Reaktivlardan foydalanish qoidalari
1. Reaktivlarni ko’rsatilgan miqdorda oling. Reaktivdan qancha olinishi aytilmagan bo’lsa, ularni mumkin qadar oz miqdorda: eritmalardan 1-2 ml, quruq moddalardan esa probirkaning tubinigina berkitadigan miqdorda oling.
2. Olingan reaktivning ortib qolgan qismini reaktiv turgan idishga yana qaytarib soling
3. Reaktivni olgach, reaktiv olingan idishning qopqog’ini darrov bekiting va o’z o’rniga quying.
4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalar bilan oling. Ular toza va quruq bo’lishi lozim
5. Shisha sinig’i, qog’oz, gugurt cho’pi va shunga o’xshash keraksiz buyumlarni rakovinaga tashlamasdan, rakovina tagiga qo’yilgan maxsus idishga soling.
6. Kerakli reaktiv suyuq holatda bo’lsa, bu reaktivni olishda foydalanilgan pepitkalarni yuvmasdan boshqa reaktiv turgan idishga solish mutloqo yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |