1-laboratoriya mashg‘uloti. Uch mushtchali patronda maxkamlashdagi xatoliklari


Download 89.5 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1160305
  1   2   3   4
Bog'liq
1 laboratoriya mashG‘uloti uch mushTChali patronda maxkamlashdag

1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.

UCH MUSHTCHALI PATRONDA MAXKAMLASHDAGI XATOLIKLARI.


1.UMUMIY MA’LUMOTLAR.


1.1. Ishdan maqsad.
O‘z o‘qi atrofida aylanuvchi zagotovkalarni uch mushtchali patronga va mushtchalarning torets yuzalariga tirab maxkamlashdagi xatoliklarni taqsimlanishini o‘rganish.


1.2 Kerakli jixozlar va asboblar:
1. Uch mushtchali patronli 1K62 tokarlik dastgoxi;
2. Pog‘onali val zagotovkasi;
3. Indikatorni keskich ushlagichida maxkamlash uchun opravka;
4. 0,01 mm bo‘linmali indikator kallagi;



  1. ISHNI BAJARISH UCHUN KERAKLI BO‘LGAN MA’LUMOTLAR VA KO‘RSATMALAR.

Zagotovkalarni baza yuzalari bo‘yicha o‘rnatishda uning tayanch yuzasini moslamaning muvofiq keluvchi o‘rnatuvchi yuzasi bilan to‘lasicha mos kelishi ko‘zda tutiladi. Biroq, amalda ma’lumki sozlangan dastgohlarda detallarga ishlov berishda olingan detal o‘lchamlarining xaqiqiy aniqligi ma’lum darajada shuningdek zagotovkani u yoki bu moslamaga o‘rnatish usuliga va bunda hosil bo‘luvchi maxkamlash xatoliklariga bog‘liq bo‘ladi.
Zagotovkani uch mushtchali patronga maxkamlashda o‘q buylab xatoliklarni hosil bo‘lishi patronning oldingi devori va mushtcha yunaltiruvchilarini egilish deformatsiyalarining natijasi bo‘lib xisoblanadi. Spiral disk buralganda patron mushtchasi markazga ko‘chadi va qandaydir kuch bilan zagotovkani maxkamlashga intiladi. Bunda mushtchaga zagotovka tomonidan reaksiya kuchi ta’sir etadi. SHunday kilib zagotovkani maxkamlashda patron planshaybasiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda mushtchani aylantirishga intiluvchi moment patron mushtchasiga ta’sir etadi. Bu buralishga mushtcha yo‘naltiruvchilari qarshilik ko‘rsatadi. Biroq kuch momenti yo‘naltiruvchini patron planshaybasining hamma oldingi devorlari bilan qandaydir darajada deformatsiyalash uchun etarlicha katta bo‘ladi. Chunki zagatovkalarni maxkamlash kuchi doimiy emas va maxkamlash xatoligi tasodifiy harakteriga ega.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling