- bu uning murakkab xossasi bo‘lib, inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichidir.
- Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof-muhitga zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydi.
Sifat halqasi - ehtiyojlarni aniqlashdan tortib, to ularni qanoatlantirishning baholashgacha bo‘lgan turli bosqichlarda sifatga ta’sir etadigan, o‘zaro bog‘langan faoliyat turlarining nazariy tushunchalar modelidir.
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi: - 1. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot;
- 2. 0 ‘z resursini sarflaydigan mahsulot.
- 1 - turkum mahsulotlari vazifasi bo‘yicha foydalanish jarayonida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi: (xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar), yoqilg‘ining yonishi, oziq - ovqat mahsulotlarining o‘zlashtirilishi, ayrim vaqtda qaytariluvchi jarayon ham bo‘lishi mumkin (masalan, erituvchilarni rekuperatsiya va regeneratsiyasi). Vazifasi bo‘yicha
- 2 - turkum mahsulotlaridan foydalanishda, uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma’naviy eskirishi hisobiga foydalaniladi
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlari nomenklaturasining tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: - • Mahsulotning ishlatilishidagi sharoitlarni va vazifasini;
- • Iste’molchilar talablarining tahlilini;
- • Mahsulot sifatini tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;
- • Sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni.
- Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin:
- 1. Texnikaviy;
- 2.Tashkiliy;
- 3.Iqtisodiy;
- 4.Ijtimoiy
- Mahsulot sifatining darajasini baholashda turli usullardan foydalaniladi:
- differensial, kompleks, aralashgan va statistik usullar. Differensial usul deb, mahsulotning birgina ko‘rsatkichidan foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga aytiladi. Differensial usul baholanuvchi mahsulot sifatining ko‘rsatkichiga asos bo‘luvchi ko‘rsatkich bilan taqqoslashga asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning ishlash muddati 8 yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 12 yilni tashkil etadi, asos bo‘luvchi qiymat asos bo‘luvchi qiymatga nisbatan past, ikkinchisida esa balanddir. Bu ko‘rsatkichga uning ishlash muddatining yaxshilanishi natijasida erishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |