1. Majburiy auditorlik tekshiruvi. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi


Download 117.5 Kb.
bet1/6
Sana13.09.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1676723
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Audit mustaqil AUDITORLIK FAOLIYATINING ASOSIARI




AUDITORLIK FAOLIYATINING ASOSLARI
Reja:

1. Majburiy auditorlik tekshiruvi.

2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi.

3. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari 4. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish.


Adabiyotlar

1. Majburiy auditorlik tekshiruvi.


Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:

  • aktsiyadorlik jamiyatlari; o banklar va boshqa kredit tashkilotlari; o sug’urta tashkilotlari;

  • investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; o manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish

xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; o mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar; o ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillik moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik xulosasiga ega bo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan hisoblanadi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliq organlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini soliq organiga o’z vaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq organiga buning sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz undirib olinadi.
Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling