1-laborotoriya ishi Boshqarish ob`yektlarini dinamik xossalarini tahlil qilish Ishdan maqsad
Download 233.62 Kb.
|
2.1-лаборатория иши Boshqarish ob`yektlarini dinamik xossalarini tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zvenoning vaqt harakteristikalarini qurish. Zvening o‘tish jarayoni formulasi: , bu yerda t
- PUSK>>Programmi>>MatLab6.5 >>MatLab6.5
- File >>New>>Model (yoki Ctrl+N ). Simulink Library Browser
- Block paramtres: Transfer Fcn
- Simulation>Start (yoki Ctrl+T
- Autoscale
- File >>New>>Model yoki Ctrl+N
Ishni bajarish tartibi
Ushbu laboratoriyada birinchi darajali aperiodik zveno misolida zvenoning dinamik va chastotali harakteristikalarini EHM da qurishni ko‘rib chiqamiz. Yuqorida ko‘rsatilganidek zvenoning uzatish funksiyasi quyidagicha: . Zvenoning kuchaytirish koeffisiyenti K=3 va doimiy vaqt kattaligi T=0.3sek. deb tanlab olamiz. U holda uzatish funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: . Zvenoning vaqt harakteristikalarini qurish. Zvening o‘tish jarayoni formulasi: , bu yerda t – o‘tish jarayoni davomiyligi, sek. Doimiy vaqt kattaligi T ning qiymati zvenoning inersionlik darajasini harakterlaydi va o‘tish jarayonida T egri chiziq uchiga nisbatan o‘tkazilgan urinmaning yotiqligini ko‘rsatadi. Zvenoning o‘tish jarayoni harakteristikasi zvenoning kirishiga pog‘onali signal berish orqali olinadi. Zvenoning vaqt (dinamik) harakteristikalarini MATLAB dasturining Simulink ilovasining bibliotekasidan foydalanib qurish uchun quyidagi ketma ketlikda zvenoning strukturali sxemasi (modeli)ni quring. MatLab dasturini ishga tushiring. Buning uchun boshqaruv panelidan quyidagi ketma-ketlikda tugmalarni bosing: PUSK>>Programmi>>MatLab6.5 >>MatLab6.5 MATLAB dasturining Simulink bibliotekasi ishga tushiring. Buning uchun MatLab dasturining boshqaruv panelidan quyidagi ketma-ketlikda tugmalarni bosing: Start >> Simulink>>Library Browser. Hosil bo‘lgan Simulink Library Browser oynasida zvenoning funuksional modelini qurish uchun quyidagi ketma-ketlikda tugmalarni bosib yangi oyna oching: File >>New>>Model (yoki Ctrl+N). Simulink Library Browser oynasining qidiruv satriga elementlarning nomlarini yozish orqali ularni topib, hosil qilingan oynaga 7.1-rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing. 1.1a-rasm. Birinchi darajali aperiodik zvenoning MATLAB dasturidagi modeli Andozali zvenoning parametrlarini o‘rnatish uchun “sichqoncha”ning chap tugmasini zveno sxemasi (Transfer Fcn) ning ustiga 2 marta bosilsa Block paramtres: Transfer Fcn paneli chiqadi va bu panel orqali zvenoning parametrlari (kuchaytirish koeffitsiyenti K=3 va doimiy vaqt kattaligi T=0.3 sek) o‘rnatiladi (7.2-rasm). 1.2-rasm. Block paramtres: Transfer Fcn paneli Natijada tahlil qilinayotgan zvenoning aniq parametrlari keltirilgan modeli hosil bo‘ladi (7.3-rasm). 1.3-rasm. Birinchi darajali aperiodik zvenoning parametrlari belgilagan modeli Barcha parametrlar belgilangandan so‘ng bosh menyudan Simulation>Start (yoki Ctrl+T) tugmasi orqali modelni ishga tushiring va “sichqoncha”ning chap tugmasini Scope ning ustiga 2 marta bosib ekranga zvenoning o‘tish jarayonini quring. Natijani (7.4-rasm) File\Print to Figure tugmalarini bosib printerdan chiqarib oling. 7.4-rasm. Birinchi darajali aperiodik zvenoning o‘tish jarayoni harakteristikasi O‘tish jarayonining egri chizig‘ini ekranga moslab chiqarish uchun uchun ‘Scope’ panelidan Autoscale tugmasi bosiladi va Parameters tugmasini bosib o‘tish jarayoni vaqti belgilanadi, masalan 2 sekund (7.5-rasm). 1.5-rasm. ‘Scope’ parameters paneli Zvenoning impulsli o‘tish jarayonini qurish uchun yangi oyna oching (File >>New>>Model yoki Ctrl+N) va 6-rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing. 1.6-rasm. Birinchi darajali aperiodik zvenoning impulsli o‘tish jarayonini qurish uchun tuzilgan modeli Barcha parametrlar belgilangandan so‘ng bosh menyudan Simulation>Start (yoki Ctrl+T) tugmasi orqali modelni ishga tushiring va ekranga zvenoning impulsli o‘tish jarayoni harakteristikasini quring. Natijani (7.7-rasm) File\Print to Figure tugmalarini bosib printerdan chiqarib oling. 1.7-rasm. Birinchi darajali aperiodik zvenoning impulsli o‘tish jarayoni harakteristikasi Download 233.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling