1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar


Download 19.6 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi19.6 Kb.
#1013172
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil(13.12.2022)


Variant-9
1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili.
2. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar.
3. Bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlar dinamikasi va omilli tahlilini amalga oshiring hamda xulosa yozing.



Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+;-)

Rejada

Haqiqatda

O’tgan yildan

Rejadan

1

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, ming so’m

890150

920350

950260

60110

29910

2

Tovar mahsuloti, ming so’m

930670

960980

1025360

94690

64380

3

Bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajat, ming so’m

95,646

95,782

92,675

63,480

46,458


  1. Turli mulk shaklidagi firma va kompaniyalar yil davomida o’zidagi mavjud bo’lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklaridan oqilona foydalanishi hamda yil davomida uzluksiz samarali aylanishini ta’minlashi talab etiladi. Samarali faoliyat tashkil etilganda mahsulotlar ishlab chiqarish bozordagi talabni e’tiborga olgan holda yil mobaynida bir xil hajmda bo’lishiga erishiladi. Buning uchun korxonalar kunlik, haftalik, oylik, chorak, yarim va yil mobaynida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini biznes rejada mo’ljallangan miqdorda bajarilishini tahlil etishi lozim. Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig’i bilan bajarishi mumkin, ammo ayrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmasligi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo’lishiga, uning oqibatida jarimalar to’lanilishiga olib keladi. Amaldagi tajribalar shuni ko’rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes reja ko’rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo’ljallashadi. Lekin mahsulotlarning sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay qolgan tovarlar qiymatini keskin ortishiga hamda iste’molchilarga jo’natiladigan tovar muddatlarini buzilishiga olib keladi. Firmaning maromida ishlayotganligini tahlil etishda har 10 kunlikda ishlab chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar biznes reja ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida bo’layotganligiga baho beriladi.

  2. Oʻzgaruvchi xarajatlar (ingliz til. Variable cost VC) ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga taʼsir qiladi va ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishiga bogʻliqlikda oʻzgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilgʻi-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.

Xalqaro amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlari ikkita toifaga bo’linadi.
Ya‘ni, o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o’zgarib boradi. O’zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan holda barqaror qoladi. Ushbu tarkiblash, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O’zgaruvchan xarajatlarni hisoblash metodologiyasini bilish biznesning daromadli bo’lihiga erishish maqsadida ishlab chiqarish birligiga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. O’zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash va ularni hisobga olish birinchi bor AQShda ishlatilgan bo’lib, uning nomi ―direkt-kost, Yevropada esa ―marjinal-kost deb nomlangan. Ularning farqi shundaki, ular to’g’ri va o’zgaruvchan xarajatlar kalkulyatsiyasi sifatida nomlanishidadir.


Xulosa: Biz shundan xulosa qilishimiz mumkinki, mahsulot ishlab chiqaeish o’tgan yilga nisbatan 10130 somga o’sgan,rejadan esa 60110 somga o’sganini ko’rishimiz mumkin bu korxonani bu yil ancha o’sganini korishimiz mumkin demak mahsulotimiz bu yil o’tgan yilga nisabatan koproq sotilgan va foydamiz ancha sezirarli darajada o’sgan. Umumiy xulosa shundaki korxona o’tgan yilga nisbatan sezurrali darajada osgan.
Download 19.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling