1. Leksik-grammatik tamoyil


So‘roq belgisining qo‘llanish o‘rinlari


Download 22.72 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.72 Kb.
#1586959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ta234234moyillar

So‘roq belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘roq gaplar oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I. R.)
2. Taqrizlarda va sitatalarda biror so‘z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik tug‘dirsa, bunday so‘z yoki jumladan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi va bu qavs ichiga olinadi: «Mixail Ivanovich Akaskin qirq besh yashar qolin (?) gavdali, mo‘ylovdor, xushmuomala, xulqi sodda va yoqimli kishi edi». (0.)
3. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yilali. Ega kim?, nima?, qayer? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘zlovchining his-hayajonini ifodalagan har qanday sintaktik tuzilishdagi undov gaplar oxiriga qo‘yiladi. Masalan: Qizlik uy – bozor, bolam! (О‘.H..)
2. Vokativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Eshon, hoy!- deb qichqirdi. (A.Q.)
3. So‘zlovchining his-hayajoni, xursandchiligi, g‘azabi, afsuslanishi kabilarni ifodalovchi so‘z-gaplar oxiriga un­dov belgisi qo‘yiladi. Attang! Attang! Biz bilmay qolibmiz! (So‘zl.) Barakalla! Tashakkur! («Yoshlik».)
4. Emotsionallikni ifodalovchi nominativ gaplar oxiriga undov belgisi ko‘yiladi: Masalan: ...Qon!... Saida u yog‘ini bilmaydi. (A.Q.)
5. Infinitiv gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Shuncha vaqt o‘tgach, vatanga qaytish! Yuragim yorilib kemasa edi!. («Yoshlik».)
6. Chaqiriq, xitob bilan aytiluvchi undalmalar oxi­riga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Salima! Qizim, bu yoqqa qarasang-chi! (So‘zl.)
7. So‘zlovchining his-hayajonining aks ettiruvchi ritorik so‘roq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘llaniladi. Masalan Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur’ati! (H.O.)
8. Emotsional buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Chekilmasin!
9. О‘quvchi fikrga yoki uning biror qismiga e’tiroz bildirsa, unga qo‘shilmasa, taajjub, shubhasini bayon etsa, shu fikrdan so‘ng qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yiladi. Masalan: Ammo tirgovuchi deputat (!) ekan, shartta boshlab kelibdi.. (“Mushtum”.)

Download 22.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling