1. Magnit maydon oqimi ortadi, agar Javob: Magnit maydon induksiyasi oshsa va maydonni kesib oʻtuvchi yuza oshsa
Download 70 Kb.
|
Javoblar FDM2
Javoblar 1.Magnit maydon oqimi ortadi, agar..... Javob: Magnit maydon induksiyasi oshsa va maydonni kesib oʻtuvchi yuza oshsa. 2. Buyum yigʻuvchi linzadan F va 2F oraligʻida joylashtirilsa buyum tasviri qayerda hosil boʻladi. Javob: 2F DAN uzoqda 3. Buyum yupqa yigʻuvchi linzadan 2F masofada joylashgan boʻlsa uning tasviri qanday boʻladi Javob: teskari, haqiqiy oʻzining kattaligida 4. Chap qoʻl qoidasi yordamida qanday kattaliklarning yoʻnalishi aniqlanadi.Javob: Amper va Lorens kuchlari 5. Elektr toki deb nimaga aytiladi. Javob. Oʻtkazgich boʻylab zaryadli zarralarning tartibli harakai 6. Elektrolitlarda tok oʻtganda uning qanday taʼsiri kuzatiladi Javob issiqlik kimyoviy va magnit tadbirlari 7. Erkin proton va erkin neytronlar birlashib atom yadrosini hosil qilganda sistemaning massasi qanday oʻzgaradi.Javob. Kamayadi 8. Ersted tajribada nima aniqlagan Javob tokli oʻtkazgich magnit maydonining magnit strelkasi taʼsirini 9.Fotoeffekt hodisasini birinchi boʻlib kim kuzatgan. Javob. G. Gers 10. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi nimani anglatadi. Javob. Energiyaning saqlanishi 11. Ikkita yorugʻlik manbai qanday shart bajarilganda oʻzaro kogeren boʻladi. Javob. Hech qachon kogerent boʻlmaydi. 12. Ingichka yorugʻlik oqimini spektrga ajratish uchun qanday asboblardan foydalanish mumkin. Javob. Shisha prizma va difraksion panjara 13. Ketma ket joylashgan toʻsiq va tirqishlar tizimiga nima deyiladi. Javob. Difraksion panjara 14. Kimning tajribasidan soʻng atomning yadroviy yani planetar modeli taklif qilindi. Javob. Rezerford 15. Lorens kuchi haraktdagi zaryadli zarra tezligini qanday oʻzgartiradi.. Javob. Tezlik yoʻnalishini 16. Magnit maydonini elektr maydoni bilan bogʻliqligini tajribada birinchi boʻlib aniqlagan olim kim. Javob. Ersted 17. Maʼlum bir past haroratlarda oʻtgazgichlarning elektr qarshiligu keskin nolga teng boʻlib qolishi qanday hodisa. Javob. Oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasi 18. Metall oʻtgazgichlardan elektr toki oʻtganda uning qanday tasirlari kuzatiladi. Javob. Oʻtgazgich qiziydi magnit va kimyoviy 19. Optika soʻzining lugʻaviy maʼnosi Javob. Koʻraman 20. Oʻtkazuvchanlik hodisasini kim kashf etgan Javob X.K.Onnes 21.Oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasi ilk bor 1957-yilda kim tomonidan yaratildi Javob. Bardin. Kuper va Shrifer 22. Oʻtkazgichning qarshiligi nimalarga bogʻliq Javob. Materiali va geometrik oʻlchamlariga 23. Oʻzgarmas tok oʻtayotgan oʻtkazgich atrofida qanday maydon hosil boʻladi Javob. Elektr va magnit 24. Quyida bayon qilingan fikrlarning qaysi biri botir Javob.Voltmetrni bevosita tok manbai qutblariga ulash hech hech havf tugʻdiradi 25. Quyidagi hodisalarning qaysi biri yorugʻlkning toʻgʻri chiziq boʻylab tarqalishi qonuni asosida tushuntiriladi. Javob. Daraxtning soyasi 26. Quyidagi javoblarning qaysi birida faqat fizik hodisalar sanab oʻtilgan Javob. Yorugʻlik interferensiya Si elektromagnit toʻlqinlar dispersiyasi qutblanish 27. Shaffof muhitda tarqalayotgan koʻzga koʻrinuvchi yorugʻlik toʻlqinlaridan qaysi birining tezligi eng katta boʻladi. Javob. Qizil 28. Sochuvchi linza yordamida buyumning haqiqiy tasvirini olish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa buyumni qayerga joylashtirish kerak. Javob. Yoʻq mumkin emas 29. Solishtirma qarshilikka teskari boʻlgan kattalikka nima deyiladi. Javob. Solishtirma elektr oʻtkazuvchanligi 30. Tok kuchi deb nimaga aytiladi Javob. Oʻtkazgichning koʻndalang kesimida vaqt birligi ichida oʻtuvchi zaryad miqdoriga 31. Tok kuchini oʻlchovchi asbobni koʻrsating Javob. Amper metr 32. Tok manbaining elektr yurituvchi kuchi deb nimaga aytiladi Javob. Birlik musbat zaryadni zanjir boʻylab koʻchirishda tashqi kuchning bajargan ishiga miqdor jihatdan teng boʻlgan fizik kattalikka 33. Tok zichligi deb nimaga aytiladi Javob. Oʻtkazgich koʻndalang kesimi yuza birligidan birlik vaqt oraligʻida musbat zaryadlar harakati yoʻnalishida oʻtuvchi zaryadga miqdor jihatidan teng boʻlgan vektor kattalikka 34. Tokli oʻtkazgichlar atrofida magnit maydon hosil boʻlishligini birinchi boʻlib kim aniqlagan. Javob. Ersted 35. Yarim oʻtkazgichlarda qanday zarrachalar tok tashishda hizmat qiladi Javob. Elektron va kovak lar 36. Yerning magnit induksiya chiziqlari eng katta boʻlgan joyini aniqlash Javob. Yerning magnit qutblari 37. Yorugʻlik bir muhitdan ikkinchi muhitga oʻtganda uning chastotas, tezligi va toʻlqin uzunligidan qaysi biri oʻzgarmaydi. Javob. Chastotasi 38. Yorugʻlik chastotasini ( vaummdagi toʻlqin uzunligini) muhitning nur sindirish koʻrsatkichiga bogʻliqlik hodisasi nima deyiladi. Javob. Dispersiya 39. Yorugʻlik dispersiyasini birinchi boʻlib kim kuzatgan. Javob. Nyuton 40. Yorugʻlik ikki shaffof muhit chegarasiga biror burchak ostida tushmoqda. Agar tushish burchagi 2 marta ortsa ikkinchi muhitni birinchi muhitga nisbatan nur sindirish koʻrsatkichi qanday oʻzgaradi. Javob. Oʻzgarmaydi 41. Yorugʻlik kvanti nima deb ataladi Javob. Foton 42. Yorugʻlik taʼsirida jism sirtidan elektronlarni ajralib chiqishi hodisasiga nima deyiladi Javob. Fotoeffekt 43. Yorugʻlik toʻlqinini koʼndalang toʻlqin ekanligini tasdiqlovchi hodisa qaysi. Javob. Qutblanish 44. Amper kuchi yoʻnalishi qanday aniqlanadi. Javob. Chap qoʻl qoidasi 45. Elektron va teshiklar qoʻshilsa nima boʻladi Javob. Neytral atom hosil boʻladi va energiya ajraladi 46. Nima sababdan gulxan oldida oʻtirganimizda gulxanning narigi tomonidagi buyumlar chimirlab koʻrinadi. Javob. Gulxan tepasidagi havoni sindirish koʻrsatkichi oʻzgarganligi uchun 47. Qanday hollarda yorugʻlik bir shaffof muhitdan ikkinchisiga oʻtganda sinmaydi. Javob. Ikkala muhitning nur sindirish koʻrsatkichi bir xil boʻlsa yoki tushish burchagi nolga teng boʻlsa. 48. Elektronning chiqish ishi nimaga bogʻliq. Javob. Yorugʻlik tushayotgan moddaning tabiatiga 49. Fotonning erkin elektronlar bilan toʻqnashuvida qaysi hodisa kuzatiladi. Javob. Sochilish va yutilish 50. Fazoviy tezlik qanday toʻlqinga tegishli. Javob. Monoxramatik nurga 51. Tashqi fotoeffektda fotoelektronlar kinetik energiyasi oshadi, sharda...... Javob. Tushayotgan yorugʻlik kvantlari energiyasi oshsa 52. Spektral analiz....... Javob. Aralashmadagi elementlar tarkibi va miqdorlarini aniqlash 53. Spektr tushunchasi...... Javob. Intensivligini chastotaga bogʻliqligi ( toʻlqin uzunligiga) 54. Sifat analiz...... Javob. Moddalardagi elementlarning tarkibini aniqlash. 55. Sirti kuzgu sifat boʻlgan plastinkaga yorugʻlik dastasi tushyapti. Agarda tushayotgan fotonlar soni ikki marta kamaytirilsa va kuzgu sifat sirt qorasi bilan almashtirilsa sirtga berilayotgan bosim...... Javob. Oʻzgarmaydi. 56. Svetadiodlarning ishlash prinsipi....... asoslangan Javob. p-n strukturalardan elektr toki oʻtganda nurlanish hosil boʻlish effektiga 57. Nurtola (svetovod) larning ishlash prinsipi nimaga asoslangan. Javob. Yorugʻlik toʼla ichki qaytish hodisasiga 58. Nima uchun ikki elektron sathli atom sistemalarida lazer generatsiyasi olib boʻlmaydi. Javob. Invers xolat xosil qilib boʻlmasligi uchun 59. Nima uchun jism oq koʻrinadi. Javob. Koʻrinuvchi diapazonidagi nurni qaytaradi 60. Metall sharcha vakuumda cheklanmagan uzoq vaqt toʻlqin uzunligi fotoeffekt qizil chegarasidan kichik boʻlgan yorugʻlik bilan yoritilyapti. Sharcha sirtidan fotoeffekt qachongacha davom etishi mumkin. Javob. Sharcha potensiali tormozlovchi potensial bilan tenglashguncha 61. Metall sirtini yoritayotgan oddiy monoxramatik yorugʻlik manbai shu toʻlqin uzunligida nur chiqarayotgan kuchli lazer bilan almashtirilsa nima hodisa yuz beradi. Javob. Fototok toʻyinish toki keskin oshadi 62. Lazer qanday yorugʻlik manbai...... Javob. Majburiy nurlantirish hisobiga hosil boʻladigan qutblangan monoxramatik yorugʻlik manbai 62. Qanday filtrga absorbtsion filtr deyiladi Javob. Yorugʻlik nurini yutilishi bilan bogʻliq filtr 63. Qanday qurilmalar dispersiyalovchi elementlar deb ataladi. Javob. Difraksion panjaralar, optik prizmalar va interfrentsion qurilmalar 64. Qanday qurilmalar spektroskop deyiladi. Javob. Kuzatish koʻz bilan oʻtkazishga moslangan qurilma 65. Qanday qurilmalarga spektrograf deyiladi Javob. Nurlanish spektrlari fotografik usulda qayd qilinadigan qurilmalarga 66. Qanday qurilmaga monoxrohmator deyiladi Javob. Bitta spektral chiziqni ajratib kuzatuvchi qurilma 67. Qanday qurilmaga absorbtsion spektral qurilma deyiladi Javob. Moddalarning yutilish spektrlarni qayd qiluvchi 68. Qanday qurilmaga spektrometr deyiladi Javob. Nurlanish spektrlari fotoelektrik usulda qayd qiluvchi 69. Koʻzni toʻlqin uzunligini sezish chegarasi Javob. 400-750 nm 70. Kompton effektida fotonning nimasi oʻzgaradi Javob. Impulsi 71. Kompton effektida nol gradus burchakda sochilgan foton chastotasi qanday oʻzgaradi. Javob. Oʻzgarmaydi 72. Kvant energiyasi va chastotasi orasidagi proporsionallik koeffitsienti nomi. Javob. Plank doimiysi 73. Issiqlik nurlanishini qanday spektr chiqaradi. Javob. Uzluksiz spektr 74. Ikki foton impulslari nisbati p1/p2=2. Ularga mos keluvchi elektromagnit toʻlqin chastotalari nisbati qancha. Javob. 2 75. Ikki foton impulslari nisbati p1/p2=2. Ularga mos keluvchi elektromagnit toʻlqin uzunliklar nisbati qancha. Javob. 0.5 76. Yorugʻlik intensivligi nima. Javob. Birlik yuzadan birlik vaqt ichida oqib oʻtgan energiya 77. Yorugʻlik bosimi nimaga bogʻliq. Javob. Foton energiyasiga 78. Vakuumda fotoelement katodi kvantlari energiyasi 10 eV boʻlgan yorugʻlik yoritilyapti. Agarda fototok 4 V yopuvchi ( tormozlovchi) kuchlanish berilganda toʻxtasa katod chiqish ishi qancha teng. Javob. 6 V 79. Bir xil yorugʻlik oqimi normal holatda toʼla qaytaruvchi va absolyut qora sirtga tushyapti. Yorugʻlikning qora va qaytaruvchi sirtlarga berayotgan bosimning nisbati. Javob. Yarimta teng 80. Atom sistemalarida elektron sathlar orasida elektronlarning oʻtish ehtimolliklarining qaysi biri tushayotgan yoki nurlanayotgan yorugʻlik parametrlariga bogʻliq emas. Javob. Spontan nurlanish 81. 375 nm va 750 nm toʻlqin uzunliklarida ikkita manba yorugʻlik chiqaryapti. Birinchi manba fotonlari impulsining ikkinchi manba fotonlari impulsiga nisbati. Javob. 2 83. Fotoeffektning qizil chegarasini nima belgilaydi. Javob. Fototok materiali 84. Kompton effekti jismda qaysi nurlar sochilganda kuzatiladi. Javob. Qattiq rentgen nurlari 85. Yorugʻlik energiyasining xajmiy zichligi 2 marta oshirilsa, yorugʻlik bosimi. Javob. 2 marta oshadi 86. Yadro tarkibida qanday zarrachalar mavjud. Javob. Proton va neytron 87. Fotonning ichki xususiyatlarini ...... belgilaydi Javob. Spin 88. Fonon qanday zarra. Javob. Tovush toʻlqiniga mos keluvchi kvazizarra 89. Uch oʻlchamli nanomateriallar guruhiga nimalar kiradi. Javob. Nanogʻovaklar, nanokompozitlar, nanosuyuqliklar 90. Suyuq kristallarda qanday teksturalar kuzatiladi. Javob. Nematik xolestrik smestik 91. Rentgen nurining ajoyib xususiyati........ Javob. Noshaffof jismlardan oʻtishi 92. Nanomateriallar oʻlchamlari boʻyicha qanday guruhlarga boʻlinadi. Javob. Nol oʻlchamli, bir oʻlchamli, ikki oʻlchamli, uch oʻlchamli 93. Nanomateriallar strukturasi qanday guruhlarga boʻlinadi. Javob. Monokristal, polikristal, nanokristal, amorf, nanokompozitsion, dendrimer. 94. Mikro olam fundamental doimiysini aniqlang. Javob. Plank doimiysi 95. Lazerlarning ishlashdagi birinchi takti nima. Javob. Yorugʻlik manbai taʼsirida jism atomlarini uygʻotish 96. Lazerlarning ishlash prinsipidagi ikkinchi takti.. Javob. Atomlarni metastabil holatga oʻtkazish 97. Lazerlarning ishlash prinsipidagi uchinchi takti.,.,.. Javob. Foton taʼsirida majburiy nurlanish 98. Adronlar qanday zarrachalar Javob. Kuchli oʻzaro taʼsirda qatnashuvchi zarrachalar 99. n-tip yarimoʻtkazgichlarda ....., Javob. Erkin elektronlar konsentratsiyasi teshiklar konsentratsiyasidan ancha katta boʻladi. 100. ¥-nurlanishda yadro tarkibi oʻzgaradimi. Javob. Oʻzgarmaydi 101. Yulduzlar rangi bizga qizilroq boʻlib koʻrinishiga nima sabab. Javob. Atmosferada yorugʻlikning sochilishi. 102. Yulduzlar qanday ranglarga ega boʻladi va Javob. Oq, sariq, qizil 103. Eng yengil lepton qaysi zarra... Javob. Elektron 104. Eng yengil barion qaysi zarra.... Javob. Proton 105. Elektron teleskop qanday qismlardan iborat. Javob. Teleskop, elektron-optik oʻzgartirgich va kuchli linza 106. Elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion oʻzaro taʼsirlarda qatnashuvchi zarralar. Javob. Leptonlar 107. Hozirgi kunda eng katta optik teleskop koʻzgusining diametri necha metrga teng. Javob. 10 m 108. Fundamental oʻzaro taʼsirlar nechta. Javob. 4 ta 109. Fan taraqqiyoti qaysi oʻlchamdagi hodisalarni oʻrgatishda namoyon boʻlmoqda. Javob. Mikrooʻlchamdagi 110. Uchinchi avlod leptonlar. Javob. Tau-lepton va tau neytrino 111. Uchinchi avlod antileptonlar. Javob. Tau plyus lepton va tau antineytrino 112. Oʻzgaruvchi yulduzlar deb qanday yulduzlarga aytiladi. Javob. Yorqinliklarning oʻzgarishi qatʼiy davr bilan sodir boʻladigan yulduzlar 113. Teleskoplarning asosiy turlarini ayting Javob. Refraktor, reflektor va menisk 114. Tarixan ilk marta birlashtirilgan kuchlarni ayting Javob. Elektr va magnit 115. Tabiatda erishilgan eng kichik masofa qanday oʻlchamda Javob. 10 darajada -27 metr 116. Tabiatda erishilgan eng katta masofa qanday oʻlchamda Javob. 10 darajada +26 metr 117. Sovuq qora materiya nima Javob. Zarralari yorugʻlik tezligiga nisbatan sekin harakatlanadigan gipotetik qora materiyaning turi 118. Ravshanlik harorati deganda nimani tushunasiz Javob. Absolyut qora jism harorati 119. Proton qanday oilaga mansub Javob. Adronlar 120. Nostatsionar yulduzlar deb qanday yulduzlarga aytiladi Javob. Yorqinliklarining oʻzgarishi notoʻgʻri, tez tez oʻzgarib turadigan davr bilan sodir boʻladigan yulduzlar 121. Nimaga yulduzlarning yorqinliklari oʻzgaradi. Javob. Ularning oʻlchamlari va haroratlari oʻzgarganligi uchun 122. Neytron yulduzlarining zichligi qanday boʻladi. Javob. 2*10 darajasi 14 g/sm kub 123. Neytronlar qanday oʻzaro taʼsirda qatnashadilar Javob. Kuchsiz oʻzaro taʼsirda 124. Nanofizika nima Javob. Nanometr oʻlchamdagi struktura va tuzilmalar va nanosekundlarda sodir boʻladigan hodisalar fizikasi 125. Nanotexnologik obyektlar tabiiymi Javob. Sunʼiy 126. Quyosh yadrosidan fotosferasiga energiya qaysi yoʻl bilan uzatiladi Javob. Nur orqali koʻchirish va konveksiya 127. Qora energiyaning mavjudligi qanday eksperimental fakt asosida ilgari surilgan. Javob. Olamning tezlanish bilan kengayayotganligi asosida 128. Qora energiya nima. Javob. Gipotetik energiya turi boʻlib butun koinotni toʻldirib turadi va koinotning tezlanish bilan kengayishini taminlaydi 129. Qora tuynuklakning zichligi qanday boʻladi. Javob. Taxminan 2*10 darajasi 16 g/sm kubdan ortiq 130. Qora materiya nima. Javob. Gipotetik koʻrinmas modda turi boʻlib koinot massasining taxminan 20 foizini tashkil qiladi. Haligacha tajribada kuzatilmagan 131. Katta portlash nazariyasiga koʻra t=0 vaqt momentidan oldin R=0 nuqtada nima boʻlgan. Javob. Hech narsa 132. Katta portlash nazariyasiga koʻra t=0 vaqt momentida R=0 nuqtada nima hosil boʻladi. Javob. Yuqori temperatura va zichlikka ega boʻlgan ulkan olovli shar 133. Katta portlash nazariyasi asosida qaysi tajriba natijalari yotadi. Javob. Olamning kengayayotganligi, reliktiv nurlanishning mavjudligi 134. Katta adron kollayderidagi tadqiqotlar qaysi yilgacha rejalashtirilgan Javob. 2034- yilgacha 135. Katta adron kollayderida erishilgan eng katta energiya. Javob. 14 TeV 136. Katta adron kollayderida tezlatish necha bosqichda amalga oshiriladi. Javob.4 bosqichda 137. Katta adron kollayderida qanday zarralar tenglashtiriladi. Javob. Protonlar va qoʻrgʻoshin yadrolari 138. Katta adron kollayderida katta halqasi oʻlchami istiqbolda qanday boʻlishi rejalashtirilgan. Javob. 100 km 139. Katta adron kollayderida katta halqasi oʻlchami. Javob. 26659 m 140. Issiq qora materiya nima. Javob. Ultrarelyativistik tezliklarda harakatlanuvchi zarralardan tashkil topgan qora materiyaning turidir. 141. Iliq qora materiya nima. Javob. Gipotetik qora materiyaning turi boʻlib uning xususiyatlari issiq va sovuq qora materiya orasidagi holatga ega boʻladi. 142. Zarralar olami necha oʻlchamli. Javob. 13 oʻlchamli 143. Jahonning yirik radioteleskopining diametri qanchaga teng. Javob. 600 m 144. Adron soʻzining maʼnosi. Javob. Katta, yirik Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling