1-laboratoriya ishi suyuqliklarning hajmiy kengayish koeffitsiyentini aniqlash
Download 52.73 Kb.
|
1-lab
1.1-rasm
Kapillyardagi suyuqlikning sathi h, uning yon tomoniga chizib qo’yilgan milimetrli shkala bo’yicha aniqlanadi. Shisha kolba suvli vannada bir tekis qizdirilsa, suyuqlikning hajmi kengayishi evaziga kapillyardagi suyuqlikning sathi ko’tariladi. Suyuqlik sathining o’zgarishi Δh hajmning o’zgarishiga mos keladi, ya’ni ΔV=πr2Δh (1.2) bu yerda r=(1,5±0,08) mm. Ammo, bundan tashqari qizishda dilatometrni o’zining ham juda kichik qiymat (0,000084 K-1) ga kengayadi. Amalda bu kichik miqdorni hisobga olmaslik mumkin. (1.1) va (1.2) ifodalardan foydalanib, suyuqlikning hajmiy kengayish koeffitsiyentini aniqlash formulasini keltirib chiqarish mumkin: (1.3) ifoda orqali aniqlanadi. Dilatometning V0 hajmini ham aniqlash kerak bo’ladi. U quyidagicha aniqlanadi: oldin bo’sh quruq dilatometrning massasi m1 o’lchanadi, shundan so’ng ochiq kapillyarning pastki belgisigacha suv bilan to’ldirilgan dilatometrning massasi m2 o’lchanadi. Turli haroratlar uchun suv zichliklari keltirilgan jadvaldan foydalangan holda, dilatometrning hajmi quyidagi formuladan topiladi: (1.4) Ishni bajarish tartibiDilatometrni ochiq kapillyarning pastki belgisigacha suv bilan to’ldiring. Dilatometrni suvli vannaga shunday tushirinki, kapillyar trubka vannadagi suv sathidan chiqib tursin (1.2-rasm). Vannadagi suvga termometrni tushiring va dastlabki harorati t0 ni o’lchang. Vanna termostatini ishga tushiring va suvning isishi natijasida kapillyar naychadagi suv sathi o’zgarishi ni va keyingi haroratni o’lchang. Olingan natijalarni jadvalga kiriting (1.1-jadval) va ishchi formula orqali suyuqlikning hajmiy kengayish koeffitsiyentini aniqlang. Olingan natijalar asosida suyuqlik hajmiy kengayishining haroratga bog’liqlik grafigini chizing. O’lchashdagi natijalar asosida absolyut va nisbiy xatoliklarni toping. Olingan natijalarni tahlil qiling va ishga xulosa yasang. Download 52.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling