1-laboratoriya Mavzu: Topografik kartada berilgan maydon yuzalarni hisoblash. Ishdan maqsad
Download 166.69 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1- LABORATORIYA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tartibi
- Grafik
1-laboratoriya Mavzu: Topografik kartada berilgan maydon yuzalarni hisoblash. Ishdan maqsad: talabalarga analitik va grafik usulda yuzalarni aniqlashni o`rgatish. Ish tartibi: topografik kartada berilgan yuzalarni analitik va grafik usulda aniqlashni o`rganish Yuzalar har xil usullar va uslublar bilan aniqlaniladi. Bir nechta usul va uslublarni ko`rib o`tamiz: Analitik uslub - joyda o`lchangan chiziqlar uzunligi (d) va o`lchanilgan burchaklarning (β) natijalari yoki shakllar uchlarining koordinatalari bo`yicha yuzalar aniqlanadi. Grafik - yer bo`laklarni yuzasi planda o`lchangan chiziqlar va burchaklar qiymatlari yoki nuqtalarning koordinatalari orqali aniqlanadi. Mexanik uslub - plandagi shakllarni yuzasi maxsus asboblar (planimetrlar) va moslamalar (paletkalar, ) yordamida aniqlanadi. Ko`pincha bu usullar birgalikda qo`llanadi. Masalan: yuzalarni hisoblashda bir qismi chiziqli qiymatlarni plandan o`lchab, bir qismini esa joydagi o`lchashlar natijalaridan olinadi, yoki yerdan foydalanuvchining teodolit poligoni bo`yicha chegaralangan asosiy yuzasini analitik usulda aniqlab, poligonning tashqarisidagi va poligon chizig`i bilan yerdan foydalanuvchi chegaralari orasidagi yer maydonlari esa grafik , mexanik usulda aniqlanadi. Analitik usul eng aniq, lekin dala o`lchashlarini bajarishda katta mablag` talab qiladigan usul hisoblanadi, chunki, yuza hisoblash aniqligiga faqat joyda o`lchashlarni bajarishda yo`l qo`yiladigan xatolar ta'sir qiladi va shuning uchun uning aniqligi planning aniqligiga bog`liq bo`lmaydi.Bu usul yerdan foydalanuvchi yer maydonlarini, dalalar yuzalarini, ular chegaralari bo`yicha teodolit yo`l va poligonlari o`tkazilgan holda qo`llanadi. Grafik usulni aniqligi analitik usulga nisbatan pastrok, chunki joyda o`lchashlardagi xatolaridan tashqari yuza hisoblash aniqligiga planlarni tuzishdagi va konturlar yuzalarini planda aniqlashdagi xatolar ham ta'sir qiladi. Bu usul siniq chiziqli chegaralaridan iborat bo`lgan yer bo`laklarini aniqlashda qo`llaniladi. Shunda, qancha yer maydonning yuzasi kichik bo`lsa, shuncha katta nisbiy xato bilan uning yuzasi aniqlanadi, yuzasi katta yer bo`laklari uchun esa, masalan, bu usulda yuzani hisoblash aniqligi analitik usuldagi aniqlikka yaqinlashadi. Aniqligi past, lekin eng ko`p qo`llaniladigan usul mexanik usul hisoblanadi, chunki bu usul bilan tez muddatda ko`rinishi ixtiyoriy bo`lgan har qanday shakllarni yuzasi aniqlash mumkin. Bu usulni mohiyati shundaki, kartada tasvirlangan yer maydonlari oddiy geometrik shakllarga: ko`pincha uchburchaklar va trapetsiya yoki to`g`ri burchaklarga bo`linadi. Qanchalik uchastkani chegarasi ko`p burchaklardan iborat bo`lsa, shunchalik bu usulni samaradorligi pasayadi. Shuning uchun burchaklarni soni ko`p bo`lgan uchastkalarning yuzasini bu usulda hisoblash maqsadga muvofiq emas.Yer maydonining uchburchaklarga bo`linishini eng yaxshi varianti shu hisoblanadi, agarda uchburchaklarning tomonlari teng bo`lsa. Agar shakllar yuzasini hisoblash uchun qo`llaniladigan balandliklar va asoslar joyda o`lchangan chiziqlar, masalan, teodolit poligonining tomonlarini ifodalansa, unda yuza hisoblash aniqligini oshirish uchun ushbu chiziqlar uzunligini planda o`lchamasdan, joyda o`lchangan qiymatidan foydalanadilar. Har bir uchburchakni yuzasi nazorat uchun ikki marta (ikki xil asos va balandliklar bo`yicha) hisoblanadi ( shakl). Bo`lak yuzasini uchburchaklarga bo`linib aniqlash. Shunda umumiy maydon uchburchaklarni hisoblangan yuzasining yig`indisiga teng bo`ladi. Uchburchakning yuzasi ma'lum formula orqali hisoblanadi: P 2 = 0,5 α ’ h ’ P 2 = 0,5 α ’’ h ’’ Har bir uchburchak bo`yicha absolyut hamda chekli bog`lanmasliga quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi yerda M - plan masshtabining maxrajidagi soni . Agarda hisoblangan absolyut xato ΔP chek yo`l qo`yarli bo`lsa, ya'ni ΔP chek ≤ ΔP, unda, ularni o`rtacha qiymati olinadi. Shaklda ko`rsatilgan yer bo`lagining yuzasi grafik usulda hisoblanib, natijalari jadvalda keltirilgan. Download 166.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling