1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. Pedagogik kengash shakllari. Pedagogik kengashda ko’riladigan masalalar


Download 47.03 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1471701
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-Ma\'ruza mashg\'uloti


17-MAVZU: METODIKA UYUSHMASINING ISHINI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH .


REJA:


1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish.
2. Pedagogik kengash shakllari.
3. Pedagogik kengashda ko’riladigan masalalar.


Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim.aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish.


Tayanch tushunchalar
MTB -Maktabgacha ta'lim bo'limi.
Metodik birlashma - maktabgacha ta'lim xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish shakllaridan biri.
Ko'chirma-papka - yig'ma papka, ota-onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida biror-bir mavzu bo'yicha jihozlangan ko'rgazmali vositadir.
Tibbiy-pedagogik yig'ilish - bu maktabgach ta'lim tashkilotlarinin ilk yosh guruhlari tarbiyalanuvchilari sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga bag'ishlanadigan kengash.
Ochiq tadbirlar - jamoa ishtirokida pedagogik jarayonlarni kuzatish.
Metodik-dasturiy - uslubiy dasturiy hujjat.
Tipovoy shtat - Namunaviy ish joyi.
Koordinatsiya qilish - muvofiqlashtirish.
Pedagogik bilimlar – bola tarbiyasiga oid bilimlar.

1.Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish.
Mamlakatimiz hududidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini uslubiy ta'minlash va tashki etish tuman (shahar bo'limi tizimida maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi.
Metodika uyushmalarining maqsadi:
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarining har bir yo'nalish bo'yicha turli yosh davrlariga tegishli ta'lim faoliyatini muvofiqtashtirish;
- zamonaviy ta'lim-tarbiya berishning innovatsion g'oya va yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish va keng targ'ib qilish, ilg'or tajriba va ijodiy tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim tashkilotlari pedagog va tarbiyachilarining kasb mahorati va malakasin oshirish maqsadida mahorat maktablari, amaliymashg'ulotlar, yangi pedagogik, uslubiy adabiyotlar, ta'limga oid va didaktik o'yin vositalari ko'rgazmasi, seminar-treninglarni muntazam ravishda tashkil etish orqali uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.

Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling