1-laboratoriya mashg’uloti texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil ishlash ko‘nikmalariga EGA bo‘lishni o‘rganish. Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Laboratoriya mashguloti 780b397972a4b093d7836fc4e7eb1d15
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
organik sintezda va analitik
tajribalarda ishlatiladi
7-rasm. Bunzen kolbasi vakuum yordamida suyuqliklarni surib, kristall moddalarni tozalash uchun ishlatiladi
suyuqliklarning hajmini o’lchash va saqlash uchun kolbalar
Aks holda asbob qizdirilganda sig’im kengayib atmosfera bilan aloqa bo’lmasligidan portlash yuz berishi mumkin. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarni nam havodan saqlash uchun asbobning atmosfera bilan birlashgan joyiga maxsus kalsiy xloridli nay ulash mumkin. Kimyoviy voronkalar suyuqliklarni filtrlashda, bir idishdan ikkinchi idishga quyishda suyuqliklarni reaksion aralashmaga oz-ozdan quyish yoki tomizish uchun turli tomizgich voronkalari shlatiladi. Ulardan, shuningdek o’zaro aralashmaydigan suyuqliklarni bir-biridan ajratish, moddalarni ekstraksiya qilish kabi jarayonlarda ham foydalaniladi (9-rasm).
9-rasm. Tomizgich, ajratuvchiva filtrlovchi voronkalar Oddiy va kalibrovka qilingan probirkalar (10-rasm) oz miqdordagi reaktivlar bilan ishlashda qo’llaniladi. Reaktivning egallagan hajmi probirka hajmining yarmidan ortmasligi kerak.
Laboratoriya stakanlari (11-rasm) turli olchamlarda chiqariladi (burunli yoki burunsiz, oddiy yoki o’lchamli belgilari bilan). Stakanlar turli laboratoriya ishlarini bajarishga mo’ljallangan.
Suyuq moddalarning zichligi, asosan
areometrlarda o’lchanadi. Areometrlar (12-13 rasmlar) turli xil bo’ladi. Ular hamma suyuqliklar uchun birday (universal) yoki alohida bir suyuqlik uchun (masalan, spirtometr) bo’lishi mumkin. Suyuqlikning nisbiy zichligi qancha kam bo’lsa, areometr shuncha ko’p cho’kadi. Shuning uchun uning ko’rsatkichli chiziqlari qiymati pastga qarab ko’payib boradi. Nisbiy zichligi o’lchanayotgan suyuqlik hajmi yarim litrdan kam bo’lmagan silindrga soling (14-15 rasmlar). Areometr suyuqlikning o’rtasida bo’lishi va hech qachon silindr tubiga tegmasligi kerak. Suyuqlikning sathi to’g’ri kelgan areometr chizig’i qiymati shu suyuqlikning nisbiy zichligidir.
12-rasm. Areometrlar 13-rasm. Butirometr sutdagi yog’ning miqdorini aniqlash uchun mo’ljallangan
14-rasm. Areometrlar uchun silindrlar 15-rasm. O’lchash uchun silindrlar Organik reaksiyalar asosan aralashmani qizidirish orqali, ya’ni ko’pincha moddalarni qaynash temperaturasida amalga oshiriladi. Aralashmadagi komponentlar bug’lanib ketmasligi uchun reaksion aralashma solingan idish og’ziga qaytarma sovitgich ulanadi. Unda bu sovib kondenslanadi va reaksion aralashmaga qaytib tushadi. (16–rasm).
kondensatsiyalash va sovitish uchun mo’ljallangan Bunday sovitgichlar qaynash temperaturasi 150 o C dan yuqori bo’lgan birikmalar bug’ini suyuqlikka aylantirish uchun ishlatiladi. Qaynash temperaturasi 150
o C dan past bo’lgan moddalarning bug’larni suyuqlikka aylantirish uchun suv bilan sovitingga turli hil shakldagi qaytarma sovitgichlardan foydalaniladi. Bularga Libix sovitgichi, sharikli sovitgich, ichki sovitgich nayi spiralsimon, sovitgichi to’g’riyu, o’zi esa spiralsimon va sanab o’tilgan sovitgichlarning tuzilishini o’zida mujassamlashtiruvchi yanada samarali sovitgichlar kiradi. Qaytar sovitgichdagi suv oqimi sovitgichning ulanadigan qismidan yuqoriga qaratilgan, ya’ni kondensatga qarshi bo’lishi kerak. To’g’ri sovitgichlar aralashmalarni bir – biridan ajratish, erituvchilarni haydash, moddalarni haydash bilan tozalash kabi maqsadlarda qo’llaniladi. Bunda sovitgichda haydalayotgan modda nishabi pastga tushadigan qilib ulanishi kerak. Eng ko’p ishlatiladigan to’g’ri sovitgich Libix sovitgichidir. Sovitgichlar bilan yasaladigan laboratoriya kurilmalarini yig’ishda ulardagi temir qisqichlarda esatik qistirmalar bo’lishi lozim. Qurilmalarni shtativlarga o’rnatishda juda ehtiyot bo’lish shart. Aralashtirgichlar, deflegmatorlar va boshqa shisha asboblar qat’iy vertikal holatda o’rnatilishi kerak. 17-rasm. Deflegmatorlar: a) Zoldirli, b) Archasimon, c) Nasadkali Qaynash temperaturasi bir-biridan farq qiladigan suyuqliklarni haydashda, ularni to’la ajratish uchun deflegmatorlardan foydalaniladi (17–rasm). Deflegmatorlardan foydalanish suyuqliqlarni qayta-qayta haydab tozalashni kamaytiradi. Deflegmatorlarning xizmati bir bo’lsa ham ular, bir-biridan ichidagi nay shakli va sirtqi yuzasining har xil usullar bilan kengaytirilganligi bilan farq qiladi. Eritmalarni titrlaganda ularning miqdorini aniq o’lchash uchun har xil turdagi pipetkalar foydalaniladi (18-rasm).
18-rasm. Har xil formadagi pipetkalar 19-rasm.Tutashtiruvchi kranlar laboratoriya priborlari va apparatlari uchun foydalaniladi.
moddalarni vakuum sharoitida xona haroratida quritish va saqlash uchun mo’lljallangan 21-rasm. Spirtovka – laboratoriyada qattiq va suyuq moddalarni qizdirish uchun mo’ljallangan
22-rasm. Shishadan va farfor (chinni) dan yasalgan kosachalar – moddalarni maydalash uchun mo’ljallangan
23-rasm. Termometrlar va termometrlar uchun shtativ
Kimyoviy laboratoriyada har xil tajribalarni bajarishda tutashtiruvchi shisha jumraklar, eksikatorlar, spirtovkalar, shishadan va farfordan yasalgan kosachalar, termometrlar foydalaniladi (19-23 rasmlar). Document Outline
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling