Izoh. Formula uzeli kompleks sonlar bilan ishlashda qo‘llanilmaydi.
Misol 2
Algebraik tenglamalarni matrisa shaklida yechish.
1-rasmda keltirilgan zanjirdagi toklarni hisoblashni Kirgof qonuni asosida tuzilgan chiziqli algebraik tenglamalar bo‘yicha amalga oshirish mumkin:
Bu tenglamalarni matrisa shaklida yozish mumkin:
Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish uchun LabVIEW muhitida “Chiziqli tenglamalarni yechish” elementi bor. U All Functions => Analyze => Mathematics=> Linear Algebra => Solve Linear Equatons yo‘li bilan chaqiriladi. Uning terminallarini ochish uchun sichqonchaning o‘ng klavishasi bilan ikonkaga va keyin namoyon bo‘lgan menyuda Visible Items => Terminals ga bosish mumkin. Elementning boshlang‘ich va ochilgan terminallarli ko‘rinishi 3-rasmda tasvirlangan.
3-rasm.
Terminallarning mo‘ljallanishini aniqlash uchun yana ikonkaga sichqonchaning o‘ng klavishasi bilan bosib old panel Open Front Panel ochiladi. Old panel 4-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega. (3) tenglama quyidagicha kiritiladi: koeffisiyentlar matrisasi Input Matrix (tenglamaning birinchi matrisasi) chap yuqori terminalga, berilgan ta’sirlashuv vektorlari Known Vector (o‘ng tomon) chap o‘rtadagi terminalga beriladi, natijaviy vektor esa Solution Vector(izlanayotgan toklar vektori) o‘ng yuqoridagi terminaldan olinadi.
4-rasm
Matrisani chiqarish uchun Array(Massivni tuzish) chaqiriladi. Element old panelda All Controls => Array&Cluster=> Array yo‘li bilan chaqiriladi. Bo‘sh yacheyka paydo bo‘ladi, unga raqamli boshqaruvchi element (matrisa koeffisiyentlari va boshqaruvchi ta’sir vektorlari uchun) yoki raqamli indikator(izlanayotgan oklar uchun) kiritiladi. Keyin “siljitish” (strelka)instrumenti bilan matrisa kerakli o‘lchamgacha cho‘ziladi. Boshqaruvchi elementlar va indikatorlar darchasi kul rangga ega, u yerga raqamli ma’lumotlar kiritilgandan keyin oq rang bo‘lib qoladi.Old panelga Array elementi chaqirilgani bilan bir vaqtda blok diagrammada uning ikonkasi paydo bo‘ladi. Kerakli ulanishlar bajarilgan old panel bilan blok-diagramma panelining ko‘rinishi 5-rasmda keltirilgan.
5-rasm.
Operasiyalarning bajarilishi natijasida yechimlar vektor Output olinadi. Bu ustunda tok qiymatlari I1 = ZA, I2 = 2 A, I3 = 1 A ifodalangan. Ustundan no‘malumlarning alohida qiymatlarini ajratish mumkin. Buning uchun massiv elementini ajratish funksiyasi qo‘llaniladi: All Functions=>Array=>Index Array. Funksiyalarning chiqishlari indikasiya elementlariga ulanadi(6-rasm). Dastur ishga tushirilganidan keyin indikatorlar chiqish vektor satriga mos keladigan qiymatlarni ko‘rsatadi.
6-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |