1-laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash mashg‘ulotning maqsadi


  Berilgan koordinatalar bo‘yicha nuqtani kartaga tushirish


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1389919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Laboratoriya ishi

2.2 
Berilgan koordinatalar bo‘yicha nuqtani kartaga tushirish. 
Misol uchun, G nuqtani Х=6658725 Y=7362360 koordinatalar bo‘yicha. 
Buning uchun: 
- Butun kilometrlar qiymati bo‘yicha G nuqta joylashgan kvadratni topish
ya’ni 5862; 
- Kvadratning pastki chap burchagidan nuqta va kvadratning pastki tomon 
absissalari farqiga teng bo‘lgan (725 m) kesmani karta masshtabiga mos holda 
qoldirish; 
- Olingan nuqtadan perpendikulyar bo‘yicha o‘ng tomondan nuqta va 
kvadratning chap tomoni ordinatalari farqiga teng bo‘lgan (360 m) kesma 
qoldirish. 
Turli masshtabdagi kartalarda koordinatalarni topish (o‘lchash) aniqligi. 
1:25000 – 1:200000 kartalar bo‘yicha geografik koordinatalarni o‘lchash aniqligi 
mos ravishda 2 va 10” ni tashkil etadi. 
Karta bo‘yicha nuqtalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini o‘lchashning 
aniqligi nafaqat uning masshtabiga, balki joyni s’yomka qilish yoki karta tuzish va 
unga turli nuqtalarni va joy ob’yektlarini tushirishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar 
kattaligiga (qiymatiga) ham bog‘liq. 
1.7-rasm. Karta bo‘yicha nuqtaning (B nuqta) to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash 
va nuqtaning (G nuqta) to‘g‘ri burchakli koordinatalari bo‘yicha uni kartaga tushirish. 


Qolgan oriyentirlar va konturlar nuqtalari 0,5 mm gacha xatolikda, joydagi 
chegaralari aniq ifodalanmagan nuqtalar (misol uchun, botqoqlik chegarasi) esa 
1mm gacha xatolikda kartaga tushiriladi. 
Nazorat savollari: 
1. Geografik karta nima? 
2. Karta masshtabi nima va uning matematik mohiyati nimadan iborat? 
3. Qanday kartalar topografik kartalar hisoblanadi va ular nima uchun 
mo‘ljallangan? 
4. Nomenklatura nima? 
5. Ob’yektning koordinatalari deb nimaga aytiladi? Koordinatalarning qanday 
turlarini bilasiz? 
6. Geografik koordinatalar nima? 
7. Ob’yektning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash tartibi qanday? 
 



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling