1-laboratoriya ishi Mavzu: Termoelektrik termometrlar Ishdan maqsad: Termoelektrik termometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish. Tayanch so‘zlar


Download 1.44 Mb.
bet1/2
Sana30.08.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1671690
  1   2
Bog'liq
1-laboratoriya ishi


1-laboratoriya ishi
Mavzu: Termoelektrik termometrlar
Ishdan maqsad: Termoelektrik termometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish.


Tayanch so‘zlar: termopara, termoelektr effekt, termo EYUK, termoelektr o‘zgartgichlar, termobatareya, differensial termometr.
Temperaturani o‘lchashning termoelektr usuli termoelektr termometr (termopara) termo EYUK ning uning temperaturasiga bog‘liqligiga asoslangan. Bu asbob —200 C dan 2500 C gacha bo‘lgan temperaturalarni o‘lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy-tekshirish ishlarida keng qo‘llaniladi.
T ermoelektr effekt xodisasini 1821 yilda Zeebek ochgan. Bu hodisa temperaturani o‘lchashda qo‘llanilishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida temperaturalar farqi hisobiga hosil bo‘ladigan EYUK effektiga asoslangan.
Temperaturani termoelektr termometr yordamida o‘lchash uchun termometr hosil qiladigan termo EYUK ni va erkin uchlarning temperaturasini o‘lchash kerak.
Termoelektr termometr erkin uchlari temperaturasining o‘zgarishini kompensat-siyalash usullari: termopara sovuq ulanmalari temperaturasi o‘zgarmas bo‘lgandagina sovuq ulash mumkin. Ammo bu temperaturalar, o‘zgarmas bo‘lib qola olmaydi. Shuning uchun termometrning sovuq ulanmasini o‘lchash ob’ektidan nariroqqa temperaturaning o‘zgarmas zonasiga olish lozim. Shu maqsadda mahsus kompensatsion simlardan foydalaniladi.
Termoelektrik o‘zgartkichlar. U ikki har-xil simdan tashkil topgan va ikki yoki bir necha joydan ulanishi bilan hosil qilingan zanjirdan iborat.
Quyidagi 1-rasmda ikkita A va V o‘tkazgichdan (termoelektroddan) iborat termoelektrik zanjir ko‘rsatilgan. 1 va 2 ulanish joylari ulanmalar (1-issiq va 2-sovuq uchlari) deyiladi.
Bunday kavsharlangan o‘tkazgichlar esa termopara deb ataladi, ularda xosil bo‘ladigan elektr yurituvchi kuch (TEYUK) deyiladi. TEYUK xosil bo‘lishining sababi erkin elektronlar zichligi ko‘proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izohlanadi.
Agarda t0

EAV=(tt0)=eAV(t)+eVA(t0) (1.1)
yoki
EAV(tt0)=eAV(t)—eAV(t0) (1.2)
chunki eAV(t0)=–eVA(t0) 2 tenglama termoelektrik o‘zgartkichlarning asosiy tenglamasi deyiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, konturdagi termo EYUK EAV(tt0) temperaturalar t va t0 funksiyalar farqiga bog‘liqdir.
Agarda t0=const bo‘ladigan bo‘lsa, unda tAV(t0)=c=const va
EAV(tt0)t0=const=eAV(t)–s=f(t) (1.3)
Shunday qilib, t0=const qilib, ob’ektdagi t temperaturani TEYUK o‘lchash bilan aniqlash mumkin bo‘ladi.
Termoelektrik o‘zgartkichlarni o‘lchash asbobi zanjiriga ulash. O‘A ni TEO‘ ga ikki usulda ulash mumkin.
Ikkala usulda ham asbobni zanjirga ulovchi sim S ni o‘tgazgichnig ulash bilan amalga oshirildi. 2-rasmda ko‘rsatilgani bo‘yicha TEO‘ ning erkin uchlarini uzish bilan ulashda 1– ishchi ulanma va ikkita erkin ulanmalar 2 va 3 lardan iborat bo‘ladi.
EAVS(tt0)=eAV(t)+eVS(t0)+eSA(t0) (1.4)
Agarda hamma ulanmalardan temperatura bir xilda bo‘lsa, unda
EAVS(tt0)=eAV(t)+eVS(t0)+eSA(t0)=0 (1.5)
Bunda
eVA(t)=eVS(t0)+eSA(t0) (1.6)
(1.6) tenglamani (2.4) ga qo‘ysak, qo‘yidagilarni olamiz
EAVS(tt0t0)=eAV(t)+eVA(t0)=eAB(t)— eAB(t0)= E(tt0) (1.7)
tenglama (1.2) tenglamaga o‘xshashdir.
O‘lchash asbobi 3-rasmda ko‘rsatilgani kabi ulansa
EAVS(tt1t0)=eAV(t)+eVS(t1)+eSB(t1) +eAB(t0) bo‘ladi
eVS(t1)=—eSV(t1) va eBA(t0)=—eAB(t0) ekanligini hisobga olib,
EAVS(tt1t0)=eAV(t)—eAV(t0)=E(tt0) (1.8)






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling