1. Logoped bolalar va kattalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan
Download 86.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdumalikova Nargiza
Topshiriq 1.Logoped – bolalar va kattalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadigan maxsus pedagog. Uning vazifasini nutqida nuqsonlari bor kishilarni aniqlash, nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish, nuqsonlarni oldini olishga qaratilgan faoliyat. 2.Kreativlik – kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. Betakror qadriyatlar yaratuvchi, nostandart echimlar qabul qiluvchi individning qobilati 3.Ichki motivasiya – o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilar uchun asosiy harakatlantiruvchi kuchga, ehtiyojga aylanish istagini shakllanishi. 4.Induksiya – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, indicto – to‘g‘rilash, tartibga keltirish degan ma’noni anglatadi. Induksiya ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan muhokama usulidir. 5.Ijtimoiy tarbiya – shaxs ongu tafakkuri, ma’naviy-ma’rifiy olamini jamiyatni maqsad va vazifalariga uyg‘un hamda hamohang ravishda shakllantirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida etishga da’vat qiladigan barcha ezgu ta’sir hamda omillar majmui. 6.Harakat – maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi. Harakat ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir. 7.Global ta’lim (frans. global- umumiy, lot. globusshar) – 1) butun er sharini kamrab oluvchi ta’lim; 2) har tomonlama, to‘liq, yalpi, universal ta’lim; 3) keng qamrovli universal ta’lim. 8.Gnesologiya – bilish haqidagi ta’limot. 9.Genafond – aholi (millat)ga xos irsiy belgilar majmuasi hamda uning pokizaligi. 10.Faollik tamoyili – maktabgacha ta’lim muassasalarida rivojlantiruvchi muhitni yaratish tamoyillaridan biri bo‘lib, bolaga faol harakatlanish imkonini beradigan o‘yin muhitini (katta kichikligi va ko‘rinishi har xil maydonlar) yaratishni ko‘zda tutadi. 11.Elektron ma’ruza – interaktiv elementlar va giperuzatishlarni qo‘llab, o‘quv fani ma’ruza materialini namoyish qiluvchi multimedik tizim. 12.Didaktika - grekcha so‘z bo‘lib, “didasko”, ya’ni “o‘qitish”, “o‘rgatish”ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o‘qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning “nimaga o‘qitish”, “nimani o‘qitish” va “qanday o‘qitish” kabi savollariga javob izlaydi. Didaktika ta’lim va o‘qitish nazariyasi hamda o‘qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi. Didaktika pedagogikaning tarmog‘i. Ta’lim-tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni,Qonuniyati. 13.Diqqat – ongning muayyan obyektlar to‘plami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga bog‘liq) tanlangan holda yo‘naltirilishidir.Ba’zan nazorat va o‘z-o‘zini nazorati ham diqqatga kirishadi 14.Bola kompetensiyasi – ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari. 15.Bolalar folklori – og‘zaki ijod namunalari. Odatda, bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy qismi. 16.Bolalar maydonchalari – maktab va maktabdan tashqari muassasalar qoshida bolalar bo‘sh vaqtini tashkil etishning majmuaviy shakli. 17.Biologik yosh – bola organizmining individual rivojlanish suratlariga bog‘liq bo‘lgan ko‘p funksiyali balog‘atga etish davri. Anatomik- fiziologik belgilar majmui bo‘yicha aniqlanadi, kalendar (pasportdagi) yoshga ko‘pincha mos kelmaydi. Muhim mezonlari: tana proporsiyalari, skeletining qotishi, sut va doimiy tishlarning chiqish payti, jinsiy belgilarning rivojlanishi. Bunda bolalarda individual rivojlanish sur’ati me’yordan 1,5 yilgacha farqlanishi mumkin, buning natijasida biologik va kalendar (pasportdagi) yoshlar ortasida ancha farq yuzaga keladi 18.Anketa – (fran. egk)ie(e – surishtirish, xabar, ma’lumot olish) – Ilmiy (sotsiologik) tadqiqotda empirik ma’lumotlar to‘plash usuli. 19.Absolyut shkala – miqdorga qarab qaror qabul qilish. 20.Avtomatizm (yun. о‘z erki bilan) – psixologiyada, ong (malaka, odat)ning nazoratsiz muayyan harakatlarni takrorlashga mashq yo‘li bilan hosil etiladigan inson qobiliyati. Download 86.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling