1. maktabgacha ta'lim taraqqiyoti


Download 43.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi43.5 Kb.
#202032
Bog'liq
1-variant Dilsora



1-variant

1.maktabgacha ta'lim taraqqiyoti.

2.Davlatga qarashli va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish, talim muassasalarini boshqarish , boshqaruvni tushunish.

3. Pedagogik tizimdagi boshqaruv tamoyillari, tizimli va vaziyatli boshqaruv.

Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta`lim tizimi

Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.

O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi

Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:

Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).

Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).

Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.

Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.

Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.

Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).

Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.

Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.

Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan.

Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari

Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:

Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).

Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.

Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.

Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.

Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).

Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;

Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;

Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;

Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;

Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.

Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O’zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

2.Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi, tashkil etish, boshqarish, ilmiy saviya, butlash, logotipli blanka,dumaloq muhr, burchakli shtamp.

Respublikamizda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida»gi Nizomga amal qiladi.

1.“Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq nodavlat maktabgacha ta’limni tashkil etish.

2. “Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq nodavlat maktabgacha boshqarish.

3.Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish usullari va boshqaruvchining ilmiy saviyasi.

Asosiy tushunchalar

Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi, tashkil etish, boshqarish, ilmiy saviya, butlash, logotipli blanka,dumaloq muhr, burchakli shtamp.

Respublikamizda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida»gi Nizomga amal qiladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.

2. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomi ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.

2-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari

4. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:

maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

3savolga javob

Boshqaruv ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda va ta’lim tizimida ta’lim

ishtirokchilari ustidan nazoratni amalga oshirishning omillari sifatida e’tirof

etilib, har qanday jamiyatga xos bo’lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib

chiqadigan faoliyatdir. Bozor iqtisodi Sharoitida bu faoliyat mohiyati yanada

takomillasha boradi. Boshqarishning asosiy maqsadi - mehnat ahlining moddiy

va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va Shu asnoda

barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat.

Boshqaruv - taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bo’lgan

ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Bu xususiyat ijtimoiy

jamoa mehnatida, turmuSh va mehnat jarayonida kishilarning o’zaro aloqada

bo’lishi, o’z moddiy va ma’naviy faoliyatining mahsulotini almaShtirish

zaruriyatidan kelib chiqadi.

Boshqaruv nazariyasi- nisbatan yangi fan tarmog’i bo’lib, ob’ektiv

borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U o’z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy

fanlar zaminida ko’radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini

aniqlash, bu jarayonda sodir bo’ladigan munosabatlarni ochib berish, uning

tizimini ishlab chiqish va boshqaruv sub’ektining asosiy tamoyillarini ishlab

chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir.

Boshqaruv pedagogikasida raxbar kadrlar faoliyati etiket mezonlari va

xususiyatlari

Rahbar - menejer, u odamlar bilan ishlaydi, ularning kasbiy yutuqlari va

xavfsizligi uchun javob beradi, vazifalarni bajarish uchun ular kuch-g’ayratini

uyuShtiradi va uyg’unlashtirishni amalga oshiradi.

Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarni o’z

ichiga qamrab oladi. Shunga muvofiq tarzda boshqarishning ham uchta asosiy

yo’nalishi mavjuddir. Eng asosiysi, iqtisodiy boshqaruvdir. CHunki, iqtisod –

moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining negizini taShkil etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda iqtisodni boshqarishga

jiddiy e’tibor berilayotgani bejiz emas. Milliy tiklanish iqtisodni qayta qurishdan

boshlanadi. Iqtisodiy jihatdan O’zbekistonning rivojlangan mamalakatlarga etib

olishi iqtisodiy boshqaruvni to’g’ri yo’lga qo’yilishi bilan chambarchas

bog’liqdir.

Ijtimoiy-siyosiy boshqaruv kishilarning turli jamoalari (ijtimoiy guruhlar,

millatlar, jamoalar va b.) o’rtasidagi munosabatalarni boshqarishdir.

Boshqaruvni bu turining asosiy mohiyati - turli guruhlar ittifoqini yanada

mustahkamlash va taraqqiy ettirishdan iborat.

Mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishida boshqarish katta ahamiyat

kasb etadi. CHunki, barcha ishimizning va rejalarimiz taqdiri ko’p jihatdan

jamoa munosabatlarining takomillaShuv darajasiga, “ijtimoiy mikroiqlim”ning

sog’lom bo’lishiga bog’liqdir. Shu jihatdan bu turdagi boshqaruvdan ko’zlangan

maqsad davlat boshqaruvini takomillashtirib, ijtimoiy o’z-o’zini idora qilishga

aylantirishdir.

Jamiyatni va ayrim a’zolar ma’naviy rivojlanishini boshqaruv –

boshqarishning yana bir asosiy turidir. Ilmiy texnika rivojlanish asrida ma’naviy

ishlab chiqarish sohasini boshqarish g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu

Shakldagi boshqarish, o’quv muassasalari, xalq ta’lim organlari, fan, adabiyot,

san’at, madaniyat sog’liqni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o’z ichiga oladi.

Boshqaruv inson miyasiga taqqoslanadi, bunda Shaxsning yaratuvchilik

imkoniyatlari mujassamlangan, undan uning ijodiy qobiliyati namoyon

etilishiga ko’rsatma beriladi. Insoniyat tomonidan fan-texnika, iqtisodiyot va

ijtimoiy muvafaqqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko’ra boshqaruv

faoliyatining ilmga bo’lgan talabi ham to’xtovsiz o’sib boradi. Bunday ilmiy

yondaShish ehtiyojini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:

- Birinchidan, boshqaruvning nodir xususiyati : biror yo’qdan muayyan

nimanidir qilish, tarqoq unsurlardan tizim tuzish.



- Ikkinchidan, rahbar tasarrufida bo’lgan yoki u javobgar hisoblangan


Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling