1-Laboratoriya ishi Mavzu: Yassi quyosh kollektorining ish jarayonini o’rganish


Download 362.5 Kb.
bet2/2
Sana23.11.2023
Hajmi362.5 Kb.
#1795532
1   2
Bog'liq
1-laboratoriya.Yassi quyosh kollektorining ish jarayonini o’rganish

sxemasi 3- rasmda keltirilgan.

3-rasm. Quyoshsh suv isitish qurilmasining ikki konturli sxemasi
1-Quyoshsh energiya kollektori; 2-issiqlik almashgich; 3-issiq suv akkumulyatori; 4-gaz qozoni; 5-nasos; 6-kengaytirish o‘agi; 7-avtomatik aralashtiradigan klapan.
Quyosh kollektori, issiqlik almashgich, aylantiruvchi nasos va kengaytirish bakidan iborat birinchi konturda muzlamaydigan issiqlik tashuvchi modda qo‘llaniladi. Ikkinchi kontur akkumulyator baki, nasos va issiqlik almashgichdan tashkil topgan bo‘ladi. Sovuq suv akkumulyator bakining pastki tomonidan beriladi, issiqlik almashgichda isigan suv bakning yuqori qismiga boradi, u yerdan avtomatik aralashtiradigan klapan va gaz qozon orqali iste’molchilarga beriladi. Quyosh kollektoridan tashqari hamma jixozlar bino ichiga o‘rnatiladi, shuning uchun sistemadan yilning sovuq paytlarida ham foydalanilsa bo‘ladi. Gaz qozoni issiq suv xaroratini kerakli darajada olish uchun qo‘llanilasi. Quyosh radiasiyasi kam va yuq paytda issiq suv ta’minoti gaz qozoni yordamida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy nuqtai nazaridan qaralganda, Quyosh energiyasi hisobiga issiq suv ta’minoti yuklamasini 80% ini qoplasa bo‘ladi, shuning uchun KEK bilan birgalikada qo‘shimcha energiya manbaidan (KEM) foydalaniladi. KEM energiya berishning xar xil sxemalari 4-chizmada keltirilgan. KEM sifatida elektr isitgich yoki issiqlik qozonlaridan foydalanish mumkin.
Qo‘shimcha energiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulyator bakiga berilganda kollektordagi issiqlik tashigichning o‘rtacha xarorati ko‘tariladi, uning FIK va issiqlik unumdorligi kamayadi hamda qo‘shimcha energiya iste’moli ko‘payadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, quyosh energiyasidan foydalanish samaraliroq bo‘ladi. Bunday holda kollektorda issiqlik tashuvchining o‘rtacha xarorati past, uning FIK va issiqlik unumdorligi yuqori bo‘ladi.
Qo‘shimcha energiya manbaidan issiqlik energiyasini sovuq suvga berish sxemasi 4-rasmda keltirilgan bo‘lib, yetarli qulaylikka ega emas, chunki sovuq suvning bir qismi quyosh energiyasi hisobiga isitiladi.
Katta energetik sxemalarida yassi kollektorli qurilmalarini qo‘llash mumkin. Bunday energetik qurilma sxemasi 5-chizmada keltirilgan.


4-rasm. Qo‘shimcha energiya manbaidan issiqlik berish sxemasi.
a) qo‘shimcha energiya manbaini to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulator- o‘zagiga ulash; b) qo‘shimcha energiya manbaini Quyosh energiyasi bilan ketma-ket ulash; v) qo‘shimcha energiya manbaini sovuq suvga ulash sxemalari.

5-rasm. Energetik qurilma sxemasi. KEK-B qyoyosh energiya kollektori B-bug‘latgich; K-qizdirgich; T- trubogenerator; K-kondensator; N-nasos.
Qurilma asosan quyosh kollektorlari to‘plami issiqlik almashgich, trubogenerator elektr nasos va o‘tkazish quvurlaridan tashkil topgan. Qator quzg‘almas quyosh kollektorlari orqali yopiq zanjir bo’ylab aylanayotgan issiq suv kondensatorlarni sovutish uchun foydalaniladi. Ishchi jism (fryon yoki yengil bug‘lanuvchi modda) issiqlik manbai hisobiga bug‘lanib bosim hosil qiladi. Ishchi jism usti berk trubogeneratorda kengayadi va ko‘tarilgan suv bilan sovutiladi. Keyin nasos yordamida kondensat yangitdan bug‘latgichga uzatiladi. Turbina elektr generatorini harakatlantiradi, natijada mexanik energiya iste’molchiga beriladi. Ishchi jism konturi germetik berk bo‘ladi.
Quyosh termodinamik elektr energiyasi ishlab chiqarish qurilmasi O‘rta Osyoyo va Qozogiston Respublikalari sahrolarini o‘zlashtirish uchun birdan bir samarador vosita hisoblanadi. Bunga o‘xshash qurilmalarni chuchuk suv manbalari va elektr uzatish liniyalaridan 30 km dan uzoqa joylashgan ob’ektlar uchun ko‘rish iqtisodiy maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Download 362.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling