1. Lazerlar haqida umumiy ma`lumot


Gazodinamik lazerning tuztiishi


Download 0.83 Mb.
bet4/5
Sana06.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1171304
1   2   3   4   5
Bog'liq
co lazeri

Gazodinamik lazerning tuztiishi:
1 -yonish kamerasi, 2 –CO ploning kritik yuzasi, 3 optic rezonator, 4 - diffuzor; 5 ~ CO2 gazi bilan ta ’minlaydigan kamera.
Biror idishda yuqori temperatura {T-=1400K) va bosimda (17atm.) gaz joylashgan bo`lsin. Gaz boshlang‘ich holatda termodinamik muvozanatda boigani uchun CO2 molekulasining yuqori lazer sathi 001 yuqori bandlikka (asosiy sath bandligining taxminan 10 % ega bo‘ladi. Pastki sathning bandligi undan ham yuqori bo‘lib (25%), ular orasida invers bandlik mavjud bo‘lmaydi.' Gaz aralashmasi ingichka tirqish - Soplo orqali kengaya boshlasin. Kengayish adiabatik ravishda bo‘lgani uchun gazning kengaygandan keyingi temperaturasi juda kichik bo‘lib qoladi. Yuqori va pastki lazer sathlarining bandligi yangi temperaturaga mos keladigan muvozanat holatga o‘tishga intiladi. Lekin yuqori sathning yashash vaqti, pastki sathning yashash vaqtidan katta bo‘lgani uchun pastki sathning bandligi yangi muvozanat holatga mos tushuvchi bandlikka tezroq o‘tadi. Natijada, gazning kengayish sohasida, gaz oqimi yo‘nalishida yetarlicha keng bo‘lgan sohada yuqori sathning bandligi kattaroq bo‘lib qoladi, ya’ni invers bandlik sodir bo‘lishi kuzatiladi. Bu soha uzunligi uyg‘onish holatini azot molekulasidan SO2 molekulasiga uzatish uchun ketgan vaqtga gaz oqimi bosib o‘tgan masofaga teng bo‘ladi. Gazning kengayishi natijasida invers bandlikni hosil qilish gazning temperaturasi va bosimi pasayishi vaqti yuqori sath yashash davridan kichik, pastki sath yashash davridan katta bo‘lgandagina samarador bo`ladi. Bu shartga bo‘ysunush uchun gaz tovush tezligidan katta bo‘lgan tezliklarda kengayishi talab qilinadi. Boshlang‘ich gaz aralashmasining yuqori temperaturasi maxsus yoqilg‘ining yonishi natijasida hosil qilinadi. Masalan, CO va N2 yoki benzol N2O yonishi natijasida talab qilingan temperaturaga erishiladi. Bunda CO2 /N2O ning 2:1 nisbatdagi aralashmasi hosil bo`ladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra gazodinamik CO2 lazerda quwati 100 kVt gacha bo‘lgan nurlanish hosil qilinib, uning kimyoviy foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) I % ni tashkil etadi. Bunday lazerlar reaktiv dvigatelni eslatib, uzluksiz maromda qisqa bir necha sekundda ishlaydi (2-rasm). Bunga sabab qizish miqyosida lazer rezanatori ko'zgularining ishdan chiqishidir.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling