajmiy kengayishni topamiz. 1 1 2 V V - V К bu yerda: V 1 - gruntning oldingi hajmi, 10 sm 3 ; V 2 - gruntning ko‘pchigandan keyingi hajmi. Protsent hisobidagi gill zarrachasi miqdori quyidagi formula orqali topiladi: X=22,7*K v). Chang zarrachalarini ( 0,05- 0,002 mm) hisoblab topish. Chang zarrachalarining miqdori quyidagi formula orqali topiladi: N=100-(P q +X) bu yerda: R q -qum zarrachalarining miqdori, % X- gill zarrachalarining miqdori,% Bajarilgan tajriba umumlashtirilib, quyidagi jadvalga yoziladi: 1-jadval Qum zarrachasining miqdori (2,0-0,05) mm Gill zarrachasining miqdori (< 0,002 mm) Chang zarra- cha- lari- ning miqdo -ri % Gruntning yuvish- gacha bo‘lgan hajmi sm3 Qumni yuvgan- dan keyingi hajmi sm3 Qum zarra cha-larining miqdori % Gruntning ko‘pchi- shgacha bo‘lgan hajmi sm3 Grunt- ning ko‘pchi- gandan keyingi hajmi sm3 Grunt hajmini ng kengayi shi sm3 Haj- mining kenga- yishi 1 sm3 grunt uchun Gilli zarra- chalar- ning miq- dori % Vazifa: Tajriba natijasidan foydalanib, gilli gruntning nomini toping. (I Ilova, 1-jadval ) Yo‘l poyi yo‘lning toifasi, yo‘l to‘shamasi turi, ko‘tarma balandligi va o‘yma chuqurligi, yo‘l poyida foydalaniladigan tuproqlar xususiyati, yo‘l poyini qurish ishlarini bajarish sharoitlari, qurilish hududining iqlim sharoitlari va qurilish bo‘laklaridagi muhandislik-geologik sharoitlari, mazkur hududda yo‘lni ekspluatatsiya qilish tajribalarini hisobga olib, qurilish va foydalanish bosqichlarida eng kam xarajatlar bilan yo‘l poyi bilan birga yo‘l to‘shamasining ham talab qilinadigan mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, shuningdek qimmatbaho yerlarni maksimal saqlash va atrof-muhitga eng kam ziyon yetkazishdan kelib chiqib holda loyihalanishi zarur. Joy sharoitlarining muhandislik-geologik xususiyatlarini yuza oqim tavsifi va tuproqlarning ustki qatlamining namlanishi sharoitlari bo‘yicha joy turi (I Ilova, 2-jadval), loyihalashda e’tiborga olinadigan tuproqlarning xususiyatlari va ularning qatlamda joylashish sharoitlari, geologik, gidrologik va muzlash, texnogen omillar ta’sirini o‘z ichiga olgan sharoitlar va jarayonlar (hududni o‘zlashtirilganligini hisobga olib) geomorfologik xususiyatlar (relef) va boshqalar bo‘yicha aniqlanishi lozim. Topshiriq:Talaba laboratoriya sharoitida olingan natijalar asosida yo‘l poyi guruntining ko‘tarma balandliklarini yo‘l iqlim mintaqasiga bog‘liq holda tanlab asoslaydi. Nazorat savollari 1. Qumli zarrachalar miqdorini aniqlash deganda nimani tushunasiz? 2. Gill zarrachalarni miqdorini aniqlash deganda nimani tushunasiz ? 3. Chang zarrachalarini miqdorini aniqlash deganda nimani tushunasiz ? Download 358.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling