1: maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish. Reja
Download 1.67 Mb.
|
56-21-guruh E\'zoza005
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1:)MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PREDMETLAR MIQDORINI IDROK QILISH. Reja 2:)PREDMETLAR ESDA OLIB QOLISHI
Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 56-21-guruh talabasi Ishmatova E‘zozaning “Matematik tasavvurlarni shakillantirish nazariyasi va texnalogiyasi” fanidan tayyorlagan taqdimot ishi Mavzu:-Bolalarni peredmetlar shakli bilan tanishtirish vazifasi 1:)MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PREDMETLAR MIQDORINI IDROK QILISH. Reja 2:)PREDMETLAR ESDA OLIB QOLISHI Bolalarni mashq qildirish uchun narsalaming rasmlari bir- biridan baravar uzoqlikda qator qilib terib qo‘yilgan ko‘rgazmalar- dan foydalaniladi. Bolalarning to‘plamlardagi narsalar sonini idrok etib, tajribalarini oshirib borishlari muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ko‘rgazmalarda 3 tadan 5 tagacha narsa tasvirlangan bo‘lishi kerak. Bolalar ustiga qo‘yish usulidan foydalanganlarida, ular pred- metlarning rasmlarini faqat bir-biridan farq qiladilar va ustini bekitadilar. Endi topshiriq murakkablashadi: predmetlarni rasmlar ostiga aniq qo‘yish, ular o‘rtasidagi oraliqni (ya’ni, ularning fazoviy joylashuvini) qat’iy hisobga olish kerak. Bolalarni yoniga qo‘yish usuli bilan tanishtirishdan oldin ularga o‘yinchoq!ar (rasmlar)ni ko‘rgazmalardagi rasmlar ustiga qo‘yish taklif qilinadi. Bunday qilish ish-harakatning yangi usulini ilgari o‘zlashtirilgan usul bilan bogiash imkonini beradi. Matematik tushunchalami rivojlantirishda to‘g‘ri ko'nikmalar hosil qilishga katta e’tibor berish davom etadi. Pedagog (tarbiyachi) bolalarning narsalarni qanday yonma-yon qo‘yayotganlarini kuzatib boradi va ularning xatolarini ko‘rsatish bilan birga, bu xatolarning sababini tushuntirib ham beradi. Doira- chalarni qanday yonma-yon qo‘yyapsan?» va hokazolar. Topshiriqni bajarib bo’lganlaridan keyin ulardan nima ish qilganliklari va qanday qilganliklari, nechta narsani yonma-yon qo‘yganliklari haqida gapirib berishlari so‘raladi: «Menda qancha o‘yinchoq bo‘lsa, men shuncha qo‘ziqorinchani qo‘ydim. Men har bir o‘yinchoq tagiga qo‘ziqorincha qo‘ydim». Birida ikkinchisidagiga qaraganda bitta ortiq narsa bolgan yig‘indilar birinchi marta taqqoslanayotganda, ular tengmi va qaysilari ko‘p, degan savollarga kichkintoylarning ko‘pchiligi «ular teng» deb javob beradi. Bunga sabab shuki, oldingi mashg‘ulotlarda miqdor jihatidan teng narsalar yig‘indilarigina taqqoslanilgan edi; ilgari o‘zlashtirilgan tasavvurlar yangi vaziyatni idrok etishga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar narsalaming rangi, shakli yoki hajmiga qarab taqqos- laydilar va guruhlarga ajratadilar, turli guruhlardagi narsalar sonini solishtirib ko‘radilar. Ular yig‘indidagi hamma narsalar uchun umumiy boigan belgilarni ham, undagi narsalaming faqat bir qismi uchungina umumiy boigan belgilarni ham aytib beradilar. Guruhni qismlarga ajratib, bolalar ular o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarni bilib oladilar. «Doirachalar ko‘p, katta doirachalar ham, kichik doiralar ham bor. Katta doirachalar kam, kichkinalari esa ko‘p». Tarbiyachi ayni bir xil narsalar o‘rtasidagi miqdor nisbatlarni muntazam ravishda o‘zgartirib turadi. Masalan, havo rang kvadratlar qancha bo‘Isa, qizil rang kvadratlar shuncha bo‘lishi ham mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling