1. Leopardlar qayerlarda yashaydi


Download 37.5 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1182585
Bog'liq
O\'qish savodxonligi 7- mashg\'ulot Dilfuza 30


Leopardlar

Leopardlar yo‘lbarslardan ikki baravar kichikroq, ammo ular juda kuchli. Ular har qanday hayvonni yengishga qodir. Leoparlar ajoyib daraxt alpinistlari bo‘lib, ular rang-barangligi tufayli barglar orasida butunlay ko‘rinmaydi.


Leoparlar Afrika va Janubiy Osiyoning ko‘plab hududlarida yashaydi. Katta mushukning hech bir turi bunchalik keng tarqalgan emas. Leopardlar ovqat saylaydigan noziktabiat bo‘lsalarda, har xil sharoitlarda ham o‘zlarini oziqlantira oladi. Ular katta zebralar va antilopalardan tortib hasharotlar va tikanli kirpilargacha deyarli hamma narsani yeyishadi.
Leopardlar tabiatan uyatchan. Ammo Afrikada ba’zilari shu qadar jasur bo‘lib, odamlar yashaydigan joyda ov qilishadi. Masalan, Keniyaning Nayrobi shahri chekkasida leoparlar binolar orasida ov qiladi. Ularning qurbonlari ba’zan hatto hovli itlari ham bo‘lgan.
Ovqatlanishni boshlashdan oldin, leopard o‘ljasi bilan daraxtga chiqadi. Shunday qilib, u o‘ljasini olib qo‘yadigan boshqa yirtqichlarning e’tiborini tortmaydi. Agar leopard qurbonni bir vaqtning o‘zida yemasa, u to‘liq tugatmaguncha o‘ljaga qaytadi.
Tabiatda koreys yoki Amur leopardlarining 30-40 tadan oshmagan o‘ziga xos turi qolgan. Ular Rossiya va Xitoy chegarasida yashaydilar. 1956 - yildan beri leopard ovlash taqiqlangan, biroq o‘rmon yong‘inlari, daraxt kesish va shudgorlash o‘rmonlarni yo‘q qilmoqda, leopardlarni oxirgi boshpanalaridan mahrum qilmoqda. Bu yirtqichlar odatda ovlaydigan hayvonlar ham yangi sharoitda omon qololmaydi.
Leopardlar katta va yirtqich mushuklar turkumiga kiradi, lekin shunga qaramay himoya va va parvarishga muhtojlar.

1.Leopardlar qayerlarda yashaydi...


A) Shimoliy va Janubiy Amerika
B) Afrika va Janubiy Osiyoning ko‘pgina hududlarida
B) Yevropa o‘rmonlarida
2. Leopard yeyishni boshlashdan oldin ...
A) Panjalarini yuvadi B)Boshqalarini chaqiradi C) O‘lja bilan daraxtga chiqadi
3. Qaysi yildan boshlab qoplonlarni ovlash taqiqlangan?
A) 1956 yildan B) 1945 yildan C) 1995 yildan
4. Gapni tugating:
A) Tabiatda ______________________________ 30-40 tadan oshmagan o‘ziga xos turi qolgan.
B) Leoparlar daraxtlarga chiqishda ajoyib __________va ular ________ tufayli barglar orasida butunlay ko‘rinmaydi.
C) Ular deyarli hamma narsani eyishadi: __________ dan ___________ gacha.
D) Ularning qurbonlari ba’zan hatto _________________________ bo‘lgan.
5. Xatoni toping va uni tuzating.
A) Leopardlarning kattaligi yo‘lbarslardan ikki baravar katta.
___________________________________________________________________
B) Agar leopard o‘ljani to‘liq yemasa, uni boshqa yirtqichlarga beradi.
__________________________________________________________________
6. Leopard qanday fazilatlarga ega?
A) ________________________________________________________________
B) ________________________________________________________________
7. Savollarga javob bering:
A) Nima uchun leopard ovqatdan oldin o‘lja bilan daraxtga chiqadi?
___________________________________________________________________
B) O‘rmonni kesish va haydash qoplonlarga qanday zarar yetkazadi?
___________________________________________________________________
8. Nima uchun daraxt barglari orasida leopard ko‘zga tashlanmaydi?
__________________________________________________________________
Nima uchun leoparlar himoya va parvarishga muhtoj deb o‘ylaysiz?
__________________________________________________________________
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling