1-лаборатория иши


Download 0.7 Mb.
bet20/22
Sana14.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1004820
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1-ëàáîğàòîğèÿ èøè

Bosh harakat mexanikasi


Pog’onalar nomeri щpindelning eng kichik aylanish chastotasidan boshlanadi.
Shpindelning aylanish chastotasi. Shpindelning aylanish chastotasi shesternyali uzatmalar mavjudligida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
nshp = neliy,
bunda pelelektr dvigatelning bir minutdagi aylanish chastotasi;
iu dastgohning elektr dvigateli validan shpindelgacha turli pog’onalarining umumiy uzatishlari nisbati.
Har bir pog’onaning uzatishlar soni tezliklar qutisining kinematik sxemasi bo’yicha hisoblanadi.
Har bir talaba berilgan dastgohning to’liq kinematik sxemasini yirik masshtabda chizishi zarur.

Dastgohning foydali ish koeffisiyenti (FIK) ni aniqlash.


Harakat elektr dvigateldan shpindelgacha uzatilganda podshipniklar va uzatmalardagi ishqalanishlar natijasida dastgoh quvvatining yo’qolishi kuzatiladi. Lekin quvvatning bu yo’qolishi dastgohning FIK ni aniqlashda hisobga olinmaydi.
6M82 gorizontal frezalash stanogida shpindelning aylanishi (bosh harakat) va stolning surilishi (uzatish harakati) alohisa elektr dvigatellar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli dastgohning bosh va uzatish harakatlari uchun FIK lari mustaqil aniqlanadi. Bosh va uzatish harakatlari mexanizmlari uchun FIK ning taxminiy qiymati 4.1-jadvaldan yuritmalardagi vallarning soniga va joylashishiga qarab aniqlanadi. Bu jadvalda elektr dvigatel validan tashqari xamma vallar, hatto, shpindel ham hisobga olingan.
Shpindeldagi nominal quvvat. Shpindeldagi nominal quvvat quyidagi formula buyicha topiladi:
Nshp = Nel ,
bunda Nel elektr dvigatelning quvvati, kVt; – dastgohning FIK.
Laboratoriya ishi buyicha hisobotda ishning maqsadi, dastgohning qismlari va ularning parametrlari, dastgohning kinematik sxemasi, bosh harakati mexanikasi, foydali ish koeffisiyenti hamda moslama to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi tartibda yoziladi, shundan keyin bajarilgan ish bo’yicha xulosa chiqarib, talaba bilan o’qituvchining imzolari quyiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling