1. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning musiqiy faoliyati mazmuni.


Download 45.21 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi45.21 Kb.
#1021230
1   2   3   4
Bog'liq
Musiqa

KO’RGAZMALI METOD. Bu metod bolalarga turli hodisalarni, atrof-muhitdagi voqealarni, kishi va hayvonlarning hissiyoti, harakatni yorqin va badiiy obrazlarda ko’rsatishga, ularni hayot va turmush jixozlar bilan tanishtirishga asoslanadi.

  1. yeshitishga asoslangan ko’rgazmalilik. Bunda bolani o’rgatish bevosita musiqa yeshitish orqali bo’ladi. Musiqa yeshitish maxsus mashg’ulot paytida yoki bola tomonidan qo’shiq va musiqaviy-ritmik harakatlarning ijro yetilishi paytida bo’lishi mumkin.

  2. ko’rishga asoslangan ko’rgazmalilik. U musiqa sadolari bilan qushib olib boriladi. Bu usulga quyidagilar kiritiladi: qo’shiq aytish usullari, yo’llaridan, turli o’yin, raqs, mashq harakatlaridan namunalar ko’rsatish; muayyan muzika asari bilan bogliq o’yinchoqlarni, rasm, kostyum va boshqa predmetlarni ko’rsatish va h.k.

SO’ZLAB BERISh METODI. Bu metod bola ongiga mo’ljallangan bo’lib, uning faoliyatini ma’noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so’zi musiqa asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi, ijodiy aktivligani oshiradi.
So’zlab berish metodini quyidagi usullari bor:
1 )tushuntirish. Bu usuldan yangi asarni tinglash, qo’shiq aytish, uyin va raqslarni qo’yish, mashq qilish paytida foydalniladi. Tushuktirish aniq va qisqa, ortiqcha qaytariqlarsiz bo’lishi kerak. Musiqa material va topshiriqlar bolalar tomonidan o’zlashtirila boshlangan dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish yana bir bor takrorlanadi. Obrazli hikoya qilish tipidagi tushuntirishlar programmali musiqa asarlarini tinglashda va syujetli musiqaviy o’yinlarni ijro
yetishda qo’llanishi mumkin. Obrazli hikoya bolalarning qiziqishini, ularning yemotsional kechinmalarini kuchaygiradi, obrazlarni anglab olish qobiliyatini orggiradi, tasavvurni rivojlantiradi. Obrazli hikoya musiqa asarining syujet yo’li rivojiga aynan mos bo’lishi kerak. Quyida kompozitor Ye.Ttsldchyovaning «Quyoncha» va «Ayiq» asaridan «Quyon» va «Ayiq» musiqasini syujetli ijro yetish bo’yicha obrazli hikoya qilishga misol keltiramiz: «O’rmonda qish tongi. Yalanglikda quyonlar chopishadi, aylanishadi, sakrab-sakrab o’zlarini isitishadi, Ular o’yinga shu darajada berilib ketishdiki, hatgo o’z uyasida uxlab yotgan ayiqni uyg’otib yuborishdi. Ayiq o’rnidan turib, uyqusiga kim halaqit berayotganini ko’rgani ketdi. Quyonlar ayiqni ko’rib tumtaraqay qochishdi, butalar orasiga berkinishdi. Ayiq ketgandan so’ng yana yalanglikka chiqib sakray boshlashdi»;

  1. izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo’shiq aytishnyang turli yo’llarini ko’rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq bo’lishi ko’gshncha tushunmaslikka va yomon ijro yetishga sabab bo’ladi. Izohlash ko’rsatish bilan uzviy boglangan bo’lishi kerak. Pedagog bolalarni izohni oxirigacha tinglashga o’rgatadi. Masalan, bolalar biror narsani o’rganish jarayonida pedagog ko’rsatayotgan harakatlarni u bilan izma-iz takrorlay boshlasa, pedagog ularga «harakat qilmay, e’tibor bilan tinglang va bu harakatlarning qanday bajarilishini oldin ko’rib oling» deydi, qo’shiq aytish o’rgatilayotgan bulsa (masalan, «Kotya, Kotyonka, Kotok») va bunda cho’ziq notalarni qanday aytish kerakligi tushuntirilishi lozim bo’lsa unda pedagog bolalarga «qani, keling, o’zimizni bir tinglab ko’raylik, oxirgi notani hamma cho’zib kuylaganmikin, kotik ham yeshitsin uchun bu notani uzoq cho’zishdimikin» deb izoh beradi;

  2. ko’rsatma berish. Ko’rsatmalar odatda bolalar turli o’yin, raqs va mashiqlarni bajarayotgan paytda beriladi. Masalan, «O’ng yelka tomondan aylanish kerak», «Oyoq barmoqlarini pastga cho’zing» kabi. Bunday ko’rsatmalar u yoki bu harakatni qanday bajarish kerakligini anglab olishga, harakatlarni bajarish usullari bilan bog’liq tushunchalarni aniqlashga yordam beradi;

  3. poetik nutq. Programmali musiqa asarini ijro yetishdan oldin kichikroq prozaik yoki poetik asarni yoxud ulardan biror parchani o’qitish (o’qib berish) bolalarning musiqa asari obrazini chuqurroq his yetish va tupgunib olishga yordam beradi. Masalan, P.I.Chaykovskiyning «To’rg’ay» («Javoronok») asarini ijro yetigtsdan oldin bolalarga V.A.Jukovskiyning quyidagi to’rtligini o’qib berish mumkin:

Quyoshda qora o’rmon qizg’ish tus oldi, Vodiydagi siyrak bug’ bir oz oqargay. Shunda tong qo’shigini kuylashga tushdi, Moviy osmonda uchgan ovozdor to’rg’ay.
Ba’zan yangi ko’shiq tinglashdan oldin pedagog qo’shiq tekistini bolalarga o’qib berishi ham mumkin;

  1. suhbat. U odatda musiqa tinglab bo’lganidan so’ng o’tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalar musiqadan olgan ta’surotlari haqida gapirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat bildirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat oildirishadi, baho berishadi. Bolalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar qisqa lo’nda va ta’sirchan bo’lishi kerak;

  2. bolalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar doimo savollar yordamida bo’ladi. Pedagog asar mazmuni bilan bog’liq holda bolalarga savollar berar yekan, bu savollarni ortiqcha detallashtirmasligi qerak. Savollar yordamida badiiy obrazning mazmuni, xaraqteri oydinlashtiriladi, musiqa asarlarining ta’sir kuchini ta’minlovchi forma va vositalar aniqlanadi. Masalan, raqs kuyi ijro yetilgandan so’ng pedagog bolalardan «Men ijro qilgan kuy raqs kuyimi yoki marshmi?», Bu musiqaning xarakteri qanaqa?», «.Bu kuyga qanday harakat mos keladi?» deb so’rashi mumkin;

  3. tanbeh berish. Bu usuldan bolaning ma’lum sabablarga ko’ra diqqati bo’linganda va xayoli asosiy vazifadai chetga chiqqanda foydalao’nidadi. Tanbeh berish jiddiy bo’lishi, ammo odob doirasidan chetga chiqmasligi kerak.


Download 45.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling