1-Laboratoriya mashg’ulot. 1-ish: Eritrotsitlarning osmotik chidamligini aniqlash. Nazariy tushuncha


Download 190.42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2023
Hajmi190.42 Kb.
#1089605
Bog'liq
1.Laboratoriya docx



1-Laboratoriya mashg’ulot.
1-ish: Eritrotsitlarning osmotik chidamligini aniqlash.
Nazariy tushuncha.
Eritrotsitlar o’z atrofidagi suyuqlik kontsentratsiyasining o’zgarishiga chidash 
xususiyatiga ega. Agar odam yoki issiqqonli hayvonning bir tomchi qoni osh 
tuzining izotonik (0, 9 % li yoki 0,85 % li) eritmasiga solinsa, eritrotsitlar bilan osh 
tuzi eritmasi orasida dinamik tenglik hosil bo‗ladi, chunki eritrotsitlardan eritmaga 
chiqayotgan va eritmadan eritrotsitlarga kirayotgan suv miqdori bir-biriga teng 
bo’ladi. Bunday sharoitda eritrotsitlarning shakli va hajmi o’zgarmaydi. Osh 
tuzining yuqori kontsentratsiyali (gipertonik) eritmasida esa eritrotsitlar burishib, 
hajmi kichrayadi, chunki bunday sharoitda ular o’zidagi suvni eritmaga chiqaradi. 
Aksincha, konsentratsiyasi kuchsiz bo’lgan osh tuzi (gipotonik) eritmasida 
eritrotsitlar bo’rtadi; chunki bunda eritrotsitlar eritmadan suv shimadi. Bunday 
eritmaning kontsentratsiyasi pasaytirib borilsa, eritrotsitlar ichiga suv ko’p kirib, 
ularning hajmi kattalasha boradi. Eritmaning kontsentratsiyasi ma`lum darajaga 
yetgach, eritrotsitlar yorila boshlaydi. Ular asosan osh tuzining 0,45 % li 
eritmasida yorila boshlab, 0,35-0,30 % li eritmasida butunlay yorilib bo’ladi. 
Eritrotsitlar yorilib, tashqariga gemoglobin chiqishi gemoliz deyiladi. Plazmada 
osmotik bosimning kamayishi yoki eritroyitlarga spirt, ishqor, kislota, xloroform 
va efir ta`sir etishi natijasida gemoliz ro’y beradi. Butunlay gemolizlangan qon 
tiniq qizil rangga kiradi va u lak qon deb ataladi. Ishning maqsadi: Qonning 
osmotik gemolizini hosil qilish va gemolizlangan qon bilan gemolizlanmagan 
qonni bir-biridan ajrata bilishni o’rganishdan iborat. Ishni olib borish uchun zarur 
bo‘lgan jihozlar:
Yog’och shtativ, 8 ta probirka, osh tuzining: 0,90; 0,60; 0,55; 0,45; 0,40; 0,35; 
0,30; 0,25 % li eritmalari. Ishni bajarish tartibi; Buning uchun probirkalarni 
shtativga joylab, ularning har qaysisiga yuqoridagi eritmalardan alohida-alohida 2-
3 ml. dan quyib, ustiga 20 mm 3 . dan fibrinsizlantirilgan qon yoki odam qoni 
tomiziladi. Probirka engil chayqatilib, uy haroratida bir oz saqlanadi. So‗ngra 


probirkadagi eritmalarning rangiga qarab, qaysi probirkada chala va qaysi 
probirkada to’la gemoliz sodir bo’lganligi aniqlanadi. Agar eritrotsitlar eritmada 
yorilmasa, eritma tagiga cho’kadi. Ular osh tuzining 0,45 % li eritmasida minimal, 
0,34 % li eritmasida esa maksimal darajada yoriladi. Turli kasal-liklarda (sariq, 
kamqonlikda) eritrotsitlarning chidamlilik darajasi o’zgaradi pasayadi. Topshiriq 
Tajriba tugagach, natijasini daftaringizga yozib oling. 1. Osmotik bosim deb 
nimaga aytiladi? 2. Gemolizlangan va gemolizlanmagan qon bir-biridan qanday 
farq qiladi? 

Download 190.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling