1-m. O’tkazgich,o’tkazgichlar va o’tkazmovchi materiallar haqida


Download 18.46 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1370044
Bog'liq
Oq kitob.


1-m.O’tkazgich ,o’tkazgichlar va o’tkazmovchi materiallar haqida
Hamma jismlarda ham elektr tokini o’tkazish sharoiti mavjud emas.
Gap shundaki,turli moddalar atom va molekulalari har xil xususiyatlarga ega.Masalan metallardagi elektronlar o’z qobig’ini osonlik bilan tark etib,atomlar orasida tartibsiz xarakatlanib yuradi.
Metallarda xususan ko’plab erkin elektronlar mavjud.Chunonchi,
metall,muayan tartibga joylashgan musbat zarralangan ionlardan tashkil topgan bo’lib,ular orasida erkin elektronlar mavjud.Metall
dagi elektron qaysi atomga tegishli ekanligini aniqlash mumkin emas,xolbuki ular yagona elektron bulutini tashkil etadi.Metallarda erkin elektron sonining ko’pligi,ularda elektr toki uchun ancha ko’paysih sharoitini yuzaga keltiradi.Bunga elektronning tartibsiz harakatini tartibga solish,harakatini bir yo’nalishga majburlash zarur(6-rasm).
Ba’zi bir jism va moddada erkin elektronlar soni juda kam,chunki
Electron yadroda mustahkam ushlanib turiladi.Bunday jismdagi molekula va atomga elektronni “tortib olish”yoki “majburlab o’rnatish” muayyan qiyinchilikga ega.Bunday jismga elektr tokini yuzaga keltirish mumkin emas.Elektr tokini o’tkazishini yuzaga keltiruvchi jism va moddalar o’tkazgichlar deyiladi.Va aksincha,bu shartlarni qanoatlantirmagan jism va moddalar elektr o’tkazmovchi yoki dielektriklar deyiladi.O’tkazgichlarga metallar
dan tashqari ko’mir,muzlar eritmalari ishqorlar tirik organism va boshqa ko’plab jism hamda modda kiradi.Tuzlar eritmakarda elektr toki faqatgina elektronlar yordamida emas,musbat zaryadlangan ion yordamida yuzaga keladi.Dielektiklarga havo,shisha,paraffin,lok
va suyuq moylar,rezina yog’och,gazlama,plastmassa va boshqalar kiradi.Masalan chinnidan elektr izolyator lokdan sim uchun
izolyatorlar ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari katta guruhga ega bo’lgan modda borki, bu modda yarim o’tkazgich deyiladi.Xususan yarim o’tkazgichlarga germaniy va kremniy kiradi.Elektr o’tkazmovchiligi jihatdan yarim o’tkazgichlar ,o’kazgichlar va dielektriklar orasidan joy oladi.
Qachonlardir qoplash uchun yaroqsiz deb hisoblangan yarim o’tkazgichlar hozirgi kunda yarim o’tkazgichlardan ishlab chiqarishda asosiy mahsulot bo’lib hisoblanib, sizning keyingi ijodingiz bilan chambarchas bog’liq.
2-m.Elektr toki
Erkin elektronni tartibli,bir yo’nalishga qanday qilib harakatlanti
rish mumkin?
Masalan,elektr lampochkasida.Buning uchun o’tkazgichlarda elektr maydoni hosil qilish zarur, u xolda o’tkazgichlarning galvanik elementga yoki galvanik elementlarga batareyasiga ulash zarur.
Soddagina galvanik element qurilmasi 7-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, qurilma kamyoviy tok manbaidan tashkil topgan.Bu element rux va mis plastinkalaridan tashkil topgan bo’lib,bu plastinkalar elektrodlar deb ataladi,elektrodlar,muzlar yoki kislotalar ishqoriga,masalan sulfat kislotasiga joylashtirilgan.Natijada kimyov
viy reaksiya yuzaga keladi,xususan rux elektrodi va elektrolid orasidagi reaksiya va elektrolit orasidagi reaksiya natijasida bu elektrodda ortiqcha elektronlar yuzaga keladi,yani bu elektrod manfiy elektrodga aylandi,mis elektrodida esa teskari reaksiya amalga oshib,mis elektrodi musbat elektrodga aylanadi.Ushbu holda turli xil zaryadli zarrachalar orasida elektr maydoni yuzaga keladi,ya’ni elektr yurituvchi kuch va kuchlanish orasidagi farq haqida keying mavzularda gapiramiz.
Sizga ma’lumki galvanik elementlari qutblari “musbat” va “manfiy” deb nomlanadi.Barcha galvanik elementlarda “musbat”va “manfiy” ishora “+” va”-“ belgilar bilan yozilgan bo’ladi.Ishlab chiqarishda,kundalik ro’zg’orda asosan kislotali emas,balki ishqorli galvanik elementlar ishlatiladi,bu elementlar bir nechtasini ketma-ket ulab,elementlar barchasi deb yuriladigan ko’rinishda ham ishlatiladi.Eslatma :elektr zanjirli sxemalarida galvanik elementlar yoki batareyalarida musbat elektrod manfiy elektrodga nisbatan uzunroq chiziq bilan chiziladi.
Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling