1-laboratoriya ishi Texnologik tizimlami modellashtirish avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan dasturiy paketlar (Matlab, AutoCad) imkoniyatlarini o’rganish va tahlil qilish. Ishning maqsadi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1068076
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.2- laboratoriya



1-laboratoriya ishi 
Texnologik tizimlami modellashtirish avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan 
dasturiy paketlar (Matlab, AutoCad) imkoniyatlarini o’rganish va tahlil qilish. 
Ishning maqsadi: MATLAB dasturi va uning ishchi oynalari bilan tanishish; 
MATLAB dasturining komandalar rejimida elementar hisoblash ishlarini bajarish 
bo’yicha misollar yechish. 
Nazariy qism 
MATLAB (MATrix Laboratory - matritsali labarotoriya) dasturiy tizimi Math 
Works Inc. firmasi mutaxasislari tomonidan yuqori darajali texnik hisoblarni 
dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan. MATLAB tizimi orqali quyidagi 
masalalarni yechish mumkin: matritsali tahlil, signal va tasvirlarni qayta ishlash
matematika va fizika masalalari, optimallash masalasi, ma’lumotlarni qayta ishlash 
va kuzatish, kartografik tasvirlar bilan ishlash va shu kabi boshqalar. 
MATLAB ning asosiy qulayliklaridan biri modifikatsiyalash imkoniyati 
mavjudligida. Bu esa fan texnika taraqqiyoti natijasida vujudga keluvchi yangidan-
yangi masalalarni kengaytiruvchi paketlar yordamida kompyuterda yechish 
imkonini beradi. MATLAB bu interaktiv tizim bo‘lib, unig asosiy ma’lumotlar 
elementi massivlar hisoblanadi. Bu matritsa va vektorlar orqali yechiladigan har xil 
texnik masalalarni yechish imkoniyatini kengaytiradi. Si yoki Fotrtran kabi dasturiy 
tillarda tuzilgan disturlarga nisbatan MATLAB tizimi qulay.
MATLAB dasturiy tizimi bir necha yillardan beri rivojlanib kelmoqda. Bu 
tizim ta’lim tizimida matematika, mashinasozlik, energetika va fan sohalarida 
modellashtirish va hisob ishlarini bajarishda keng qo‘llanilishi bilan birga, ishlab 
chiqarishda tadqiqot o‘tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda 
samarali vosita sifatida qo‘llanib kelinmoqda. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling