1. logistikaning asosiy yo‘nalishlari va tushunchalari


Download 22.94 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1149049
  1   2
Bog'liq
Logistika



1. LOGISTIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA TUSHUNCHALARI
1.1. Logistikaning obyekti va predmeti Logistika tushunchasi juda qadimiy tarixga ega bo‘lib, birinchi marta harbiy fan sifatida vujudga kelgan. IX asrda Vizantiyada bu tushunchaga qo‘shinni barcha kerakli narsalar bilan bilan o‘z vaqtida aniq ta’minlash jangning muvaffaqiyatini belgilovchi omil deb qaralgan. Vizantiya imperiyasida «logist» mansabi joriy etilgan boiib ular oziq-ovqat taqsimoti bilan shug‘ullanganlar. Logistika atamasi grekcha «^оущтисг|» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib Vizantiya imperatori Lv VI ning davrida «hisob san'ati» degan m a’noni anglatgan (865-912yy). Ispan huquqshunosi va iqtisodchisi Polo de Ondegardoning 1572-yilda xabar berishicha ink Imperiyasi chinovniklari tomonidan ink saroyi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat miqdorining hisobi olib borilgan. Bunda ularni qayerdan tashib keltirilishi, yetkazib kelish vaqti va tashish masofalarining hisoblari olib borilgan. XIX asrda fransuz olimi A.G. Jomini logistikani armiya va front orqasini boshqarish, tashishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha fan deb talqin etadi. 1850-yilda Sankt-Peterburgda chop etilgan «Harbiy ensiklopedik leksion»da logistika deb uzoqda va dushman yaqinida qo‘shinni ko‘chirishni boshqarish, qo‘shinni orqadan ta’minlashni tashkil etish san'ati deb tushuncha berilgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika armiyasida logistik yondoshuv keng qo‘llanilgan. AQSh Ovrupoda jang qilganiga qaramay qo‘shinning ta’minoti juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. Katta ingliz-rus lug‘atida hozir ham logistika tushunchasi harbiy ma’noda keltirilgan bo‘lib 1) front orqasi ta’minoti, 2) moddiytexnik ta’minot, 3) front orqasidagi ishlami bajarish va tashkil etish ma’nosida qo‘llaniladi.
Buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqalar ham safarlarga chiqishda qo‘shinni o‘z vaqtida qurolyarog‘, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa barcha zarur narsalar bilan ta’minlashga juda katta ahamiyat berishgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, buyuk bobokalonimiz Amir Temur davrida hozirgi zamon axborot va kompyuter texnologiyalari bo‘lmaganiga qaramay, qo‘shinni tashkil etish va ta’minotida integrallashgan logistika asoslari qo‘llangan ekan. Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, 1391-yili A.Temur Oltin 0 ‘rdaga hujum uyushtirish uchun 200000 jangchi to‘plagan. Armiyaning asosiy tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat bo‘lgan: otliq kamonchi jangchilar, piyoda jangchilar va qo‘rg‘onlami zabt etuvchi mutaxassislar otryadi hamda hasharchilar deb ataluvchi ittifoqdosh davlatlarning qo‘shinlari (eslatma, A.Temur qo‘shini yurishlarida jangovar fillardan ham keng foydalanilgan). Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, qo‘shinni boshqarishda Buyuk bobokolonimiz hozirgi zamon menejmentining asoslaridan foydalangan. U boshqaruvni vertikal (iyerarxik) yo‘nalishda tashkil etgan va shu bilan bir paytda qo‘shinlar harakatini gorizontal yo‘nalishda muvofiqlashtirib olib borgan. Yana bir narsani eslatib o‘tish joizki, A.Temur qo‘shinida intizom juda qattiq bo‘lishiga qaramay, u ko‘pincha jangchilami yengil jazolagan (personalni boshqarish). Masalan, 1376-yili Xo‘janddagi qo‘shin bosh ko‘targanda, qo‘zg‘olon qatnashchilarini qattiq jazolash o‘miga, qo‘shinni tarqatib, jangchilami boshqa qo‘shinga qo‘shib yuborgan. Janglarda jasorat ko‘rsatgan jangchilarga katta iltifotlar ko‘rsatilgan. Masalan, bunday jangchilar 9 marotaba jinoyat qilishsa ham jazodan ozod etilishi va bu buyruq ulaming avlodlariga ham tegishli ekanligi qayd qilingan. Qo'shin quyidagi iyerarxik boshqaruv tuzilmasiga ega bo‘lgan. har o‘nta jangchiga bitta boshliq (o‘n boshi), har yuztasiga yuz boshi, har mingta jangchiga mingboshi, keyingisiga tumanboshilar rahbarlik qilishgan. Butun armiya korpus «faudj» larga ajratilgan. Har bitta polk o‘zining maxsus ko‘rinishdagi bayrog‘i va tug‘iga ega bo‘lgan (logistikada shtrix- kodlash). Jang paytida buyruqlar aniq boMishi va shu bilan birga har xil talqinga olib kelinmasligi shart edi. Buning uchun qo‘shin har xil rangdagi bayroqlardan foydalangan. Bayroq A.Temuming shtabi tepasida ko‘tarilgan. A.Temur qo‘shinida jangchilarning kiyim va qurol-aslahalar bilan ta’minlanishiga katta ahamiyat berilgan. Har bir jangchi nayza, hanjar, qalqon, cho‘qmor, kamon va 30 ta o‘qi bor o‘qdon bilan qurollangan. Ko‘pchilik jangchilar ikkitadan hanjar hamda chap tarafida uzun va o‘ng tarafida kalta qilich bilan qurollanishgan. Eng nufuzli otryadlarning otlari himoya aslahalari bilan berkitilgan. A.Temur janglardan tashqari paytlarda jangchilar uchun bayramlar tashkil etgan (personalni boshqarish), jangchilar sarkardagajuda sodiq boMishgan. Qo‘shinning ta’minlanganlik darajasi va harbiy layoqatini baholash uchun A.Temur ko‘plab ko'riklar va harbiy mashqlar o'tkazib turgan (eksperimentlarni rejalshtirish). Tarixchilarning bayon qilishicha, armiyada jangchilarga harbiy kiyim kiyintirishni birinchi marotaba A.Temur boshlab bergan. A.Temur armiyasida ta’minot masalalari a’lo darajada bajarilgan. Yo‘llarda to‘xtab dam olish paytlarida to‘g‘ri ko‘cha hosil etilib, katta shahami eslatuvchi o‘tovlar tiklangan. 0 ‘tovlarda qassoblar, oshpazlar, novvoylar, meva va sabzavotlar bilan savdo qiluvchilar, temirchilik va chilangarlik ustaxonalari faoliyat yuritgan. Qo‘shinni va bozorni o‘z vaqtida kerakli joyda va kerakli paytda kerakli tovarlar bilan ta’minlash masalalari to‘liq hal etilgan boMib, bulaming hammasini hozirgi zamon logistikasining (marketing, taqsimot, ta’minot va hokazo) asosi deb hisoblash mumkin. Qo‘shinda gigiyena masalalariga ham juda katta ahamiyat berilgan. Qo‘ shin bilan bir paytda yog‘ochdan tayyorlanadigan ko‘chma Jiammomlar ham olib yurilgan (servis logistikasi). Jangchilar bozorda istagan narsalarini xarid qila olishlari uchun, hatto iste’fodagi jangchilar ham muntazam ravishda oylik maosh bilan ta’minlangan (moliya logistikasi). Buning uchun A.Temuming ko'chma xazinasi mavjud boMgan (zaxiralar logistikasi). Karvonlarning o‘z vaqtida va kerakli tovarlarni olib kelishini ta’minlash maqsadida yarim yoki bir kunlik masofadagi joylarda 200 tagacha otga ega boMgan punktlar joylashtirilgan boMib, istalgan paytda choparlar yangi otlar va oziq - ovqat bilan ta’minlanganlar (logistikaning axborot ta’minoti). Bulardan tashqari choparlar va elchilarga tub aholi yordam berishl shart bo‘lgan. Viloyatlarda maxsus ot zavodlari tashkil ctilgan bo'lib, ular qo‘shinni otlar bilan ta’minlash bilan, ko‘pchilik yer egalari qo‘shinga faqat oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanganlar (ishlab chiqarish logistikasi). Viloyatlarda m a’lum miqdorda otliq qo‘shinlar saqlangan bo‘lib, ular bevosita A.Temurga bo‘ysungan (zaxiralar logistikasi) va istalgan paytda qo‘shinni to‘ldirish uchun tayyor turganlar. Qo‘shinning tashkiliy tuzilmasi, uni boshqarish mexanizmi va ta’minoti masalalarini qanday hal etilganligiga ko‘ra, A.Temur davrida qo‘shinning harakatlanish jarayonlariga murakkab tizim deb qarash, qo‘shin ta’minotiga va boshqarishga, agar o‘sha paytlarda kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘lmaganligi e ’tiborga olinsa, muammoga to'liq logistik yondoshilgan deb hisoblash mumkin. Vatanimizda va chet ellarda chop etilayotgan iqtisodiyotga oid adabiyotlarda logistika tushunchasi keng ma’noda qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda iqtisodiy tizimdagi odamlar, moliyaviy, energetik va boshqa oqimlarni boshqarishlarga logistika fanining predmeti deb qaralyapti. Hozirda bank logistikasi, axborot logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi kabi tushunchalar paydo bo‘ldi. Logistikaga oid adabiyotlarni kuzatar ekanmiz, xattiharakatlarni aniq rejalashtirish va muvofiqlashtirish zarur bo‘lgan joyda logistika atamasi qo‘llanilayotganini ko‘ramiz. Masalan paxta ekish kompaniyasini o‘z vaqtida, arzon va sifatli o‘tkazish belgilangan dalaga kerakli vaqtda rejalashtirilgan chigit navini kerakli hajmda yetkazib berish, ishchi kuchi va seyalkalar hamda traktorlami o‘z vaqtida yoqilg‘i bilan yoki boshqa misol asfalt ishlab chiqaruvchi zavodni chaqir tosh, qum va gudron moyi hamda m a’lum harorat bilan kerakli vaqtda va kerakli joyda ta’minlash jarayonlarini logistikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda logistika atamasiga o‘nlab tushunchalar berilgan bo‘lib shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqaylik. 1. D.S. Nikolayev tahriri ostida chop etilgan «Tashqi savdo transport operatsiyalari va logistika» o‘quv qo‘llanmamasida (M. ANXIL, 1999) logistikaga «ta’minot masalalarini, sanoat ishlab chiqarishni, tovarlaming taqsimlanishini, tayyor mahsulotni sotishnitashkil etishni o‘z ichiga oluvchi, ishlab chiqarish, transport va taqsimot tizimini yondoshish orqali ratsion tashkil etish» haqidagi fan deb ta’rif berilgan. 2. Xalqaro ekspeditor (1998, №9) jumalida: a) logistikaga Materiallar va axborot oqimlarini va ular orasidagi aloqalami boshqarish muammolarini o‘z ichiga oluvchi fandagi kompleks yo'nalish, b) Tizimlarda oqimlarni boshqarish haqidagi fan deb tushuncha berilgan. 3. O.N.Larin logistika moddiy oqimlar, resurslar, tovarlar vayo‘lovchilar ko‘rinishidagi obyektlarning harakatini tadqiqot qilish hamda ularni bir necha mezonlar (vaqt, tezlik, narx va masofa) bo‘yicha optimallashtirish haqidagi fan deb ta’rif beradi. 3. Mualliflarning fikricha, prof. Sh.O.Butayev va unishogirdlari tomonidan chop etilgan «Logistika» kitobida «logistika» atamasiga berilgan ta’rifni, boshqa ta’riflarni inkor etmagan holda, eng to‘liqroq ta’rif deyish mumkin: Logistika - oxirgi bosqichdagi iste’molchilar ming mahsulot sifatiga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga qo‘yadigan talablarini qondirish maqsadida moddiy va servis hamda ularga mos keluvchi moliyaviy va axborot oqimlarini eng kam xarajatlar bilan boshqarish haqidagi fan. «Logistika» fanini o‘rganish samaradorligi, avvalo, jarayonlarga logistik yondoshuvning asosiy g‘oyalarini qanday tushunishga bog‘liqdir. Logistik yondoshuvning avvalgi an’anaviy yondoshuvlardan asosiy farqi shundaki, u har xil xo‘jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatini alohida emas, bir butun holda o‘rganib, materiallami ishlab chiqarishdan tortib to iste’molchiga yetkazib berilgunicha optimallashtirishga qaratiladi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha bir qancha logistikaga bag‘ishlangan muzeylar ishlab turibdi. Shulardan ba’zi birlarini sanab o‘tamiz: - Logistika muzeyi (Tokio, Yaponiya); - Logistika muzeyi (Sankt-Peterburg, Rossiya); - The Royal Logistic Corps Museum/ Qirollik muzeyining logistk korpusi, (Buyuk Britaniya); The Canadian Forces Logistics Museum/ Kanada harbiy kuchlarining logistika muzeyi (Monreal, Kanada).

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling