1-Laborotoriya mashg’uloti: Dvigatel tsilindr-porshen guruhining texnik holatiga tashxis qo’yish
-rasm. Yonilg’i nasosi plunjer juftlarining holatini tekshirish KI-4802 pribori
Download 123.5 Kb.
|
1-Labarotoriya ishi
2-rasm. Yonilg’i nasosi plunjer juftlarining holatini tekshirish KI-4802 pribori
Priborni vertikal holatda ushlab, drossel 19 ning tashqi vtulkasini burab, manometrning chap va o’ng kanallaridagi suv sathi bir xilga keltiriladi. So’ngra vtulka 11 ni chambarakcha yordamida soat strelkasini harakati bo’yicha burab, o’ng kanaldagi suv sathi o’rta kanaldagi suv sathidan 15 mm yuqori qilinadi. Agar shundan keyin chap va o’ng kanallardagi suv sathi turlicha bo’lsa, u holda drossel 19 ning tashqi vtulkasini burab suv sathini tenglashtirish zarur. Shundan so’ng pribor shkalasi bo’yicha gaz sarfi lG’min hisobida aniqlanadi. Agar gaz sarfi1-jadvalda keltirilgan chegaraviy bosimga etgan bo’lsa, dvigatel ta’mir qilinishi lozim. Umumiy gaz sarfi o’lchangandan so’ng xar qaysi tsilindr holati alohida-alohida tekshiriladi. Karterga o’tadigan gaz miqdori qo’yidagi formuladan aniqlanadi: iQo’rQi bu erda Qo’r —karterga o’tgan gazning o’rtacha miqdori; Qi— tekshirilayotgan tsilindr dekomprssiyalanganda karterga o’tgan gaz miqdori. Bundan tashqari, tsilindr-porshen guruhining holati tsilindrlardagi kompressiyani kompressiometr yordamida o’lchaganda aniqlanadi. Yonilg’i apparatlari holatini tavsiflovchi va asosiy ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: yordamva yonilg’i nasosining ish unumi; yonilg’ini mayin tozalash fil’trining fil’trlovchi va elementlarining yonilg’i o’tkazuvchanligi; nasos elementlarining yonilg’ini bir me’yorda bermaslik darajasi; dvigatel tsilindrlariga yonilg’i berishni yoki purkashni o’zgartirish burchagi; plunjer juftlarning yoyilish darajasi; yonilg’i nasosi kulachokli valining (dvigatel tirsakli valining) regulyator ishlay boshlagandagi (dvigatelga quvvat bo’yicha to’la yuklama berishdagi) aylanish soni; regulyatorning notekis ishlash darajasi; regulyatorning sezmaslik darajasi; yonilg’i purkash bosimi va forsunkalar bilan to’zitish sifati. Yonilg’i nasosining kulachokli valini yurgizib yuborish vaqtidagi aylanishlarda plunjer jufti hosil o’iladigan bosim, shuningdek, xaydash klapanining nasos korpusiga zich tegib turishi KI-4802 pribori (2.5rasm) yordamida o’lchanadi. Pribor 40 MPa (400 kgkG’sm2 shkalali manometr 7 ulangan korpus 3, yuqori bosimli yonilg’i trubasi 2 va dasta 4 ga joylashgan saqlash klapanidan iborat. Pribor komplektiga nasos elementining xaydash klapani holatini aniqlashda foydalaniladigan sekundomer ham kiradi. Saqlash klapani ximoya o’alpog’i olinganda va kontrgayka bo’shatilganda rostlash gaykasi yordamida prujinani sio’ib 30 MPa (300 kgkG’sm2) bosimda ochiladigan o’ilib rostlanadi. Manometr bo’shlig’idagi yonilg’ining pulsatsiyalanishi binobarin strelka tebranishining oldini olish uchun drossel o’rnatilgan. Drossel pribor korpusiga joylashtirilgan teshikli maxsus plastinalar paketidan iborat. Yonilg’i trubasi 2 priborni yonilg’i nasosining tekshiriladigan sektsiyasiga ulash uchun mo’ljallangan. Plunjer juftlar yuqorida ko’rib o’tilgan pribor yordamida quyidagi tartibda tekshiriladi. Yonilg’i nasosining sektsiyasidan yuqori bosimli yonilg’i trubalari ajratiladi. Pribor sektsiyalardan biriga ulanadi. Yonilg’i berish, shuningdek, kompressiya ishga tushiriladi. Yurgizib yuborish qurilmasi yordamida traktor dvigateli aylantiriladi va yonilg’i berishni ravon ulab, manometr ko’rsatishlari kuzatiladi. Bosim 25...30 MPa (250...300 kgkG’sm2 ) gacha ko’tarilganda yonilg’i berish va dvigatel to’xtatiladi. Xaydash klapanining uyaga jips o’tirishi tekshiriladi, Buning uchun manometr strelkasining surilishini kuzatib, bosimning 15 MPa dan 10 MPa gacha (150 dan 100 kgkG’sm2 gacha) pasayish vaqti o’lchanadi. Agar plunjer juftlari yaratgan bosim 25 MPa (250 kgkG’sm2 ) dan kam, yonilg’i bevosita purkaladigan dvigatellarda 30 MPa (300 kgkG’sm2) dan kam, bosimni 15 da«10 MPa gacha pasayish vaqti 10 s dan kam bo’lsa, asosni ta’mirlashzarur. Yonilg’i nasosining qolgan sektsiyalari ham xuddi shunday tekshiriladi. Past bosimli yonilg’i berish tizimidagi bosimni tekshirish uchun KI-4801 priboridan foydalaniladi. Pribor yordamva yonilg’i nasosi, yonilg’ini mayin tozalash filtrining filtrlovchi va elementlari va o’tkazib yuborish klapanining texnik holatini tekshirish uchun mo’ljallangan. Pribor manometr 1, korpus 2, uch yo’lli jo’mrak 3, jo’mrakka ulangan ikkita shlang 4 va 5, ikkita iva bo’sh biriktirish bolti 6 va 7 dan iborat. korpus da havoni pribordan vint 9 yordamida vao’arib yuboradigan klapan 8 joylashgan. Yonilg’i borish tizimidagi bosimni o’lchash uchun pribor tizimga parallel ulanadi. Bunda shlanglardan birining uchligi yonilg’ini mayin tozalash filtridan oldin yordamva yonilg’i nasosining xaydash magistraliga, boshqa shlang uchligi esa filtr bilan asosiy yonilg’i nasosi orasiga ulanadi. Dvigatel ishga tushiriladi va tirsakli valning nominal aylanishlar soni o’rnatiladi. Priborning uch yo’lli jo’mragi yordamva manometr filtr korpusinnng vaqarish kanaliga tutashtiriladi va manometr ko’rsatishi qayd qilinadi. So’ngra jo’mrakni qayta burab, filtr oldidagi bosim o’lchanadi. Filtrlovchi va elementlarning holati o’lchangan bosimlar farqiga qarab aniqlanadi. Bosim filtrgacha OD1...0D4 MPa (1,1...1,4 kgkG’sm2 ) filtrdan keyin kamida 0,05 MPa (0,5 kgkG’sm2); filtrgacha 008..DP MPa (OD..1,1 kgkG’sm2 ), filtrdan keyin kamida 0,04 MPa (0,4’ kgkG’sm2) bo’lishi kerak. Yonilg’ining filtrdan keyingi bosimi 0,04 MPa (0,4 kgkG’sm2) dan oshmasa, o’tkazib yuborish klapanining holati tekshiriladi. Buning uchun dvigatel to’xtatiladi va ish klapani o’rniga nazorat klapan o’rnatiladi. Dvigatel kaytadan yurgizib yuboriladi va tirsakli val nominal chastotada aylanayotganida filtrdan keyingi bosim tekshiriladi. Agar bu bosim valgi bosimdan yuqori bo’lsa, olingan klapan boshqasiga almashtiriladi. Agar bosim o’zgarmasdan qolsa, bu xol filtrlash elementlarining xaddan tashkari ifloslanganligi va ularni almashtirish zarurligini bildiradi. Agar xaydash nasosi yaratgan bosim filtr oldida 0,08 MPA dan oshmasa, nasos almashtiriladi. Shesternyali nasoslarda bu bosim 0,06 L1Ia dan kam bo’lmasligi kerak. Bosim qiymati bundan kam bo’lganda reduksion klapanni rostlash kerak. Agar klapan rostlab, bosimni oshirib bo’lmasa, nasos almashtiriladi. Nasos elementlarining ish unumi, yonilg’ining bir me’yorda berilmasligi va uning sarfi, shuningdek, quvvat ko’rsatkichlari prof. N. S. Jdanovskiy usuli bo’yicha KI-4818 yonilg’i o’lchagich bilan aniqlanadi. Yonilg’i o’lchagich shtativ 1 ga vint 16 yordamida maxkamlangan o’lchagich, nazorat forsunkalar 7, yonilg’i trubalari 5,’yonilg’i berish qayta ulagichlari 9 Vv elektr distantsion tarmometrning dastagi 14 biriktirilgan reduktor 15 dan tashkil topgan. O’lchagich korpus 2, sekundomer 3, sekundomer strelkalarini nol holatga qo’lda o’rnatish richagchasi_4, TE12 elektr distantsion taxometrning ko’rsatkichi 5, ko’pik so’ndirgichli stakanlar 6, qo’yish navlari va sekundomerni ishga tushirish roligi bo’lgan valik 10, taxometrning ko’rsatkichi dastakka birlashtiruvchi va kabel 11, menzurkalar 12 va o’lchagichni gorizontal holatga o’rnatish uchun vaterpas 13 ni o’z ichiga oladi. Yonilg’ini to’kishda menzurkalarni tez va oson olish uchun ular korpusga prujinali skobalar bilan mahkamlanadi. Yonilg’i o’lchagich komplektiga mis o’istirmalar kiradi. Bu o’istirmalar yuqori bosimli yonilg’i trubalarini forsunkalarga va yonilg’i berish qayta ulagichlariga, shuningdek, qayta ulagichlarning yonilg’i nasosi sektsiyalarining shtutserlariga ulanadigan joylarini zichlashda ishlatiladi. Yonilg’i berish qayta ulagich dvigatelning ayrim tsilindrlarini to’la yoki qisman to’xtatish va o’lchov o’tkazilayotganda yonilg’i o’lchagichning forsunkalariga yonilg’i yuborish uchun xizmat o’iladi. Qayta ulagichning ishlash printsipi nasos elementi yuborayotgan yonilg’i oqimi yo’nalishining o’zgarishiga yoki bu oqimning ikki qismga bo’linishiga asoslangan. Bu oqimning bir qismi dvigatel tsilindriga, ikki qismi esa yonilg’i o’lchagichga yuboriladi. Qayta ulagich shtuserga buralgan tashlama gayka yordamida yonilg’i nasosiga ulanadi. Yonilg’i berish qayta ulagichni dvigatelga ulash uchun yonilg’i nasosiga ulanadigan shtutser bilan bir joyda joylashgan shtutser xizmat qiladi. To’rt tsilindrli dvigatelda nasos elementlarining ish unumi va yonilg’i berish notekisligi qo’yidagicha aniqlanadi: dvigatel yurgizib yuboriladi va o’izdiriladi. Tirsakli valning aylanish soni dvigatel salt ishlayotganda tekshiriladi va zarur bo’lsa rostlanadi. Dvigatel to’xtatiladi, unga yonilg’i o’lchagich ulanadi va dvigatel yana yurgizib yuboriladi. Dvigatel maksimal tezlik rejimida ishlayotganda yonilg’ini yonilg’i o’lchagichning forsunkasiga yo’naltirib, ikkita tsilindr to’xtatiladi. Novlar bu vaqtda to’kish holatiga o’rnatilgan, o’lchash stankanchalari (menzurkalar) esa bo’sh bo’lishi kerak. Dvigatel ikkita tsilindrda ishlayotganda tsilindrlarning yuklamasi maksimal yuklamaning 65...70% ini tashkil etadi. Ishlayotgan tsilindrlardan birining yuklamasini 100% ga etkazish uchun ikkinchi ishlayotgan tsilindrga yonilg’i kam beriladi. Buning uchun qayta ulagich dastasini ravon burab taxometr bo’yicha tirsakli valning nominal aylanish soniga (nasosning maksimal ish unumiga) erishiladi. Yonilg’i nasosi reykasining maksimal ish unumiga mos keluvchi va holatini aylanishlar soni regulyatori bilan bog’liq bo’lgan qo’zg’aluvchan elementning yonilg’ining maksimal miqdorini cheklovchi va tirakka engil urinishiga qarab ham aniqlash mumkin. Sekundomer strelkasi richagcha 4 yordamida nol holatga o’rnatiladi va to’kish novlari o’lchash holatiga o’tkaziladi (shu vaqtda sekundomer ishga tushiriladi), 1,0...1,5 mk dan keyin novlar to’kish holatiga o’tkaziladi (sekundomer to’xtatiladi). Menzurkalardagi yonilg’i hajmi va sekundomer ko’rsatishlari yoznb olinadi hamda yonilg’i berish miqdori nasosining o’olgan ikkita sektsiyasi yordamida tekshiriladi. Buning uchun barcha tsilindrlar to’la ishga tushiriladi, menzurkalardagi yonilg’i to’kiladi va ikkita boshqa tsilindr qayta ulagich yordamida to’xtatiladi. So’ngra yonilg’i nasosining tekshirilgan sektsiyalaridan biriga ulangan qayta ulagichning dastasini ravon burab taxometrning strelkasi valni o’lchash paytidagi holatiga qayta o’rnatiladi. Sekundomer strelkasi nolga qo’yiladi. To’kish novlarn valik 10 dastasi yordamida o’lchash holatiga o’tkaziladi va valni o’lchashdagi vaqtga teng.Vaqtdan so’ng novlar to’kish holatiga o’tkaziladi. Olti tsilindrli dvigatel o’rnatilgap T-4A va boshqa traktorlarda nasos elementlariiing ish unumini va yonilg’i berish notekisligini tekshirish uchun yonilg’i o’lchagichga, yonilg’i nasosining to’rtta sektsiyasi ulanadi. Bu sektsiyalar dvigatel tsilindrlarining ishlash tartibiga mos tanlanadi. Bunday xollarda to’rtta sektsiyaning ish unumi bir vaqtda o’lchanadi, buning uchun yonilg’i oqimi yonilg’i o’lchagichning menzurkasiga yo’naltiriladi. 100 foizli yuklama berishni immitasiyalash uchun yuqorida bayon etilgan usullardan foydalanib ikkita ishlayotgan tsilindrdan biriga yonilg’i kam beriladi. Qolgan ikkita sektsiyaning ish unumini aniqlash uchun dvigatel to’xgatiladi, sektsiyalar tekshirilgan ikkita juftning biri o’rniga yonilg’i o’lchagichga ulanadi. Ulchash paytida dvigatel ravon ishlashi lozim. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling