1-laboratoriya mashG‘uloti mexanik ishlov berishda turli XIL zagotovkalarni o‘rnatish va mahkamlash sxemalarini o‘rganish
Download 37.91 Kb.
|
1-Laboratoriya MTA
1-LABORATORIYA MAShG‘ULOTIMEXANIK IShLOV BERIShDA TURLI XIL ZAGOTOVKALARNI O‘RNATISh VA MAHKAMLASh SXEMALARINI O‘RGANISh1.UMUMIY MA’LUMOTLAR 1.1. Ishdan maqsad. Mexanik ishlov berishda turli xil zagotovkalarni o‘rnatish va mahkamlash sxemalarini o‘rganish. 1.2 Kerakli jixozlar va asboblar: 1. Turli xildagi zagotovkalar: val, disk, ariqchali val, to‘g‘ri burchak shakldagi zagotovkalar; 2. 1K62 tokarlik vintqirqar dastgoxi; 3. Ko‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas markazlar; 4. Prizma; 5. Tug‘ri burchakli zagotovkani bazalash uchun moslama; 6. Shtangensirkul 0 - 150 mm (bulinish qiymati 0,1 mm). IShNI BAJARISh UChUN KERAKLI BO‘LGAN MA’LUMOTLAR VA KO‘RSATMALAR Xar qanday qattiq jismning oltita erkinlik darajasi mavjud: uchta o‘q buyicha siljishi va shu o‘qlar atrofida aylanishi. O‘z navbatida hamma erkinlik darajasini yo‘qotish uchun detal yuzalarida oltita kontakt nuqta mavjud bo‘lishi kerak. Ko‘pgina mashina detallari oddiy yuzalar bilan chegaralanib qolgan. Tekis, silindrik, konussimon va sharsimon ko‘rinishda. Bularni bazalashda uchta asosiy umumlashgan shakllar mavjud: 1. Prizmatik detallarni bazalash; 2. Uzun silindrik detallarni bazalash; 3. Kalta silindrik detallarni bazalash. 1.1-rasmda moslamada va uchta o‘zaro bir-biriga perpendikulyar tekisliklar tizimida prizmatik detallning xolati tasvirlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, uchta no‘qta tayanch vazifasini bajaryapti. Detalni xolatini XOY tekislikka nisbatan aniqlab turuvchi nuqtalar uni uchta erkinlik darajasini yo‘qotadi. Ikkita tayanch nuqta detalni ZOY tekislikka nisbatan holatini aniqlaydi va ikkita erkinlik darajasini yo‘qotadi. Oltinchi tayanch nuqta X0Z tekislikka nisbatan detalni xolatini aniqlab oxirgi erkinlik darajasini yo‘qotadi. Uchta tayanch no‘qtasiga ega bo‘lgan detal yuzasi asosiy o‘rnatish yuzasi deb ataladi; ikkita no‘qtali yon yuza yunaltiruvchi yuza; bitta tayanch no‘qtali toresli yuza tayanch yuza. 1.2-rasmda uzo‘n silindrik detalni uchta o‘zaro perpendikulyar tekisliklar tizimida va prizmali moslamada joylashish shakli ko‘rsatilgan. Bu shaklda beshta tayanch nuqtalar detalni beshta erkinlik darajasidan mahrum qiladi: bular OX, OZ, OY o‘qlar yunalishda yurish va OX, OZ o‘qlari, atrofida aylanishidir. Oltinchi erkinlik darajasi ya’ni o‘z o‘qi atrofida aylanishi pona ariqchasidagi tayanch nuqtasi orqali yo‘qotiladi. 1.3-rasmda kalta siliidrik detalni uchta o‘zaro perpendikulyar tekisliklar tizimida va moslamada joylashish shakli ko‘rsatilgan. Bu yerda muxim bo‘lmagan uchta tayanch no‘qtaga ega bo‘lgan detalni toresli yuzasi asosiy o‘rnatish yuza bo‘lib xisoblanadi. Download 37.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling